Strategik marketing



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/308
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338563
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   308
Bog'liq
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

Kurashuvchi  marketing.
  Rivojlangan  iqtisodiy  davlatlarda  oligopoliya  ko‘p 
uchraydi  va sanoatning ko‘pgina sohalarida firmalar to‘yingan bozorlarda  bir-biriga 
qarshilik  ko‘rsatadilar.  Bunday  vaziyatlarda  muvaffaqiyatning  muhim  omili  bo‘lib 
raqobatchilar  faolligini  bostirish  hisoblanadi.  “Kurashuvchi”  marketing  raqobat 
kuchlarining tahlilini tizimli tarzda o‘tkazishni va raqobatchilarga qarshilik ko‘rsatish 
strategiyasini ishlab chiqishni nazarda tutadi. 
Raqiblarga  nisbatan  munosabat  har  qanday  strategiyaning  markazini  tashkil 
qiladi. Bunday pozitsiya batafsil tahlilga asoslangan bo‘lishi kerak.  
Maykl  Porter  raqobatni  tahlil  qilish  vazifalarini  quyidagicha  tavsiflaydi: 
«Raqiblarni  tahlil  qilishdan  maqsad  har  bir  raqobatchi  olib  borishi  mumkin  bo‘lgan 
strategiyadagi  o‘zgarishlarning  xarakterini  va  muvaffaqiyat  qozonish  ehtimolini 
bilishdan iboratdir...» 
Raqobatni  kuzatib  borish  tizimi  quyidagi  to‘rt  asosiy  savolga  javob  topishga 
asoslanadi:  

 
Raqobatchining asosiy maqsadlari nimadan iborat? 

 
Ushbu maqsadlarga erishish uchun ayni paytdagi joriy strategiya qanday? 

 
Raqiblar o‘z strategiyasini amalga oshirish uchun qanday vositalarga egalar? 

 
Ular kelgusida qanday strategiyalarni ilgari surishlari mumkin? 


 
112 
 
 
Dastlabki uch savolning javobi kelgusi strategiyalarni avvaldan bashoratlashga 
imkon  beradi.  To‘rtta  savolning  barchasi  bo‘yicha  to‘plangan  ma’lumotlarni  tahlil 
qilish  natijasida  raqiblarning  faoliyati  to‘g‘risida  to‘liq  tasavvurga  ega  bo‘lish 
mumkin.  Ko‘plab  yirik  firma  va  kompaniyalar  raqobatni  kuzatishga  katta  e’tibor 
berib, kerakli ma’lumotlarni to‘plash uchun katta mablag‘larni sarflaydilar. Bunga bir 
necha misollar keltirishimiz mumkin: 
-IBM korporasiyasi tarkibida tijoriy tahlil bo‘linmasini tashkil etilgan bo‘lib, u 
raqobatga oid ma’lumotlarni to‘plash va taqdim etish bilan shug‘ullanadi; 
-
 
“Texas  Instruments”  raqobatchilar  bilan  hukumat  o‘rtasida  tuzilgan 
shartnomalarni  muntazam  ravishda  o‘rganib  borib,  ularning  texnologik  ustunlik 
darajasini baholab boradi; 
-
 
“Citicorp”  kompaniyasida  esa  «raqobatli  razvedka  bo‘yicha  menejer» 
lavozimi kiritilgan; 
-
 
“McDonalds”  o‘z  restoran  boshqaruvchilariga  AQSHdagi  eng  kuchli 
raqobatchilar  –  “Burger  King”  va  “Wendy”  firmlarining  reklama  materiallari  va 
takliflarini yuborib turadi. 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish