Iqtisodiy statistika qanday fan?
Insoniyat turmushi, xatti-harakatlari, ijtimoiy hayot statistika qo„llanishi va rivojlanishi uchun bepoyon makon yaratdi. Uning ilm-fan tarmog„i va amaliy faoliyat sohasi sifatida ilk bor shakllanishida yetakchi rolni aynan turmush voqealari va yashash zaruriyati, ijtimoiy hayot hodisalari o„ynagani bejiz emas.
Statistika yagona mustaqil fan sifatida gavdalanishi va turli sohalarda qo„llanishiga sabab uning predmeti bo„lmish ommaviy hodisa va jarayonlar hamma sohalarda ro„yobga chiqishi va umumiy xislatlarga ega bo„lishidir. Shu bilan bir qatorda ayrim sohalarda ular o„ziga xos sharoitlarda yuzaga chiqadi va ularning ta‟siri ostida xususiy xususiyatlarga ham ega bo„ladi. Shu tufayli statistik qonuniyatlar namoyon bo„lish me‟yori ham, rivojlanish
shakllari ham har bir sohada o„ziga xos yo„l bilan kechadi. Bu esa statistika uslubiyatini muayyan soha sharoitiga muvofiqlashtirishni, unga mos keladigan usullarni qo„llashni, sharoit o„zgarishi bilan ularni shaklan va mazmunan takomillashtirib turishni, yangilarini yaratib, eskilari o„rniga ularni ishlatishni talab etadi va haqiqatda ham shunday bo„lmoqda. Pirovard natijada har bir soha statistikasi yagona statitisika fani doirasida ma‟lum darajada mustaqil fan va shu bilan birga uning muhim tarmog„i, yo„nalishi sifatida shakllanadi.
Iqtisodiy statistika ana shunday fanlar qatoriga kiradi va yagona statistika fanining juda muhim tarmog„i hisoblanadi. xuddi shuningdek uning chegarasida mustaqil yo„nalish sifatida tarmoq statistikalari - mikroiqtisodiy statistika, makroiqtisodiy statistika, sanoat, qishloq xo„jaligi va boshqa tarmoq va sohalar statistikalari vujudga keladi va rivoj topmoqda.
Iqtisodiy jarayon - bu insonlarning doimo takrorlanib turuvchi xatti-harakatlari majmuidir. Ijtimoiy taraqqiyotning muayyan tarixiy sharoitida mazkur xatti-harakatlar ma‟lum holatda takrorlanadi, ya‟ni o„ziga xos qonuniyatlar bilan xarakterlanadi. Bu qonuniyatlar ayrim harakatlarda yoki ularning funksiyalari orasida doimo takrorlanuvchi bog„lanishlar (yoki munosabatlar) namoyon bo„lishini ifodalaydi. Bunday tub bog„lanishlar iqtisodiy qonunlar deb ataladi. Ularni, har qanday tabiat yoki jamiyat qonunlari kabi uchta turkum (tip) ga ajratish mumkin: sababiyat qonunlari, tuuilma (tuzilish) qonunlari va funksional qonunlar
Sababiyat qonunlari - bu shunday bog„lanishlarki, ular bir voqea (yuqoridagi holda harakat yoki harakatlar majmui) sodir bo„lgandan so„ng doimo boshqa ma‟lum voqea ro„y berishini ifodalaydi, odatda bunday izchil ketma-ketlik zamonda kuzatiladi. Birinchi voqea sabab deb, ikkinchisi esa - oqibat deb ataladi.
Tuuilma (birgalikda mavjud bo„lish) qonunlari - bu ikkita yoki undan ortiq voqealarni hamisha birgalikda ro„y berishini ifodalovchi bog„lanishlardir. Hamisha bir vaqtda sodir bo„ladigan hodisalar hisobiga voqealarning ma‟lum qonuniy tuzilishi shakllanadi, mana shundan tuuilma qonunlarning nomi kelib chiqadi. Nihoyat, funksional qonunlar - bu miqdoriy o„lchanadigan voqealar orasidagi bog„lanishlar bo„lib, ularni matematik funksiyalar shaklida ifodalash mumkin.
Iqtisodiy jarayonga tegishli ayrim yakka harakatlarda mazkur zaruriy yoki muhim bog„lanishlar (munosabatlar) sof holda namoyon bo„lmaydi. Bundan tashqari, faqat ayrim hollarda uchraydigan, lekin harakatning boshqa takrorlanishida yuzaga chiqmaydigan bog„lanishlarni ham kuzatish mumkin. Ular yordamchi yoki tasodifiy bog„lanishlar deb atalib, iqtisodiy qonunlar amal qilishi uchun to„siqlar paydo qiladi. Matematiklar bunday holatni asl bog„lanishlarni aynashiga, bir muncha buzilishiga sabab bo„ladigan tashqi shovqinlar deb ham yutiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |