134
Ushbu metod talabalarga o‘z fikrlarini asoslash, himoya qilish, mustaqil fikrlash
qobiliyatini oshirish.
2. Ko‘rgazmali plakatlardan foydalanadi
3. Slaydalar, multimedialardan foydalanadi
4. Davolash ishlarini olib boradi
5. Mavzular asosida berilgan ma‘lumotlarni umumlashtiradi va xulosalaydi, faol
ishtirokchi talabalarni rag‘batlantiradi va umumiy baholaydi
Mavzu matni:
Tishlar kariesi kasalligining rivojlanishi murakkab patologik jarayoni bo‘lib, ko‘pgina
omillarga bogliqdir. Bunday omillar ichida juda katta ahamiyatga ega bo‘lganlaridan biri bo‘lib
Og‘izdagi aralashgan so‘lak hisoblanadi. So‘lakning miqdori va xususiyatlari ichki a‘zolar va
sistemalar to‘grisida muhim ma‘lumotlar berish bilan bir qatorda, tishlarda sodir bo‘ladigan
karies jarayoni qay yo`sinda kyechishi va uning jadalligiga am o‘z ta‘sirini bevosita ko‘rsatadi.
So‘lak bezlar sekreti O
G
‘
IZ
bo‘shlig‘iga ajralib chiqishi paytida kalsiy va fosfat minerallariga
to‘yingan bo‘lib, tish emali sathini qoplaganda uni ana shu ionlarga boyitadi. So‘lak tarkibida
bikorbonat, fosfat va oqsilli bufer sistemalarning mavjudligi so‘lakning nioyatda organizm uchun
zarur bo‘lgan bufer xususiyatini ta‘minlaydi. Bu esa Og‘iz bo‘shlig‘ining meyoriy holatini
saqlab turadi. So‘lak bufer sistemasi sig`imining pasayishi kariesni faollashib jadalligining
oshishiga sabab bo‘ladi.
So‘lak tarkibidagi fermentlar am o‘z navbatida emalda yuz berishi mumkin bo‘lgan
jarayonlarda ishtirok etadi. Ularning faollik darajasi Og‘iz bo‘shlig‘idagi uglevodlarni
parchalanishini organik kislotalarning hosil bo‘lib turishini ta‘minlab turadi va shu yo‘l bilan
emal demineralizastiyasida ishtirok etadi.
Ma‘lum bo‘lishicha a‘zolar kasalliklari organizmning umumiy avoli o‘zgarishi Og‘iz
bo‘shlig‘i to‘qimalariga, jumladan emal to‘qimasiga so‘lak tarkibiy qismlarining o‘zgartirishi
orqali ta‘sir qilar ekan. So‘lak ajralishining buzilishi odatda tish emali va Og‘iz suyuqligi orasida
kechadigan ionlar almashuvi barqarorligini izdan chiqaradi, bu esa o‘z navbatida emal
strukturasini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan bunday noxush sharoitlarning barchasi
har doim karies kasalligini keltirib chiqarishga sabab bo‘lmaydi, albatta. O‘choqli
demineralizastiyaning kelib chiqishi emal to‘qimasining kimyoviy tarkibi, minerallanish
darajasiga bogliqdir. Tish emalining bu xsusiyatlari tishlarning chiqquncha va chiqish davridagi
organizmning umumiy avoli bilan bogliq bo‘ladi. Shuning uchun bolaning-homiladorlik-davrida
va tug`ilgandan keyingi dastlabki yillarda ona va bola organizmining salomatligini ta‘minlash,
ratsional ovqatlanishi, qo‘shimcha ravishda ftoridlar kiritishni ta‘minlash zarur. Bunday tadbir-
choralar tish qattiq to‘qimalarining to‘laqonli shakllanishi va mineralashuvini ta‘minlaydi.
Bugungi kunda organizmning immun holatining karies jarayonidagi ishtroki to‘la-to‘kis al
qilinmagan. Faqat shu ma‘lumki, sekretor immo‘ngolobulinlar bakteriyalar aglyutinatsiyasini
chaqirish yo‘li bilan ularni tishlar emali sathiga yopishib qolishiga imkoniyat bermas ekan.
Natijada Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik holati yomon bo‘lgan holda ham, so‘lak tarkibida sekretor
immunoglobulinlar mavjudligi kariesni oldini olishda muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: