texnologik jihatdan “kiritalyotganligidan” qat’iy nazar, tovar o‘zining iqtisodiy va
tijorat ahamiyatini baholash maqsadida strategik marketing nazoratidan o‘tishi kerak.
Tadqiqotlar va ishlanmalar xizmatlari (ITTKI), ishlab chiqarish va strategik
marketing o‘rtasidagi muvofiqlik bu o‘rinda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tovar uchun
bozor tanlash shu muvofiqlikning natijasi bo‘lib, ishlab chiqarish quvvatlarini
belgilash va investitsion qarorlar qilish uchun zamin yaratadi va binobarin, firmaning
butun moliyaviy tuzilmasining muvozanatda bo‘lishini ta’minlashda g‘oyatda
21
muhimdir.
Shunday qilib, strategik marketingning roli firmani manfaatli iqtisodiy
imkoniyatlarga yo‘naltirish, ya’ni uning “nou-xau” va resurslariga mos keladigan,