Gipermatnli xujjatning tuzilishini xosil qilishga imkon beradigan elementlar. Ularni ishlatish majburiy bo’lib, biror bir istisnoga yo’l qo’yilmaydi;
Formatlashtirish effektlarini xosil qilish imkonini beradigan elementlar. Ularning ishlatilishi xujjatga bo’lgan konkret talablar va saxifa yaratuvchining bilimi, fikri, tajribasi va talablari bilan aniqlaniladi;
Mijoz kompyuterida o’rnatilgan va ularda ishlayotgan programmaviy maxsulotlarni boshqarish imkoniyatini beradigan elementlar. Ko’pincha bunday elementlar saxifa yaratuvchi biror bir programmani yoki ob’ektni xujjatga joylashtirmoqchi bo’lganda avtomatik ravishda xosil qilinadilar.
Ushbu dasturlash tili doimiy ravishda yangi elementlar bilan boyitilib borayotganligi sababli, ba’zi bir Web-saxifalarni ularni o’ziga mos bo’lgan turli xil brouzerlarda ko’rib chiqish qulayroq bo’lishi mumkin. Appletlar esa HTML tilining kamchiliklaridan qutulishga va saxifani yana xam qiziqarli qilishga imkon beradilar. O’zingizning HTML xujjatlaringizni yaratishdan oldin ularni ko’rib chiqishga imkon beradigan brouzerlar deb ataladigan dasturlar bilan tanishib chiqishingiz foydadan xoli bo’lmaydi. Brouzerlar nafaqat HTML xujjatlarni ko’rib chiqish vositasi sifatida, balki pochta programmalari va FTP protokoli orqali fayllarni yuklash vositasi sifatida xam ishlatiladi. Lekin brouzerlarning biz uchun zarur bo’lgan ikki funktsiyasi mavjud, ular Web-saxifalarni ko’rib chiqish xamda ularning HTML elementlarini taxrirlashdir. Xozirgi paytda eng ko’p ishlatiladigan brouzerlar Microsoft Internet Explorer va Netscape Communicator bo’lib, ular dunyo miqyosida tanildilar va ko’pchilik tomonidan ishlatiladilar. Microsoft Internet Explorer brouzeri Windows operatsion sistemasining tarkibiy qismi bo’lib, u bilan ishlash Internetga ulanishdan boshlanadi. Agarda barcha kerakli fayllar kompyuterdagi qattiq diskda mavjud bo’lsa, avtonom ravishda ishlash xam istisno qilinmaydi. Uning uskunalar panelidagi “Adres” deb nomlangan darchada URL ko’rsatiladi va u IP-adres bilan mos tushishi mumkin yoki bu darchada biror bir xujjat aniqlanilishi uchun zarur bo’lsa, qo’shimcha ma’lumotlar xam ko’rsatilishi mumkin.
Masalan, agar biz Mikrosoft kompaniyasini axtarayotgan bo’lsak, uning manzilgoxi quyidagicha bo’lishi mumkin: http://www.microsoft.com
Bu erda http kodi dasturning Gipermatnli xujjatlar tizimi bilan ishlashi kerakligini va tegishli protokolni (Hype Text Transfer Protocol) ishlatishi kerakligini anglatadi. Ammo adreslarning boshqa turlari, masalan, ftp xam bo’lishi mumkin. Bu FTP protokoli bo’yicha olinishi mumkin bo’lgan fayllar arxivini ko’rsatadi. Agar kod mailto bo’lsa u elektron pochtaning adresini, agarda kod file bo’lsa u kompyuterdagi fayllarni anglatadi. Mashq tariqasida o’zingizning kompyuteringizga quyidagi adresli fayllarni yuklashga xarakat qilib ko’ring: ftp://ftp.microsoft.com URL ga tegishli ko’rsatma berilganidan so’ng, brouzer ma’lumotlarni internetdan yuklashni amalga oshiradi va bizga ko’rsatilgan adresda joylashgan Gipermatnli xujjatni namoyon qiladi. Xar qanday tashkilotni internet tizimida qidirayotganda biz avvalo uning “uy saxifasi” (home page) ni ko’ramiz. Ushbu va u orqali o’tiladigan boshqa saxifalarda tagiga chizib, boshqalaridan ajratib qo’yilgan yozuvlarga duch kelamiz. Bular boshqa saxifalarning ko’rsatgichlariyoki ularga bo’lgan giperilovalardir. Sayt yoki uni tashkil qiluvchi saxifalar to’plami juda katta bo’lgani uchun, uni birdaniga to’laligicha ko’rish mumkin emas. Gipermatnlar saxifalar bo’ylab xarakatlanishga va uni ketma-ket yoki istalgan tartibda ko’rib chiqishga imkon beradilar. Giperilova sifatida nafaqat yozuv yoki so’z, balki rasm, tasvir, grafik, sxema yoki ularning bir bo’lagi xam bo’lishi mumkin. Web-saxifaning u yoki bu elementining giperilova ekanligini unga olib borilgan sichqoncha ko’rsatgichining tashqi ko’rinishi o’zgarishi bilan bilish mumkin. Sayt bo’ylab xarakat qilish labirintda xarakatlanishga o’xshab ketadi. Shuning uchun brouzer Vpered (Oldinga) va Nazad (Keyinga) nomli tugmachalar bilan jixozlangan. Ular ko’rib o’tilgan saxifalarga yana qaytish va ular-aro xarakatlanishga imkon beradilar. Saytning xar saxifasiga bir yoki bir nechta fayllar mos keladi va ularni brouzer vaqtinchalik saqlash papkasiga (keshga) joylashtiradi. Shuning uchun xam agarda ilgari yuklangan saxifaga qaytmoqchi bo’lsangiz, programma uni internetdan emas, balki qattiq diskingizdan o’qib oladi. Bu esa o’z navbatida xujjatning ko’rilish vaqtini ancha kamaytiradi. Microsoft Internet Explorer brouzeridagi Ostanov (To’xtatish) tugmachasi kerak bo’lib qolganda saxifaning yuklanish jarayonini to’xtatishi mumkin. Uning Obnovit (Yangilanish) tugmachasi esa joriy saxifaning yuklanishini yana qaytadan amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |