Mavzu bo‘yicha interaktiv usul:
"Sinektika" usuli.
Maqsad: talabalarga qisqa muddat ichida tez va aniq fikrlashni o‘rgatish
Mavzu matni:
Og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligi (so‘lak)
Og‘iz bo‘shlig‘ida va uning atrofida anatomik jihatdan mustaqil a‘zo bo‘lib
hisoblanadigan ekzokrin so‘lak bezlari joylashgan bo‘lib, ular og‘iz bo‘shlig‘iga so‘lak
suyuqligini ishlab chiqaradi. Bu bezlardan eng yiriklari: quloq oldi bezlari, jag‘` osti bezlari, til
osti bezi hisoblananadi. Bundan tashqari son-sanoqsiz mayda bezchalar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq
pardasining barcha sohalarida sochilgan olda joylashgandir.
Mazkur bezlar ishlab chiqqan suyuqlik sekreti-so‘lak deb ataladi. So‘lak Og‘iz
bo‘shlig‘iga ajralib chiqqandan so‘ng unda mavjud bo‘lgan erkin chiqindilar bilan aralashib,
aralashgan so‘lak yoki og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligi» nomini oladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan tartibda hosil bo‘lgan aralashgan so‘lak og‘iz bo‘shlig‘i a‘zolari:
tishlar va Og‘iz shilliq pardasining fiziologik me‘yordagi faoliyatini ta‘minlaydi. Og‘iz
bo‘shlig‘i suyuqligining tarkibida so‘lak bezlari sekretidan. tashqari epetiliy ujayralari,
leykotsitlar, mikroorganizmlar, ovqat qoldiqlari mavjud bo‘ladi.
126
Og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligining tarkibi va xususiyatlari ko‘pchilik ollarda so‘lak
bezlarining to‘laqonli faoliyatini organizmning umumiy avoli so‘lak ajralish tezligi, ovqat
qoldiqlarining tarkibi va Og‘iz bo‘shlig‘ining gigiyenik holatlariga bogliqdir.
Odatda bir kecha kunduz mobaynida 500 ml ga yaqin so‘lak ajraladi. Bundan taxminan
200 ml ovqatlanish paytida, qolgan qismi esa nisbiy tinchlik vaqtida ajralib chiqadi. Yosh o‘tishi
bilan so‘lak ajrayshi susayadi, bu esa og‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan to‘qimalarga salbiy ta‘sir
ko‘rsatadi. Misol tariqasida, quyidagi holatlarni keltirish mumkin: Og‘iz qurishi, ovqat
yutishning qiyinlashuvi, so‘lak quyilishi gaplashishga qiynalish va tish qattiq to‘qimalari
xastaliklarining, ayniqsa karies kovaklari ko‘payib ketishi va x. k.
Bugungi kun ilmiy ma‘lumotlariga asosan og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lak yumshoq to‘qimalar
va tishlar yuzasini 0.1 mm qalinlikda ko‘mib turarkan. Ma‘lumki so‘lak og‘iz bo‘shlig‘ida
mavjud bo‘lgan vaqtda undan ajralib chiqqan moddalar shilliq parda va tish to‘qimalariga
cho‘kadi, shu bilan bir vaqtda ular sathidagi keraksiz mahsulotlar so‘lakda erib yuvilib ketadi.
Shu nuqtai nazardan ko‘rsatilgan qalinlikdagi so‘lakning tish yumshoq karashlari ustidan so‘zib,
o‘tish tezligi uning tarkibiy qismlarining karashlar bilan bo‘ladigan modda almashinuvi jarayoni
jadalligini belgilaydi. Bu tezlik og‘iz bo‘shlig‘ining barcha joylarida ar xil bo‘lishi tishlarning
karies bilan kasalanishi am ar xil bo‘lishini ta‘minlaydi.
So‘lak o‘z tarkibida 0.58% quruq modda saqlaydi va bu anorganik amda organik
moddalardan iboratdir. Anorganik moddalardan eng asosiysi mineral komponentlar bo‘lib,
(kalsiy, fosfotlar, ftor va boshqa mikroelementlar) ular yordamida so‘lak va emal to‘qimasidagi
dinamik barqarorlikdagi muloqot saqlanib turadi.
Tishlar chiqib bo‘lganidan so‘ng og‘iz suyuqligi emal to‘qimasining "etilishini" va uning
kimyoviy tarkibini o‘zgarishini ta‘minlaydi. Shu bilan birgalikda so‘lak tish emali sathida
pellikula hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Pellikulalar o‘z navbatida oz bo‘lsa am kislotalarning
emalga ta‘sir etishida to‘siq bo‘ladi. Yillar davomida so‘lak tarkibidagi mineral tuzlarga
to‘yingan emal to‘qimasi yosh o‘tishi bilan karies kasalligiga nisbatan turg`un bo‘lib qoladi.
Fiziologik sharoitlarda tish to‘qimalari va uning atrofini o‘rab turuvchi muhit o‘rtasida
barqarorlik mavjud bo‘ladi. Odatda aralash so‘lak kalsiy fosfat birikmasiga juda to‘yingan
bo‘lib, ular bilan emal to‘qimasining to‘yinishiga, yaxshi sharoit tug`dirib beradi. O
G
‘
IZ
bo‘shlig‘idagi so‘lakning ba‘zi bir sabablarga ko‘ra pH ko‘rsatkichi pasayib ketishi va kislotalik
muhitni kuchayishi natijasida, ayniqsa uglevodli ovqatlar iste‘mol qilinganda so‘lak kalsiy
elementiga to‘yinmay qoladi (konsentrasiyasi pasayadi). Bunday muhit tish emali tarkibidan
kalsiy moddasini so‘lakka yuvilib chiqishiga olib keladi.
Kislotali muhit iloji boricha so‘lakning bufer sistemasi (bikarbonat, fosfat va oqsillar ishtirokida)
yordamida fiziologik holatarda neytrallanib imoyalanadi.
Oqsillar, uglevodlar, erkin aminokislotalar, fermentlar, vitaminlar va ayrim organik
kislotalar so‘lakning juda muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi. Oqsillardan katta ahamiyatlisi
mutsindir. Mazkur oqsil erkin kalsiy ionlarini o‘ziga biriktirib olish xususiyatiga egadir. 1
molekula mutsin oqsili o‘ziga 130 kalsiy atomini biriktirishi mumkin ekan. Mutsin oqsilning
yana bir xususiyati shuki, u tish yuzasiga adsorbsiyalanib erimaydigan organik plyonka hosil
qiladi. Bu bilan bir tomondan tish va shilliq pardani shikastlanishlardan imoya qilsa, ikkichi
tomondan so‘lak tarkibidagi mineral moddalar ionlarini diffuz tarzda tish qattiq to‘qimalariga
erkin o‘tib turishiga to‘sqinlik qiladi.
Og‘iz bo‘shlig‘idagi so‘lakning bakteritsid ta‘sir etuvchi xususiyati uning tarkibida
leykinlar, lizotsim, opsoninlar va bakteriolizinlar mavjudligi bilan bogliq.
Aralash so‘lak tarkibida bakteriyalar ishlab chiqqan fermentlar, so‘lak bezlari ajratgan
fermetlardan tashqari leykotsitlar parchalanishidan hosil bo‘lgan fermentlar am mavjud bo‘ladi.
Shuni ta‘kidlash joizki,
OG
‘
IZ
bo‘shlig‘ida kechadigan fermetlar ishtirokidagi jarayon ko‘pgina
ollarda Og‘iz bo‘shlig‘idagi ovqat qoldiqlarining miqdori, turi va mikroorganizmlarga bogliq
bo‘lib, bu jarayonning faolligi Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi past ollarda yuqori kechadi. Og‘iz
gigiyenasining pastligi mikroorgnizmlarning ayrim shtamlari tomonidan ko‘plab miqdorda
127
organik kislotalar ishlab chiqilishiga sabab bo‘ldi. Organik kislotalar esa o‘z navbatida so‘lak
tarkibiga kiruvchi amilaza fermentini va boshqa fermentlar faolligini buzadi.
Bo‘lardan tashqari aralash so‘lakning muhim bo‘lgan fibrinolitik, qon plazmasini
qotiruvchi xususiyatlari bilan birgalikda gumoral, barer, immunitetni quvvatlab turish va Og‘iz
bo‘shlig‘ini mexanik, kimyoviy amda biologik tozalash kabi xususiyatlari nioyatda muhim
ahamiyat kasb etadi.
So‘lakning rang-barang xususiyatlari og‘iz bo‘shlig‘ida muhitning barqarorligini ta‘minlab
turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |