David Gilbert hayotidan qiziqarli faktlar:
Gilbert o‘z siyosiy manfaatlarini, hamda g‘arazli maqsadlarini niqoblash uchun ilm-fandan foydalanishga urinuvchi har qanday harakatni qattiq qoralagan. Aytish mumkinki, natsizm va fashizm illatlari quturgan o‘sha suronli davrda ham, Gilbert o‘ziing qat'iy fuqarolik pozitsiyasiga sodiq qolgan va millatchilik, irqchilik kabi manfur illatlardan olmon ilm-fanini himoya qilishga uringan. Shu qarashlariga binoan u o‘rnatilgan militaristik fashistlar tuzumi hukmron doiralarida o‘ziga dushmanlar orttirib olgan edi. Natsistlarning, muhim amaldorlari va mansab egalari, joylardagi muassasalarning boshliqlari faqat "oliy irq vakillari egallashi mumkin" degan qarori chiqqach, Gilbert g‘azabdan quturib ketgan va tog‘ni talqon qilar darajada nafratga cho‘milgan edi. U hatto mavjud fashistik tuzum konstitutsiyasini ham appelyatsiga berishga tayyor ahvolga yetib borgan. Bunda u avvalo nemis millatiga mansub bo‘lmagan oddiy aholini va ayniqsa boshqa millat vakili bo'lgan, lekin Gyotingen, Geydelberg, Myunxen va Berlin universitetlari va boshqa oliy dargohlarda ishlayotgan olimlarni fashistlar tayziqida qutqarib qolmoqchi bo'lgan edi. Qanchalik urinmasin bu noteng kurashda Gilbert yolg‘izlik qildi. U olimlarni o‘zi istagan darajada himoya qilolmadi. Qo‘lidan kelgan eng katta yordami esa, ularning havfsiz joylarga qochishlariga ko‘maklashish bo‘ldi xolos. Kunlarning birida fashistlar Germaniyasining hukumat rahbarlaridan biri, aniqrog‘i madaniyat vaziri Gilbertdan, nemis akademik olamida o‘tkazilgan irqiy tozalovdan keyingi nemis matematikasining joriy ahvoli haqida so‘rab qoladi. Unga esa Gilbert o‘ziga xos jiddiylik bilan "Zarar ko‘rdi deysizmi? Matematiklar umuman zarar ko‘rishmadi janob vazir! Shunchaki, endi ular umuman yo‘q!..." - deb javob bergan edi.
Fashistlar Germaniyasining o‘zlari uchun yot deb bilgan madaniyatlarga nisbatan nafratlarini ifodasi sifatida, o‘z siyosatlariga mazmunan muvofiq kelmaydigan kitiblarni ommaviy yoqish marosimi av olgan edi.
- Gilbert - asl parishonxotir olim bo'lgan. Kunlardan bir kun Gilbert xonadoniga rasmiy mehmonlar kelishadi. U rasmiy sihbatlar uchun mos kiyinib chiqish, ya'ni, kostyum kiyib va galstuk bog‘lab chiqish maqsadida, mehmonlarni dahlizda qoldiradi va o‘zi xonasiga chiqib ketadi. Uzoq vaqt o‘tsa ham u qaytavermagach, gap nimadaligini bilib kelish uchun xotini Keyt uning orqasidan xonasini xabar olgani kiradi. lekun u ne ko‘z bilan ko‘rsinki, Gilbert kravatda bamaylixotir pishillab uhlab yotardi! Ma'lum bo‘lishicha, Gilbert favqulodda tartibli va punktual inson bo'lganidan, har safargidek kravat yoniga yaqinlashgach, uhlagani keldim degan hayol bilan (ta'bir joiz bo‘lsa, kundalik odatiy algoritmga ko‘ra) yechinib, kravatga uhlashga yotib olgan ekan...
- Gilbert o‘zi shug‘ullanayotgan matematik masala yuzasidan tinimsiz fikrlab yurardi. Aytishlaricha u kundalik 24 soat davomida, qayerda bo‘lmasin, nima bilan yoki kim bilan mashg‘ul bo‘lmasin, hayolida baribir biror matematik masalani mulohaza qilib yurgan. Kunlardan bir kun u juda erta vafot etgan talabalirdan birining dafn marosimiga kech qolib keladi. Dafn marosimida nutq so‘zlash uchun unga navbat berishganida, u avvalo kech qolgani uchun uzr-ma'zur so‘ramoqchi bo'lgan va o‘zini oqlash uchun, kecha tuni bilan kompleks funksiyalar bo‘yicha bir murakkab masala ustida bosh qotirib chiqqanini ro‘kach qiladi. lekin u shu gapni aytar ekan yana hayolan o‘sha masalaga sho‘ng‘ib ketadi va dafn marosimidaligini ham unitib, yig‘ilganlarga kompleks funksiyalarni yechishdagi qo‘llaniladigan matematik uslublar haqida ma'ruza qila boshlaydi...
- 1924-yilda David Gilbert boshqa bir olim Rixard Kurant bilan hammualliflikda "Matematik fizika uslublari" nomli kitob yozib nashr ettiradi. Ushbu kitob butun boshli XX-asr fiziklari va matematiklari uchun qomus o‘laroq qabul qilingan bo‘lib, jahonda eng ko‘p adadda chiqqan mumtoz adabiyotlar sirasiga kiradi. Gilbert va Kurantning mazkur kitobi hozirda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgan emas va Yevropaning nufuzli oliygohlarida hamon qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.
-Gilbert Kyoningsberg universitetida privat-dotsent bo‘lib ishlagan vaqtlarida, matematika kafedrasida 11 nafar o‘qituvchi bo‘lib, ular 12 nafar talabaga dars berishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |