Strategik marketing


 Segmentlash  strategiyasini  amalga  oshirish



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/279
Sana05.09.2021
Hajmi3,22 Mb.
#165463
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   279
Bog'liq
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

3.3. Segmentlash  strategiyasini  amalga  oshirish 
 
Segmentasiya    jarayonining    muhim    bosqichi    bo‘lib    bozorni    maqsadli  
segmentini  tanlash  hisoblanadi.  
Maqsadli    segmentni    tanlash  muammosi    etarli    darajada    murakkab  bo‘lib,  
uni echish  uchun  quyidagi ketma - ketlikda  turish  tavsiya etiladi: 
-  segment      o‘lchov  va    uning    o‘zgarish    (o‘sish,    kamayishi)    tezligini 
o‘rnatish; 
- segmentni  jalb etuvchanlik  tuzilishini tadqiq  etish; 
- o‘zlashtirayotgan segment maqsadini va  tashkilot  resurslarini aniqlash. 
Segment  o‘lchami    uning  miqdoriy  o‘lchamlari  va  birinchi  navbatda  sig‘imi 
bilan  tavsiflanadi.  Segment  sig‘imini  aniqlash  uchun  tovarlar  hajmini,  ushbu 
segmentda ularni umumiy sotish qiymati, bozor joylashgan tumanda yashovchi ushbu 
tovarning potensial iste’molchilari sonini aniqlash zarur. 
Bozor  sig‘imini  o‘rganish  asosida  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  shakllantirish 
uchun  va  tovar  sotish  bo‘yicha  taqsimlash  tarmog‘i  tuzilishi  uchun  asos  bo‘lib 
hisoblanuvchi  uning  o‘sish  dinamikasi  baholanadi.  SHuni  hisobga  olish  kerakki, 
bozor  sig‘imi  etarli  bo‘lishi  kerak,  ya’ni  bozor  faoliyati  natijalari  qo‘llash,  bozorda 
ishlash  bilan  bog‘liq  xarajatlarni  qoplab,  rejalashtirilgan  foydani  olishga  kafolat 
berish kerak. 
Segmentning  jalb  etuvchanligi  tuzilishini  tadqiq  etish  raqobat  darajasini 
o‘rganishi,  mavjud  mahsulotlar  raqobatdoshligi,  xaridorlarga  munosabati,  taklif 
etilayotgan  va  mavjud  tovarlarga  bo‘lgan  segment  ehtiyojining  barqarorligi,  mavjud 
xaridor ehtiyojlarini qondiruvchi mutlaq yangi mahsulotni bozorga kiritish zarurat va 
imkoniyatini o‘z ichiga oladi. 
O‘zlashtirilayotgan  segment  maqsadlariga  erishish  uchun  zarur  bo‘lgan 
tashkilot  maqsad  va  resurslarini  aniqlash  strategik  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lib, 
tashkilotning  uzoq  muddatli  maqsadlariga  mos  holda  joriy  maqsadlari  bilan  amalga 
oshirish hamda shunga mos holda maqsadli bozorda ishlash uchun potensial imkoniy 
resurslarni etarli yoki yo‘qligini aniqlash uchun zarur. Buning uchun tavakkalchilikni 


 
70 
 
 
hisoblash  maqsadga  muvofiq.  Tashkilotning  tavakkalchiligini  hisoblash  uchun 
maxsus marketing, konsalting kompaniyalarini taklif qilish mumkin. 
Imkoniy  bozor  segmentlari  sonini  optimallashtirish  uchun  konsentrlangan  va 
dispersli  uslublarni  ishlatish  mumkin.  Konsentrlangan  uslub  kelgusidagi  yaxshi 
segmentni  axtarishga  asoslangan.  U  uncha  qimmat  bo‘lmagan,  lekin  katta  vaqt 
xarajatlarini  talab  qiladi.  Dispersli  uslub  bir  vaqtning  o‘zida  bir  necha  bozor 
segmentida ishlashni ko‘zda tutadi, keyinchalik ma’lum davrdagi faoliyat natijalarini 
baholash yo‘li bilan samaraliroq bozorni tanlaydi. 
Foydali  bo‘lgan  segment  joriy  sotuvning  yuqori  darajasiga,  yuqori  o‘sish 
sur’atiga,  yuqori  foyda  normasiga,  sotish  kanali  talablariga  aniq  va  raqobatga 
chidamli bo‘lishi kerak. 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish