Maqsadli narx
- texnikaviy narxga ba’zi qo‘shimchalar orqali hamda
investitsiya qilingan kapitalga qarab qo‘yiladigan narxdir.
Korxona narxni belgilar ekan, xarajatlarning jami manzarasi ko‘rib
chiqiladigan, zarar ko‘rmaslikni ta’minlaydigan tahlil usulidan foydalaniladi. Bunday
tahlil narxlarni belgilashda foydali vosita hisoblanadi, ammo tor ishlab chiqarish
ixtisoslashuv sharoitida o‘zgaruvchan xarajatlarni oson hisoblash mumkin bo‘lgan
paytlarda uni qo‘llash yaxshi natija beradi. Zarar ko‘rmaslikni tahlil qilishda asosiy
e’tibor mahsulot sotish hajmi nuqtasiga, to‘liq daromad to‘liq xarajatlarga teng
bo‘lgan, ya’ni na foyda, na zarar bo‘lmagan nuqtaga qaratiladi. Marketologlar bir
qator har xil narxlarni tadqiq etadilar, so‘ngra har bir narx uchun zaruriy hajmlar
qiyoslanadi.
Asosan narxni o‘zgartirish yo‘li bilan talabga ta’sir ko‘rsatish raqobatning narx
bilan bog‘liq ustunliklarini yaratadi. Narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat usullarida
firmalar o‘z mahsulotining o‘ziga xos xislatlariga zo‘r beradi, mahsulot sotish,
tovarlar harakati, reklama, mahsulotni joylashtirish, servis kabi marketing qismlariga
katta e’tibor beradi.
Narxni chegaraviy xarajatlar bo‘yicha belgilash usulini qo‘llash bilan firma
177
mahsulotining qo‘shimcha hajm birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida
qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi qoplanadi, foyda amalga
oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni to‘xtatish xavfi ostida
qolgan va ishchi kuchini saqlab qolishni xohlagan sharoitlarda naf keltirish mumkin.
Savdoda do‘konlarga xaridorlarning kelishini ko‘paytirish uchun sotuvchilar
ayrim tovarlarni to‘liq xarajatlaridan pastroq baholab, “jalb etuvchi” narxlar
yaratadilar. Xaridorlar oqimi ko‘payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga narxi
me’yorda bo‘lgan tovarlarni ham xarid qiladilar.
Tovarning “qabul qilinadigan qiymati” tushunchasi. Tovarning “qabul
qilinadigan
qiymati”
tovarning
pirovard
iste’molchi tomonidan qanday
foydalanilishini to‘liq bilish va tushunishga asoslanadi. Ushbu yondashuvning asosiy
g‘oyasi shuki, xaridor tovarni sotib olishdan oldin xaridning ustunliklarni va unga
ketadigan xarajatlarni solishtirib ko‘radi. Bu g‘oya bir tomondan oddiy ko‘rinsada,
uning amalda qo‘llanishi doim ham oson bo‘lavermaydi.
Xaridor tovar uchun qanday narxni to‘lashga tayyor ekanligini ilishi uchun
tovar ta’minlaydigan qoniqish hissi yoki u ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xizmatlarning
turli shaklalrini hamda uni sotib olishga ketadigan xarajatlarni yaxshi bilishi kerak
bo‘ladi.
SHu erda maksimal maqbul narx tushunchasini kiritish maqsadga muvofiqdir.
Maksimal maqbul narx bu xarajatlardan tejash nolga teng bo‘lgan narxdir. Narx
ushbu chegaradan ko‘tarilgan sari, tovar xaridor uchun qimmatlashib boradi va
aksincha, narx ushbu ko‘rsatkichdan kamaysa, xaridorning unga bo‘lgan qiziqishi
ortadi. Ushbu yondashuvda quyidagi harakatlar ketma-ketligiga rioya qilish taklif
qilinadi:
•
tovarning qanday maqsadda va qanday sharoitlarda ishlatilishini aniqlash;
•
tovarning xaridor uchun narxga bog‘liq bo‘lmagan ustunliklarini aniqlash;
•
xaridorning tovardan foydalanishdagi narxga bog‘liq bo‘lmagan barcha
(ob’ektiv va sub’ektiv) xarajatlarni aniqlash;
•
“ustunlik-xarajatlar” muvozanatining maksimal maqbul narxga to‘g‘ri
keladigan darajasini belgilash.
178
Agar maqsadli bozor segmentlangan bo‘lsa, bunday tahlil barcha xaridorlar
guruhlari uchun olib borilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |