“Konsentrlangan” yoki fokuslangan
marketing strategiyasiga ko‘ra, firma
o‘z resurslarini bir yoki bir necha segmentlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratadi.
Ushbu ixtisoslashuv strategiyasi ma’lum bir funksiyaga (funksional mutaxassis) yoki
iste’molchilarning biror bir guruhiga asoslangan bo‘lishi mumkin. Moskvadagi
«Diasoft»
firmasi o‘z faoliyatini tijorat banklari segmentini dasturiy mahsulotlar
bilan ta’minlashga yo‘naltirgan.
Bozorni qamrab olish strategiyalarining uchchalasidan birortasini tanlab
olishda aniqlangan va potensial rentabel bo‘lgan segmentlar soni va firmaning
resurslariga e’tibor beriladi. Agar bu resurslar cheklangan bo‘lsa, fokuslangan
marketing strategiyasi amalga oshirish mumkin bo‘lgan yagona strategiya bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |