O`RTACHA QIYMAT, VARIATSIYA VA TAQSIMLASH SHAKLLARINI ANIQLASH - Ko`p hollarda ma’lumotlar bir markaziy nuqta atrofida to`planadi. Shunday qilib, har qanday ma’lumotni tavsiflash uchun ma’lum bir odatiy quymatni ko`rsatish yetarli bo`ladi. Bu qiymatni o`rtacha qiymat deyishadi (central tendency, or location). Ushbu bobda o`rtacha qiymatni baholovchi uch tavsif ko`riladi: o`rtacha arifmetik qiymat (arithmetic mean), mediana (median) va moda (mode).
O`rtacha arifmetik qiymat. - O`rtacha arifmetik qiymat — o`rtacha qiymat bo`yicha taqsimlashning eng ko`p tarqalgan turi hisoblanadi. U kuzatilayotgan sonlar yig`indisini sonlar miqdoriga bo`lish orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |