(stdio.h) kutubxonasi. C++ tilida qiymatlarni kiritish chiqarish uchun C tilidan o‘tgan stdio.h
kutubxonasidan foydalaniladi. Bu kutubxonada mavjud funksiyalar klaviatura, printer, terminal kabi qurilmalarni fayl oqimlari sifatida qabul qiladi. Oqim – bu o‘zaro bir jinsli sodir bo‘luvchi xususiyatga ega jarayondir. Oqimlar kutubxonasida fayl ko‘rsatgichlari kabi qayta ishlanadi. Fayl ko‘rsatgichlari – bu oqimda unikal aniqlanib, bajariladigan amal uning parametri sifatida beriladi.Bu kutubxonada 3 ta standart oqim mavjud; stdin, stdout va stderr lar. Bu oqimlar kutubxona chaqirilishi bilan avtomatik tarzda aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |