6.2-jadval Firmaning asosiy o‘sish yo‘nalishlari Intensiv o‘sish Integratsion o‘sish Diversifikatsion o‘sish Bozorga chuqurroq kirish
Regressiv
integratsiya
Konsentrik diversifikatsiya
Bozor chegaralarini
kengaytirish
Progressiv integratsiya
Gorizontal diversifikatsiya
Mahsulotni takomillashtirish
Gorizontal integratsiya
Konglomerat diversifikatsiya
Intensiv o‘sish strategiyasi firma o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan bozorlardagi
tovarlari bilan bog‘liq barcha imkoniyatlardan foydalanib bo‘lmaguncha dolzarb
bo‘lib qolaveradi. Bunday holatda quyidagi muqobil variantlar bor.
a)
bozorga chuqurroq kirib borish strategiyalari. Kirib borish strategiyalari
doirasida mavjud bozorlarda tovarlar savdosining hajmini oshirishga urinib ko‘rish
lozim. Bunga bir necha xil yo‘l bilan erishish mumkin.