Statistika ya`ni davlat to`g`risida muayyan bilim, malumotlar yig`indisi degan tushunchalar kelib chiqqan



Download 23,74 Kb.
bet2/3
Sana30.10.2022
Hajmi23,74 Kb.
#858525
1   2   3
Bog'liq
statistika 1-13

STATISTIKA O`RGANISH OBYEKTI – BU OMMAVIY HODISA VA JARAYONLARDIR.
Statistika uslubiyati - bu ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda, unda namoyon bo‘ladigan qonuniyatlarni oydinlashtirishda ishlatiladigan o‘ziga xos uslub, ya’ni statistika fani va amaliyotida qo‘llanadigan yo‘llar, usullar, vositalar majmuasi.

4- SAVOL

Statistik to’plam – bu umumiy bog’liqlikda, qandaydir bir sifat belgisi bilan 
birlashgan va bir-biridan farq qiluvchi ob’ekt yoki hodisalarning yig’indisidir. Masalan, 
korxonalar soni, aktsiyadorlik jamiyatlari soni, oilalar soni va h.k.

Belgi - bu to’plam birligining sifatiy xususiyatidir. O’rganilayotgan to’plam 
birligini ifodalash xarakteriga qarab belgilar miqdoriy, atributiv va alternativ belgilarga 
bo’linadi. 


Statistik ko’rsatkich
bu kategoriya bo’lib, hodisa va voqealarni aniq sharoit va vaqtdagi miqdoriy tasvirlanishidir. Statistik ko’rsatkichlar hajmiy va hisoblangan ko’rsatkichlarga bo’linadi.

Statistik ko’rsatkichlar tizimi – bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan statistik 


ko’rsatkichlar yig’indisidir. Statistik ko’rsatkichlar tizimi ijtimoiy hayotni barcha 
pog’onalarini o’zida qamrab oladi. Agarda ko’rsatkichlar mamlakat, hudud, tarmoq 
darajasida hisoblansa, ular makrodaraja ko’rsatkichlari deyiladi. 
5- SAVOL
Statistik kuzatish o'tkazilib o'rganilayotgan hodisa to'g'risida ko'pdan-ko'p va turli-tuman tarqoq ma'lumotlar to'planadi. Bu ma'lumotlar asosida hali hech qanday fikr yuritib bo'lmaydi, chunki ular tarqoq va har xildir. Shuning uchun ham navbatdagi vazifa to'plangan ma'lumotlarni bir tizimga kcltirish, tarlibga solish, umumlashtirishdan iboratdir. Bu muammoni statistikada jamlash (svodkalash) mctodini qo'llash bilan hal eliladi. Shundan statistik tekshirishning ikkinchi bosqichi boshlanadi.
Statistik jamlash (svodkalash) dcganda har kuni radio va televizorda beriladigan axborot, ma’lumotlarni tushunmaslik kerak. Ular ma'lum bir ishning bajarilishi to'g'risidagi operativ ma'lumotdir.
Statistik jamlash deganda to'plangan ma'lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko'zlangan maqsad va vazifalar nuqtai-nazaridan qayta ishlash tushuniladi.
Jamlash va guruhlash statistik to‘plamlar tuzish va ularni chegaralash bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganish hamda statistik axborotlarni yaratishning muhim qurolidir. Bu usul statistik kuzatish natijasida olingan besanoq, tarqoq, tasodifiyot girdobida o‘ralashib qolgan hom boshlang‘ich materiallar asosida ixcham bir-biri bilan uzviy bog‘langan, ma’lum tartib qoidalarga, qonuniyatlarga bo‘ysungan, tuzilmaviy shakllarga ega to‘plamlar barpo etish imkonini beradi.
6- SAVOL
Statistik jamlash hisoblash texnologiyasiga qarab oddiy va murakkab, tashkil qilinishiga qarab esa markazlashgan va markazlashmagan jamlashlarga bo'linadi.
Oddiy jamlash deganda olingan ma’umotlarni umumiy yakunlarini hisoblash tushuniladi, murakkabda csa to'plam birliklari guruh va guruhchalarga ajratilib, ularning har biri va umumiy bo'yicha jamlab chiqariladi.
Markazlashgan jamlashda barcha ma'lumotlar bir yerga to'planib, o'sha yerda qayta ishlanadi. Masalan, aholi ro'yxati ma'lumotlarini qayta ishlash. Markazlashmagan jamlashda ish pog'onama-pog'ona amalga oshiriladi, masalan, dastlab tumanda, keyin viloyatda va h. k.
Statistik jamlash bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi va quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi: 1.To'plangan ma'lumotlarni qayta ishlash rejasi va dasturi tuziladi. 2.To'plam birliklari o'rganilayotgan belgi bo'yicha guruhlarga ajratiladi. 3.Har bir guruh va umumiy to'plam bo'yicha jamlab chiqariladi. 4.Natijalar statistik jadvallarga joylashtiriladi va grafiklarda tasvirlanadi
7- SAVOL
Statistik guruhlash - bu o‘rganilayotgan hodisalarni muhim belgilariga qarab bir xil (turdosh) guruhlarga birlashtirishdir. Statistikada guruhlash deb o‘rganilayotgan hodisalarni (obyektlarni, birliklarni) muhim belgilariga asoslanib turdosh (sifatdosh) guruhlarga (to‘plamlarga) birlashtirish yuritiladi. Masalan, aksioner kompaniyalarni dividend to‘lash darajasiga qarab guruhlarga ajratish.
Guruhlash statistik kuzatish natijasida to‘plangan ma’lumotlarni keyinchalik qayta ishlash va turli statistik to‘plamlarni hosil qilish zaminida yotadi. Tuzilgan har bir guruh (to‘plam) uchun umumiy va o‘rtacha ko‘rsatkichlar hisoblanadi, ularni bir-biri bilan taqqoslab guruhlar orasidagi farqlarning kelib chiqish sabablari aniqlanadi, turli belgilar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar tahlil qilinadi. Agarda to‘plangan ma’lumotlarni jamg‘arib umumiy ko‘rsatkichlar olish bilan chegaralansak, u holda ular turli statistik to‘plamlarga tegishli bo‘lishi mumkin, natijada ularning tuzilishi va xususiyatlarini aniqlay olmaymiz.
Guruhlashning ahamiyati shundaki, u ma’lumotlarni umumlashtirish va tasavvur qilish uchun ixcham, yaqqol shaklda taqdim etishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, guruhlash ma’lumotlarga turli jihatdan ishlov berish va tahlil qilish uchun asos yaratadi. Buning uchun guruhlarni bunyod etish belgisi yoki belgilarini tanlash, tuziladigan guruhlar soni va ularning chegaralarini aniqlash ilmiy tartib-qoidalarga tayanishi kerak.
8 –SAVOL
Statistik ma’lumotlar bir belgi yoki maqsadga muvofiq bir nechta belgilar asosida guruhlanishi mumkin. Ikki va undan ortiq belgilari bo‘yicha guruhlashlar kombinatsion (aralash) guruhlashlar deyiladi.
Statistik ma’lumotlarni guruhlashda dastlab guruhlash oralig‘ini aniqlab olish lozim. Guruhlash teng oraliqli va tengsiz oraliqli bo‘lishi mumkin. Bu kuzatilgan hodisa va jarayonlar mohiyatidan, guruh soni va belgi xususiyatlariga bog‘liq.
Teng oraliq deyilganda barcha guruhlar uchun bir xil oraliq miqdori tushuniladi
Statistik kuzatish natijasida o‘rganilayotgan xodisalarning har biri to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlar to‘planadi. Lekin bu ma’lumotlar biror belgi bo‘yicha tartibga keltirilmaganligi sababli hodisalar to‘g‘risida umumiy xulosalar qilishga imkon bermaydi. Shuning uchun navbatdagi vazifa ma’lumotlarni jamlash, bir tizimga keltirish va qayta ishlashdir. Bu bosqich har qanday statistik tadqiqotning ikkinchi bosqichi bo‘lib, statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash va guruhlash deb yuritiladi.
Statistikada jamlash tor va keng ma’noda tushiniladi. Tor ma’noda jamlash deganda kuzatishdan olingan ma’lumotlarni biror belgisiga qarab guruhlamasdan, to‘plamning umumiy yig‘indisini (yakunini) hisoblanish tushuniladi. Masalan, Respublika bo‘yicha terilgan paxtaning umumiy miqdori, o‘rilgan g‘alla maydoni, institut bo‘yicha o‘qiydigan barcha talabalar soni va hokazo.
Kuzatish ma’lumotlarini maxsus dastur asosida muhim belgilariga qarab guruhlarga ajratib o‘rganish keng ma’noda jamlashdir. Bunda eng avvalo, to’plam ma’lumotlari kuzatish maqsadidan kelib chiqib, guruhlarga ajratiladi, keyinchalik har bir guruh bo’yicha umumiy yig’indilar hisoblanadi. Keng ma’nodagi jamlashda to’plam bo’yicha olingan ma’lumotlar tuzilgan jadvallarda ko’rsatiladi. Masalan, terilgan paxtani qo‘lda va mashinada terilgan guruhlarga ajratish, talabalarni kurslarga, mutaxassisliklarga, kunduzgi va sirtqi belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratib o‘rganish.

10- SAVOL.


Statistik kuzatish - IJTIMOIY – HODISA VA JARAYONLAR TO`G`RISIDAGI MA`LUMOTLARNI MUNTAZAM RAVISHDA REJALI, ILMIY ASOSDA TO`PLASHDIR. Statistik kuzatish uyushqoqlik bilan va avvaldan ishlab chiqilgan dastur va reja asosida amalga oshiriladi. Iqtisodiy va statistik tadqiqotlarning dastlabki bosqichi statistik kuzatish hisoblanadi. Statistik kuzatish jarayonida olingan ob'ektiv va to'liq ma'lumotlardan tadqiqotning keyingi bosqichlarida foydalanish o'rganilayotgan ob'ektning tabiati va rivojlanish qonuniyatlari haqida ilmiy asoslangan xulosalar beradi.

Download 23,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish