1-MA`RUZA:TEST TOPSHIRIQLARINING STATISTIK TAHLILI REJA: Statistik tahlilning ahamiyati.
Test topshiriqlarining sifat ko`rsatkichlari.
Muqobil javobli test topsshiriqlarini tuzish. Statistik tahlilning ahamiyati
Testning maqsadi hamda test orqali tekshiriladigan domen va konstruktlar aniqlab olingandan keyin test spetsifikatsiyasiga muvofiq test topshiriqlari tuziladi. Bu topshiriqlar mutaxassislar tomonidan ekspertiza qilinishi va aprobatsiyadan o‘tishi shart. Aprobatsiya test va testga kiritilgan test topshiriqlarining sifati haqida empirik ma’lumotlarni yig‘ish imkonini beradi. Bu ma’lumotlar asosida test topshiriqlari statistik tahlil qilinib, test topshiriqlari bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilishi lozim. Bu testning ishonchliligini hamda test yordamida chiqariladigan xulosalaming validlik darajasini oshirishga xizmat qiladi. Test topshiriqlarining statistik tahlili testning sifatini oshirishda quyidagicha yordam beradi1:
- haddan tashqari qiyin va haddan tashqari oson savollarni aniqlab beradi;
— tanlangan test uslubi qay darajada samarali ishlayotganini ko‘rsatib beradi;
- test topshiriqlari test topshiruvchilaming ichidan o`lchanayotgan domen va konstruktlami egallaganlarni bu domen va konstruktlami egallamaganlardan (bilimlilami bilimsizlardan) qay darajada ajratayotganini aniqlab beradi; - har bir test topshirig‘i testning ichki barqarorligiga qay darajada hissa qo‘shayotganini aniqlab beradi. Statistik tahlil yordamida qaysi test topshiriqlari sifatli tuzilgan va testda ishlatsa bo‘ladi, qaysilarini qayta ishlash va qaysilaridan voz kechish kerakligi aniqlab olinadi. Statistik tahlil nafaqat test topshiriqlari aprobasiyasidan keyin, balki haqiqiy imtihondan keyin ham o‘tkazilishi lozim, chunki statistik tahlil orqali olingan ma’lumot test yordamida chiqariladigan xulosalarga ta’sir qilishi mumkin
Asosiy xulosa: Statistik tahlil test topshiriqlarining sifati haqida obyektiv ma’lumotlar olish imkonini beradi. Test topshiriqlarining sifat ko‘rsatkichlari testning ishonchliligi hamda test yordamida chiqariladigan xulosalaming validligiga bevosita ta’sir qiladi.
Test topshiriqlarining sifat ko‘rsatkichlari
Test topshiriqlari statistik tahlilida quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarga e’tibor berish lozim:
- test topshirig‘ining qiyinlik darajasi;
— test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksi;
— test topshiruvchilar javoblarining distraktorlar bo‘yicha taqsimoti;
- test topshirig‘ining DIF ko‘rsatkichi. Statistik tahlilni maxsus dasturlar (masalan, Statistical Package for the Social Sciences - SPSS dasturi) yoki Microsoft Office tarkibiga kiruvchi Excel dasturi yordamida amalga oshirish mumkin.