3) Byudjet xarajatlaridan foydalanish ustidan byudjet nazoratini kuchaytirish uchun, avvalom bor, ushbu nazoratni olib boruvchi xodimlarning malakasini, ish sifatini oshirish orqali byudjet nazorati tizimiga kuchli ta’sir o’tkazish zarur. Buning uchun, jumladan: - 3) Byudjet xarajatlaridan foydalanish ustidan byudjet nazoratini kuchaytirish uchun, avvalom bor, ushbu nazoratni olib boruvchi xodimlarning malakasini, ish sifatini oshirish orqali byudjet nazorati tizimiga kuchli ta’sir o’tkazish zarur. Buning uchun, jumladan:
- - etarli tayyorgarlik va tajribaga ega bo’lishga erishmoq lozim. Taftishchi oldiga qo’yilgan vazifani bajarish uchun etarli darajada tajribaga, buxgalteriya hisobi va byudjet bo’yicha malakaviy darajaga ega bo’lishi kerak. Shu bilan birga o’z kasbi bo’yicha doimo o’zi bilimlilik darajasining yuqori bo’lishiga intilishi zarur;
- xolislikni ta’minlamoq kerak. Albatta, ijtimoiy adolat sharoitida xolislik bo’lmasa hech qanday taftish yoki tekshirishning keragi bo’lmaydi. Shuning uchun ham kasbiy ahloq kodeksida xolislikning zarurligi haqida alohida to’xtalib o’tilgan;
- zaruriy kasbiy sinchkovlikka erishmoq lozim. Taftishchi bajarayotgan ishning sifati uchun doimo javobgardir. Zaruriy sinchkovlik bu ish xujjatlarini to’liq ko’zdan kechirish, yig’ilgan hisobotlarning to’laligi va oxiriga etkazilganligi, taftish va tekshirish xulosasining haqqoniyligini ta’minlashdan iboratdir;
- etarli darajada hisbotlar va ma’lumotlar yig’moq lozim. Har qanday tekshirish va uning xulosasi isbotlar va ma’lumotlarga asoslanadi. Asoslar qanchalik ko’p bo’lsa, xulosa shu darajada kafolatlanadi. Nazoratni o’tkazish uslubiyatida, asosan, isbot va ma’lumotlar yig’ish ustida fikrlar bildiriladi. Bir tomondan bu ish tekshiruvchilarning tajribasi va bilimiga bog’liqdir;
- natijalarni o’z vaqtida ma’lum qilish kerak. Tekshiruvchi xulosasida tekshirilgan moliyaviy hisobot to’la umumiy qabul qilingan buxgalteriya andozalariga mos holda tuzilganligi, albatta, ko’rsatilishi kerak. Taftish yoki tekshirishda ishtirok etayotgan har bir xodim etarli texnik tayyorgarlik va tajribaga ega bo’lishi ham kerak. Jami xodimlar o’z ishlarini kompyuterlarda bajarishi uchun mahoratini oshirishi kerak.
- Fikrimizcha, yuqoridagi taklif va tavsiyalarni amaliyotga joriy qilinishi mamlakatimizda davlat byudjeti mablag’laridan samarali foydalanishni ta’minlashga ma’lum darajada xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |