Tayyorladi: Ziyoviddinov Shuhrat Reja: 1.Har kunlik stolni servirovka qilish qoidalari 3. Servirovka qilish jarayonida ofitsiantning vazifalari Stolni servirovka qilish ketma-ketligi - Stol odatda siz uchun qulay bo’lgan matodan tikilgan toza, dazmollangan oq yoki krem rangili dasturxon bilan qoplanadi. Odatda, dasturxon stol uchun fon bo’lib xizmat qiladi va o’z-o’zidan ko’p e’tiborni jalb qilmasligi kerak, lekin agar sizda idish uslubiga mos keladigan rangli dasturxon yoki kichik uzun dasturxon (dorojka) bo’lsa – uni stolga(stolning o’rtasida) bemalol yoyib qo’yishingiz mukin! Ushbu qoida shuningdek, sirpanish va shovqinlarga qarshi likopcha tagiga mo’ljallangan choyshablar uchun ham mos keladi. Dasturxon stoldan 30 sm dan ko’p osilib turmasligi va u o’rindiqlarga tegib turmasligi kerak.
2. Likopchalar qo’yish tartibi - Bir kishi uchun bir nechta likopchalardan iborat to’plam bo’lishi kerak: Servirovka likopchasi – avvalambor eng katta likopcha qo’yiladi. U stol chetidan 2 sm masofada joylashtirilgan bo’lishi kerak. Uning ustiga esa qolgan likopchalar qo’yiladi. Servirovka likopchasining ustiga gazaklar uchun mo’ljallangan likopcha (bir xil, ammo kichikroq), yoki issiq ovqatlar uchun chuqur likopcha qo’yiladi. Gazak likopchasining chap tomoniga, non yoki somsa uchun kichik likopcha qo’yiladi; Shirinliklar uchun idishlar boshidanoq o’rnatilmaydi, ammo tayyor turishi kerak.
- Asosiy ovqatdan keyin likopchalar toza likopchalarga almashtiriladi. Bayram dasturxoni kamida bir marotaba likopchalarni almashtirishni o’z ichiga oladi. Stol ustidagi likopchalar bir xil to’plamdan bo’lishi juda muhimdir
3. Sanchqi, pichoq va qoshiqlar. - Stolga qo’yishdan oldin uni quruq mato bilan artib olishingiz, shuningdek yuvilganidan so’ng ularda suv tomchilari qolmaganligini tekshirib ko’rish lozim. Sanchqi va pichoqlarning bir nechta turi mavjud: gazaklar uchun, baliq va go’sht uchun (biroz kichikroq) va shirinliklar uchun (eng kichigi). Qaysilarini stolga qo’yish taomnomangizdagi taomlarga bog’liq, ammo pichoq va sanchqilarning stolda mavjudligi eng muhimi hisoblanadi.
Pichoq o’ng tomonda, o’tkir tomoni likopchaga yo’naltirilgan; - Pichoq o’ng tomonda, o’tkir tomoni likopchaga yo’naltirilgan;
- Pichoqlarning chap tomoniga sanchqini tishini tepaga qaratib qo’yiladi. Qaysi taom birinchi tortilsa, o’sha stol anjomi chap tomonroq qo’yiladi.
- Qoshiqlar pichoqning o’ng tomoniga, uchi yuqoriga qaratib qo’yiladi.
- Shirinlik uchun qoshiq va sanchqilar likopchaning tepa qismiga, stol chetiga parallel tarzda qo’yiladi, yoki ularni desert bilan birga olib kirish ham mumkin.
Bokallar - Bokallar asosiy likopchaning o’ng tomoniga qo’yiladi . Likopchaga eng yaqini suvga mo’ljallangan uzun va tekis stakat qo’yiladi, so’ngra har xil ichimliklarga mo’ljallangan bokallar qo’yiladi (kattaroqdan kichikgacha).
Salfetkalar. - Qog’oz yoki matoli, ularni qiziqarli tarzda o’rab, «koltso» taqib likopcha ustiga qo’yish, yoki ikki buklab asosiy likopcha ostiga ko’rinarli qilib qo’yish mumkin
Servirovka jarayonida ofitsiantlarning vazifalari - 1) Mijozlarga tez va shovqin-suronsiz, osoyishtalik bilan xizmat qilish, ammo atrofdagilar ko‘z oldida shoshma-shosharlik bilan harakat qilishi ham o‘rinli emas. Birinchi ovqat berilishini mijozlar 20 daqiqadan or-tiq kutmasliklari lozim.
- Ofitsiant idish-tovoq va boshqa anjomlarni mi-jozlar oldiga shovqinsiz, shoshmasdan, ehtiyot bo‘lib, tar-tib bilan qo‘iishni bilishi.
- Ofitsiant taom va ichimliklarni mijozning o‘ng tomonidan o‘ng qo‘li bilan qo‘yishi. Navbatdagi taom stol ustidan foydalanilgan idishlar yig‘ishtirilib olingach beriladi.
Taomnoma bo‘yicha buyurilgan taomlarni ofitsiant maxsus idishlarda olib keladi: sho‘rva va boshqa suyuq ov-qatlarni kosalarda, ikkinchi issiq taomlarni tarelka-larda, shirinliklarni o‘ziga xos idishlarda. - Taomnoma bo‘yicha buyurilgan taomlarni ofitsiant maxsus idishlarda olib keladi: sho‘rva va boshqa suyuq ov-qatlarni kosalarda, ikkinchi issiq taomlarni tarelka-larda, shirinliklarni o‘ziga xos idishlarda.
- Issiqtaomlar berishdan oddin ular ostiga qo‘yila-digan iliq tarelkalar bo‘lishi shart. Agar issiq ovqatga garnir yoki ko‘katlardan salat beriladigan bo‘lsa, ular taomli tarelkaning chap tomoniga qo‘yiladi. Bo‘shagan idishlarni yoki yeyilmay qolgan ovqat qoldiqlari bor idishlarni ofitsiant mijoz ruxsati bilan olishi kerak. Bu ishlarning hammasi navbatdagi taom kelishiga qadar bajariladi.
- Ofitsiant taomnoma bo‘yicha buyurilgan taomni pat-nisda olib keladi, ko‘p hollarda ovqatlanish anjomlari bilan birga keltiradi. Patnisni yordamchi stolga qo‘yib, ovqatni tarqatish mumkin.
- Taomlar bir-biriga moslangan holda tarqatiladi: uvildiriq sariyog‘ bilan, kam tuzlangan baliq yangi sabza-vot bilan, bu mahsulotlar hammasi birga beriladi. Bu-larni usti yopilgan patnisda olib kelinadi. Vazalarni qo‘yishda ehtiyot bo‘lish kerak, uzun oyokdi vazalarni yuqori-roq tomonidan ushlanadi. Tarelkani ushlashda panjaning to‘rt barmog‘i ostiga qo‘yilib boshbarmoq bilan cheti tu-tiladi.
- Ba’zi tarelkalarning tag tomonidagi qo‘yiladigan qismi nochorroq bo‘ladi, ularni ushlashda ehtiyot bo‘lish kerak. Ularni kaftda boshbarmoq bilan qisgan holda olib yurish lozim.
- Salat va garnirlar sous bilan aralashtirilganda qoshiqqa yopishib qoladi, uni vilka bilan qirib tozalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |