Статистика
19 вариант Сулаймонова Мадинабону
1 savol YAIM- mamlakatning asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichi sifatida
Yalpi ichki mahsulot — umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroiqtisodiy
koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bozor qiymati
(yaʼni bevosita isteʼmol uchun moʻljallangan). Shuningdek, YIMA davlatlar iqtisodiyot
hududining hamma sohalarida isteʼmol qilish uchun yil davomida ishlab chiqarilgan hisoboti,
milliy jihozlar ishlab chiqarish omillari ishlatilgan qatʼiy eksportning jamgʻarmalari hisoblanadi.
Birinchi marta 1934-yilda Saymon Kuznets tomonidan bu tushuncha ilk bor taklif etilgan edi.
YIM mavjud va belgilangan davlatlar ishlab chiqarishning izchilligini yillik hisobot sifatida
dunyo iqtisodchilari qismlarga boʻlishadi. YIM ushbu yildagi narxlarning oʻsishini joriy
narxlarga (nisbat berilmasdan) asoslanib dunyo bozorlarida belgilaydi. YIM (inqirozni toʻgʻri
baholashligi bilan) narxlardagi oʻsish hususiyatini oldingisi yoki har qanday boshqasini yillik
zahira taqsimotiga muhrlaydi. Har doim YIMga amaldagi mavjud mahsulotlar hisobga olinadi
va qanday darajada mamlakatlarda ishlab chiqarishning oʻsishi mavjudligi bilan narxlarni YIM
darajasi yordamida aniqlanadi. YIM yonida iqtisodiyot oʻz imkoniyatlarini toʻlaqonli sotilgan
ishchi kuchini band etish barobarida qaytaradi. YIM imkoniyati — bu YIM bilan toʻlaqonli
bandlik va iqtisodiyot imkoniyatini boshqa sohalardagi tadqiqotlar bilan oʻzaro va bevosita
bogʻliqlik ahamiyatini oshiradi.[2] YIM mamlakatlar orasida zarurat chogʻida birja nuqtalarida
har qanday milliy valyutada kursga hisoblanishi yoki horijiy valyutalar yordamida
qiymatlashtiriladi. Bularni shunday qiymatlarga baholash uchun jahon bozorida Paritet
Haridorlik qobiliyati (PHQ) (xalqaro qiyoslashni aniqligi yoki ortiqligini bilish uchun)taqdim
etilgan. Bugun "Bozor qiymati" deb nomlanuvchi maʼlum miqdorda hisoblash yoki barqaror
kattalikdagi mahsulotlar erkin jahon bozorida amal qila oladi.
Yalpi ichki mahsulot mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr (oy, chorak, yil)
davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan koʻrsatkich ham hisoblanadi. Mamlakat
hududida joylashgan barcha korxonalar (chet el va qoʻshma korxonalari ham shu hisobga
kiradi) tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va
xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi boʻlib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi asosida
hisoblab chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini makrodarajada tavsiflash va tahlil
etishda foydalaniladi.
Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti Xalqaro valyuta fondining 2019-yildagi
maʼlumotlariga koʻra, $60.490 milliardni tashkil etadi. Milliy statistikada asosiy makroiqtisodiy
koʻrsatkich sifatida YIM yoki yalpi milliy mahsulot (YMM), hatto yalpi milliy daromad (YMD)
ham qabul qilinishi mumkin. Masalan, AQSH va Yaponiyada YIM emas, balki YMM asosiy
makroiqtisodiy koʻrsatkich hisoblanadi. Ammo BMTning milliy hisoblar tizimida YIM birlamchi
iqtisodiy koʻrsatkich boʻlib xizmat qiladi. Miqdor jihatdan bu koʻrsatkichlar oʻrtasidagi tafovut
unchalik katta emas: rivojlangan mamlakatlarda bu tafovut bir foizdan oshmaydi. Chet
ellarda ishlovchi fuqarolardan tushadigan daromadlar salmoqli boʻlgan mamlakatlarda bu
tafovut kattaroq boʻlishi mumkin.
2 savol Aholi soni va tarkibini o'rganish.Aholi tabbiy harakati ko'rsatkichlari: umumiy,xususiy
va maxsus ko'rsatkichlar.Aholining mexanik harakati ko'rsatkichlari.
Remove Watermark
Wondershare
PDFelement
Aholi – ma’lum bir davrda (dunyo, qit’a,mamlakat yoki uning bir qismi) yashaydigan odamlar
to’plami.
Aholi statistikasining asosiy vazifalari:
aholini va uning mamlakatda tarqalishini beldilaydi
ko’payish jarayonlarini – aholining tabiiy harakatini o’rganadi
aholining tarkibini tavsiflaydi
aholining mexanik harakatini(ko’chishini) hisobga oladi
bo’lajak populyatsiyani aniqlaydi
statistik hisobga olish va demografik jarayonlarni tahlil qilish usullarini ichlab chiqadi
Aholi soni statistikasi
Statistikaning eng muhim birlamchi vazifalaridan biri aholi sonini va uning mamlakat
hududlari bo’yicha joylashishini o’rganishdan iborat.Aholi
Soni haqidagi asosiy ma’lumot aholi ro’yxati hisoblanadi.Aholi soni quyidagicha aniqlanadi:
=
- bazis davr
Aholini ro’yxatga olish o’rtasida tug’ilganlar, o’lganlar, kelganlar va ma’lum bir hududga
ketganlarning mavjud qaytlari, so’nggi aholini ro’yxatga olish ma’lumotlariga asoslanib
aniqlanadi.
Aholini ro’yxatga olish o’rtasida tug’ilganlar, o’lganlar, kelganlar va ma’lum bir hududga
ketganlarning mavjud qaytlari, so’nggi aholini ro’yxatga olish ma’lumotlariga asoslanib
aniqlanadi.
Ko’pgina davlatlarda aholining tabiiy harakati FHDYO (fuqarolik holati dalolatnomalari) orqali
hisobga olinadi.Bu yerda o’lim, tug’ilish, nikoh va ajralishning har qanday faktlari hisobga
olinadi.
Aholi sonini aniqlashda ba’zi tushunchaklarga to’xtalib o’tamiz:
Doimiy aholi – bu ro’yxatga olish paytida haqiqiy
joylashgan joyidan qat’i nazar, ma’lum bir joyda yoki hududda doimiy yashaydigan
odamlarning yig’indisi.
Mavjud aholi – bu aholini ro’yxatga olish davrda ma’lum bir joyda yoki hududda, doimiy
istiqomat joyidan qat’i nazar yashaydigan odamlarning yig’indisi.
Vaqtinchalik fuqarolar – ushbu joyda vaqtincha istiqomat qilishadi(ko’pi bilan 6 oy ), ammo
bu hududdan tashqarida doimiy yashaydilar.
Vaqtinchalik fuqarolar – ushbu joyda vaqtincha istiqomat qilishadi(ko’pi bilan 6 oy ), ammo
bu hududdan tashqarida doimiy yashaydilar.
Vaqtincha yo’q – ushbu hududda doimiy yashaydigan, lekin ro’yxatdan o’tish paytida u yerda
bo’lmagan ( 6 oydan oshmagan davr uchun).
Aholining ushbu toifalari o’rtasida o’zaro munosabatlari mavjud bo’lib, ular aholining toifalari
balansi deb ataladi.
Remove Watermark
Wondershare
PDFelement
Aholi mexanik harakati tufayli
Aholining tabiiy harakati tufayli
Statistikani aniqlagan holda , statistika butun mamlakatda ham ,uning alohida mintaqalarida
ham guruhlash usulidan foydalangan holda aholi tarkibini o’rganadi.
Guruhhlash:ijtimoiy tarkibi , faoliyat sohalari va iqtisodiyot tarmoqlari , kasbi , jinsi ,
yoshi,oilaviy holati bo’yicha amalga oshiriladi.
Aholi - bu migratsiya deb atalgan tushunchadir. Bu ijtimoiy guruhlar yoki shaxslarning
yashash joyining o'zgarishi, ularning boshqa mamlakatga, geografik hududga yoki
mintaqaga ko'chishida ifodalangan jarayon.
3 savol Ish vaqti va ulardan foydalanish ko'rsatkichlari.
Ish kuchi soni va uning tarkibi bu sohadagi masalaning miqdor tomoni hisoblanadi, ish vaqti
va undan foydalanish darajasi esa uning sifat tarafini belgilaydi. Ish vaqtidan foydalanishni
tahlil qilish uchun ish vaqti fondlarini tarkibini o`rganishni, ish kuni va ish davri uzunligini,
ishlagan ish vaqti xajmiga xar hil omillar ta’sirini o`rganishni taqozo etadi. Ish vaqti
statistikasi – mexnat statistikasining bir bo`limi hisoblanadi.
Ish vaqtini yo`qotishni o`rganish mexnat muammolari bilan shug’ullanuvchi davlat organlari,
ijtimoiy ta’minot bo`limlari, kasaba uyushmalari, korxona va tashkilotlarning rahbarining
doimiy e’tiborida turadi.
Ish vaqti sarflangan mexnat meyorini ifodalaydi va u amaliyotda ikki ko`rsatkich yordamida
o`lchanadi: 1) ishlagan kishi – kuni xodimning korxona ro`yxatida turgan va ishga kelgan
kunlarini bildirib, unga ish vaqti davomida xaqiqiy ishlangan va ishlanmagan soatlar
kiraveradi. Ishlangan kishi-kunlariga shu korxonada o`z xodimlari tomonidan amalda
ishlangan kishi kunlari, bu korxona yo`llanmasi bilan boshqa korxonada ishlangan
kishi-kunlari, shuningdek xizmat safarida bo`lgan xodimlarning ishlagan kunlari kiritiladi.
2) Ishlangan kishi-soati ish vaqtining aniq o`lchov birligi hisoblanadi, chunki uning tarkibiga
tanaffus vaqtlari, kechikib kelish va vaqtli ketib qolish vaqtlari kiritilmaydi.
Ish vaqtidan foydalanish darajasini bilish uchun statistika quyidagi ko`rsatkichlar tizimidan
foydalanadi:
1.Bir ishchi tomonidan ishlangan kunlardan, ya’ni ish oyi uzunligidan foydalanish koeffitsienti;
2.Ish kuni uzunligidan foydalanish koeffitsienti;
3.Ish vaqtidan to`liq foydalanish koeffitsienti;
Bir ishchi tomonidan amalda ishlangan kunlar sonini aniqlash uchun korxonada ishlangan
barcha kishi-kunlar soni o`rtacha ro`yxatdagi xodimlar soniga bo`linadi. Bu ko`rsatkichning
amaldagisini bazis darajasi bilan solishtirilib birinchi koeffitsient aniqlanadi.
Ish kunining amaldagi uzunligini aniqlash uchun ishlangan barcha kishi-soatlar soni,
ishlangan kishi-kunlar soniga bo`linadi. Bunda ikki hil ko`rsatkich aniqlanadi: a) ish kunining
Remove Watermark
Wondershare
PDFelement
to`liq uzunligi (bunda odatdagi va odatdan tashqari soatlar e’tiborga olinadi) va b) ish
kunining odatdagi uzunligi (bunda faqat odatdagi soatlar e’tiborga olinadi). Bu
ko`rsatkichning amaldagi bazis davrdagisi bilan solishtirilib ikkinchi koeffitsient aniqlanadi.
Birinchi koeffitsientni ikkinchisiga ko`paytirib uchinchi ya’ni ish vaqtidan to`liq foydalanish
koeffitsienti aniqlanadi.
Ko`rsatkichlar
Bazis davr
Joriy davr
1
O`rtacha ro`yxatdagi ishchilar soni
900
1000
2
Amalda ishlangan barcha kishi-kunlar soni
18000
21000
3
Amalda ishlangan barcha kishi-soatlar soni
126000
140000
4
Bir ishchi tomonidan amalda ishlangan kunlar soni (2:1)
20
21
5
Ish kunining amaldagi uzunligi, soat (3:2)
Remove Watermark
Wondershare
PDFelement
7,0
6,7
1) Ish oyi uzunligidan (kunlar)
foydalanish Kt = 21/20 =1,050 yoki 105,0%
2) Ish kuni uzunligidan (soat)
foydalanish Kt = 6,7/7,0 = 0,959 yoki 95,9%
3) Ish vaqtidan to`liq
foydalanish Kt = 1,05 x 0,959 = 1,008 yoki 100,8%
Demak korxonada ish oyi uzunligidan (kunlar) bo`yicha foydalanish joriy davrda bazis davrga
nisbatan 5,0%ga ortgan, ish kuni uzunligidan (soat) foydalanish 4,1%ga kamaygan. Natijada
ish vaqtidan to`liq foydalanish darajasi joriy davrda bazis davriga nisbatan 0,8% ortgan.
Amaliyotda quyidagi ish vaqti fondlarini bir-biridan ajratish lozim:
1. Kalendar ish vaqti fondi – korxona barcha xodimlariga to`g’ri kelgan kalendar kunlar sonini
ifodalaydi va u quyidagicha hisoblanishi mumkin:
- o`rtacha ro`yhatdagi xodimlar sonini shu davrdagi kalendar kunlar soniga ko`paytiriladi;
yoki
- ishga kelgan va kelmagan kishi-kunlar soni qo`shiladi.
2. Tabel vaqt fondi – ni aniqlash uchun kalendar vaqt fondidan bayram va dam olish kunlari
ayriladi;
3. eng ko`p imkoniyatli ish vaqt fondi – ni aniqlash uchun tabel ish vaqti fondidan navbatdagi
mexnat tatili kunlari ayriladi. Bu fond «Mexnat xaqida»gi qonunga asosan foydalanish
mumkin bo`lgan eng katta ish vaqti salohiyatini bildiradi.
Masalan, korxona bo`yicha mart oyida quyidagi ma’lumotlar berilgan (kishi-kunlarida)
xodimlar tomonidan ishlangan kishi-kunlar – 5868; kun bo`yi to`xtab turishlar – 200;
ishlanmagan kishi-kunlar – 3032, shu jumladan, navbatdagi tatillar – 480; dam olish kunlari –
2400; O`rtacha ro`yhatdagi xodimlar soni – 300 kishi; ushbu ma’lumotlar asosida quyidagi
ko`rsatkichlarni hisoblash mumkin:
1) ishga kelgan kishi kunlar soni – ishlangan kishi – kunlar va kun bo`yi to`xtab turishlar soni
yig’indisiga teng.
5868+200 =6068 kishi/kuni
2) kalendar ish vaqti fondi
Remove Watermark
Wondershare
PDFelement
6068+3032 =9100 kishi/kuni
3) tabel ish vaqti fondi
9100-2400 =6700 kishi/kuni
4) maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi
6700-480 =6220 kishi/kuni
5) may oyidagi kalendar vaqt fondi (agar o`rtacha ro`yhatdagi xodimlar soni o`zgarmay
qolsa)
300 x 31 =9300 kishi/kuni
4. Ishlangan ish vaqti fondi. Ishlangan kishi/soatlar soniga xodimlarning ishlagan barcha
soatlari kiritiladi (bayram va dam olish kunlari, hamda odatdan tashqari ishlangan soatlar
ham qo`shiladi). Ammo bunga smenalar ichidagi to`xtab turishlar, betobligi sababli ishga
kelmaslik, mexnat ta’tillari va shunga o`xshashlar qo`shilmaydi.
Odatdan tashqari ishlangan vaqtlar – qonunda belgilangandan tashqari vaqtlardagi ish
soatlari kiritiladi (bayram va dam olish kunlari, smenadan tashqari ishlangan vaqtlar va h.k.).
5. To`langan kishi-soatlar soni – bu xodimlar tomonidan ishlangan kishi-soatlar va
ishlanmagan bo`lsa ham, ammo haqqi to`langan soatlardan tashkil topadi. Ko`rsatkichda
yillik mexnat tatili vaqti, qo`shimcha va o`quv tatillari vaqti, rahbariyat qarori bilan berilgan
ta’tillar vaqti, malaka oshirish tizimida o`tkazilgan vaqt, qishloq xo`jaligi va boshqa ishlarga
jalb qilingan vaqt, 18 yoshga etmagan o`smirlar uchun qisqartirilgan ish vaqti kiritiladi, ammo
betob bo`lgan vaqt uchun to`lovlar ijtimoiy fondlardan to`langan uchun to`langan soatlar
kiritilmaydi.
Remove Watermark
Wondershare
PDFelement
Do'stlaringiz bilan baham: |