Strategik marketing


Iste’mol  tovarlariga  bo‘lgan  talab



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/308
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338563
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   308
Bog'liq
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

Iste’mol  tovarlariga  bo‘lgan  talab. 
Baholashning  turli  usullari  aslida  ikki 
omildan:  iste’mol  qilinadigan  birliklar  miqdori 
(n)
  va  bir  birlik  tomonidan  iste’mol 
qilinadigan  tovarlar  miqdoridan 
(q)
  kelib  chiqadi.  Buning  umumiy  ko‘rinishi 
quyidagichadir: 
Q = n
 
x
 q
 , 
Bu erda 
Q
  - birlamchi talab (donalarda).  Birlamchi talab pul  ko‘rinishida  mos 
ravishda quyidagicha ifodalanadi: 
R = n 
x
 q 
x
 p , 
bu erda, 
R -
 umumiy tovar aylanmasi, 
r
 - tovar birligining o‘rtacha narxidir. 
Bu asosiy tamoyillarning turli tovar toifalariga nisbatan o‘zgarishini ketma-ket 


 
83 
 
 
ko‘rib chiqamiz.  
Iste’mol  bozori  -  uy  xo‘jaliklari  va  individual  xaridorlarning  o‘z  ehtiyojlari 
uchun sotib oladigan barcha tovarlar  va xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Iste’mol bozori 
ko‘lamini o‘rganishda uni bir qancha belgilariga ko‘ra turkumlash mumkin. Xususan, 
tovarlarni iste’mol qilish davriyligiga ko‘ra ularni: 

 
uzoq muddatli iste’mol tovarlari; 

 
qisqa muddatli iste’mol tovarlari; 

 
xizmat turlariga ajratish mumkin. 
Iste’mol tovarlari bilan savdo qilish xususiyatiga ko‘ra esa ularni: 

 
kundalik iste’mol tovarlari; 

 
dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar; 

 
alohida talabga ega bo‘lgan tovarlar; 

 
passiv talabdagi tovarlarga bo‘lish mumkin. 
Ushbu  turkumlash  belgisi  va  tegishli  guruhlarga  kiruvchi  tovarlar  xususida 
batafsil to‘xtalib o‘tamiz. 
Ko‘pgina  hollarda  kundalik  iste’mol  tovarlari  guruhiga  faqat  oziq-ovqat 
mahsulotlarini  kiritish  bizning  mamlakatimiz  aholisi  uchun  ko‘nikma  bo‘lib  qolgan. 
Chunki  dastlabki  ma’muriy  iqtisodiyot  tizimidagi  keng  ko‘lamdagi  ixtisoslashuv 
bevosita iste’mol bozorida ham takrorlanar edi. Hozirgi vaqtda esa ko‘pgina firmalar 
va  savdo  shaxobchalari  xorijiy  tajriba  va  savdo  qilishdagi  mahalliy  ko‘nikmani 
nazarda  tutib,  kundalik  iste’mol  tovarlarini  bir  muncha  to‘g‘ri  shakllantirishga 
yondashmoqdalar. 
Kundalik  iste’mol  tovarlariga  kundalik  turmush  uchun  zaruriy  oziq-ovqatlar, 
kir  yuvish  va  tozalash  vositalari,  uy  xo‘jaligi  uchun  zaruriy  mayda  tovarlar,  ayrim 
kanselyariya  tovarlari,  kundalik  ro‘znomalar,  ommabop  jurnallar  va  hokazolarni 
kiritish mumkin. 
Kundalik  iste’mol  tovarlarini  iste’mol  qilish  jadalligiga  ko‘ra  ularni  o‘z 
navbatida yana 3 ta quyi guruhga ajratish mumkin: 
a) doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar; 
b) impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar; 


 
84 
 
 
v) favqulodda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar. 
Doimiy  ehtiyojdagi  asosiy  tovarlar  -  xaridorlar  tomonidan  dastlabki 
ko‘nikmaga,  odatga  ko‘ra  tanlovsiz,  qiyoslashsiz  sotib  olinadi.  Masalan,  oila  uchun 
ko‘nikmadagi  non  mahsuloti  turi,  xo‘jalik  sovuni,  o‘simlik  yog‘i  va  hokazolar. 
Impulsiv  tarzda  sotib    olinadigan  tovarlar  guruhiga  esa  xaridor  doim  ular  haqida 
o‘ylamaydigan,  lekin  uchrashi  bilan  xarid  qilinadigan  tovarlar  kiradi.  Masalan, 
saqichlar, shokolad batonlari, televizion ko‘rsatuvlar dasturi bo‘lgan jurnal, ro‘znoma 
va shu kabilar. 
Favqulodda  holatlar  uchun  xarid  odatda  retseptsiz  sotiladigan  dori-darmonlar, 
uy  hashoratlariga  qarshi  dorilar,  zontlar  va  unga  o‘xshash  xaridor  duch  kelgan 
sharoitdagina zarur bo‘lgan tovarlardan tashkil topadi. 
Dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar safiga: mebellar, kiyim-kechaklar, 
uy-ro‘zg‘or  uchun  elektr  jihozlari  kiradi  va  u  xaridorlarni  qiyoslashni,  narx,  moda, 
dizayn jihatidan tanlovda bir muncha mulohaza yuritishni talab qiladi. Ushbu tovarlar 
o‘xshash  (sifat  jihatidan  bir-biriga  yaqin,  lekin  dizayni  va  narxi  jihatidan 
farqlanadigan) hamda alohida ko‘rinishdagi (rangi, fasoni, navi jihatidan) xaridor didi 
va holatiga mos bo‘lgan tovarlarga bo‘linadi. 
Iste’mol tovarlari turkumi 
Kundalik 
iste’mol 
tovarlari: 
a)  doimiy  talabdagi  asosiy 
tovarlar; 
b)  impulsiv  tarzda  sotib 
olinadigan tovarlar; 
v) 
favqulodda 
holatlar 
uchun tovarlar 
Dastlabki 
tanlov 
asosida 
olinadigan tovarlar: 
a) o‘xshash tovarlar; 
b) 
alohida 
ko‘rinishdagi 
tovarlar. 
 
Alohida 
talabdagi 
tovarlar 
Passiv 
talabdagi 
talablar 
 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish