Stendal – “Qizil va qora” - Jyulen. Men bu asar haqida o’ylasam, ko’z oldimda sochlari jingalak, ozgina nimjon, ko’zlari katta chiroyli yigit obrazi, ya’ni Jyulen obrazi gavdalanadi. Mashhur fransuz yozuvchisi bo’lgan Stendal qalamiga mansub ushbu “Qizil va qora” romani jahon durdonalari qatoridan joy olib ulgurgan. Muallifning romanni yozishdam maqsadi, g’oyasi Jyulen hayoti, uning boshiga tushgan ishlar orqali yaxshi yoritib berilgan. Maqsad esa Fransiya ijtimoiy, siyosiy holatini ochib berishdir. Davlat siyosatida ruhoniylar o’rni, mulkdorlar, aslzodalar hayoti ham mana shu roma orqali bizga biroz bo’lsa ham tanishtiriladi. Asardagi Jyulen obraziga kelsak, to’g’risi, u menda unchallik yaxshi ta’surot qoldirmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |