Statistik kuzatish uslubiyati


-rasm. Kuzatish dasturining tuzilishi va belgilari



Download 39,66 Kb.
bet4/10
Sana08.02.2022
Hajmi39,66 Kb.
#437699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1#039;ruza matni

3-rasm. Kuzatish dasturining tuzilishi va belgilari

Kuzatish dasturi (programmasi) deb o‘rganilayotgan hodisa, obyekt haqida ma’lumot to‘planadigan belgilar majmui yuritiladi. Boshqacharoq aytganda, kuzatish dasturi kuzatish jarayonida javoblar olinishi lozim bo‘lgan savollar to‘plamidan iborat. U qanchalik to‘g‘ri tuzilsa, tekshirish natijalari shunchalik yaxshi chiqadi.


Dastur tekshirishda ko‘zlangan maqsad va vazifalarga muvofiq tuziladi. Bu ishni amalga oshirayotganda quyidagilarga e’tibor berish kerak: birinchidan dastur eng muhim o‘zgaruvchan belgilarni o‘z ichiga olishi lozim. Masalan, talabalar o‘zlashtirishini o‘rganmoqchi bo‘lsak, u holda dasturda u talabami yoki yo‘q, mahmadonami yoki yo‘q, kitob o‘qiydimi yoki yo‘q degan savollarni yozish noo‘rin bo‘lardi; ikkinchidan, dasturda shunday savollarni (belgilarni) aks ettirish kerakki, ular yordamida kuzatilayotgan hodisani chuqurroq o‘rganish va olingan ma’lumotlarni tekshirish imkoniyatlari yaratilsin. Uchinchidan, dasturdagi savollar (belgi nomi) aniq va qisqa, hammaga tushunarli qilib ifodalanishi kerak; to‘rtinchidan, kuzatish dasturini tuzish ishiga keng jamoatchilik, ilmiy xodimlar va yirik mutaxassislar jalb qilinishi lozim, uni maxsus kengashlarda va matbuotda har tomonlama muhokama qilish ayni muddao.
Kuzatish dasturi 3 qismdan tashkil topadi: asosiy savollar (belgilar), nazorat savollari (belgilari) va manzilgoh qismi (uni ma’lumot beruvchi subyektni tavsiflovchi alomatlar yoki qisqacha tanishtiruvchi belgilar ham deb yuritiladi). Yuqoridagi 3-rasmda dasturning tuzilishi va asosiy belgilari tasvirlangan.
Dasturning asosiy qismida ko‘zlanadigan belgilar o‘rganilayotgan obyektning mohiyati, ichki bog‘lanishlari va rivojlanishi qonuniyatlarini har taraflama oydinlashtiradigan barqaror axborotlar olishni ta’minlashi lozim.
Kuzatish dasturining ikkinchi qismi masalasiga kelsak, tekshirish savollarini (belgilari) ko‘zlashdan maqsad asosiy ma’lumotlarni nazorat qilish, ular ishonchli, to‘liq va to‘g‘ri bo‘lib chiqishini ta’minlashdan iborat.
Har qanday kuzatish dasturi manzilgoh qismiga ega. Unda ma’lumot beruvchi subyektlarni tanituvchi belgilar aks ettiriladi. Masalan, hisobot shaklida ma’lumotlar to‘planayotganda tanituv belgilar bo‘lib korxona (tashkilot) nomi va manzilgohi, davlat statistikasi registridagi shifri, turli tasniflagichlarda ko‘zlangan sinflarga (guruhlarga) mansubligi, qaysi vazirlik, konsern, uyushma tasarrufidaligi, asosiy faoliyat turi, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shakli xizmat qiladi.
Yo‘riqnoma kuzatish dasturida ko‘zlangan belgilarni bir xil tashkil etish va tushunishni ta’minlash maqsadida tuziladi. Unda kuzatish maqsadi va vazifalari, uning obyekti va birligi, ma’lumotni qaerdan va kimdan olish, kuzatish muddati, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, ma’lumotlar tegishli bo‘lgan davr (hisobot davri) ko‘rsatkichlarni hisoblash tartibi va shunga o‘xshash kuzatilayotgan obyekt bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan masalalar yoritiladi. Yo‘riqnomalar odatda ko‘p mutaxassislar ishtirokida puxta tuziladi.
Yo‘riqnoma har bir statistik formulyar uchun alohida tuziladi. Kuzatish ma’lumotlari qayd qilinadigan hujjat statistik formulyar deb ataladi. U har xil nom bilan yuritiladi, jumladan hisobot formasi, ro‘yxatga olish varaqasi, so‘rovnoma (anketa), tabel, nakladnoy, yo‘l varaqasi va hokazolar.
Statistik formulyar ikki xil bo‘ladi:

  1. yakka predmetli formulyar.

  2. ko‘p predmetli formulyar.

Kuzatish joyi deganda makon yoki boshqa so‘z bilan aytganda o‘rganilayotgan hodisa ro‘y berayotgan joy tushuniladi.
Hisobotda, asbob-uskunalar ro‘yxatida va boshqa iqtisodiy resurslarni har xil shakl va usullarda kuzatishda korxona, tashkilot va muassasa joylashgan joy kuzatish joyi hisoblanadi.
Umuman keng ma’noda qaralganda, kuzatish vaqti hodisani o‘rganish davridir, ya’ni uni tekshirish boshlangandan, to ma’lumotlarni olish nihoyasiga yetguncha o‘tgan vaqt oralig‘i (davr)dir. Bu holda u ma’lumotlar tegishli bo‘lgan vaqtni ham, ularni to‘plash vaqtini ham o‘z ichiga oladi. Statistik kuzatish tor mazmunga ega bo‘lib, faqat ma’lumotlarni to‘plash jarayonini anglatgani uchun, uning vaqti deganda mazkur ishni (ma’lumotlar to‘plash)ni bajarish uchun belgilangan vaqt oralig‘i tushuniladi. U hodisani o‘rganish, ro‘yobga chiqish davrini, ya’ni u haqidagi ma’lumotlar tegishli bo‘lgan vaqt oralig‘ini o‘z ichiga olmaydi. Hisobotda bu vaqt oralig‘i hisobot davri deb ataladi. Hisobot davri uning birinchi kuni 00 soatdan boshlab to oxirgi kuni 2400 soatgacha o‘tgan vaqt uzunligi bilan o‘lchanadi. Kuzatish muddati esa hisobotni taqdim etish uchun belgilangan vaqt oralig‘i hisoblanadi.
Hodisalar holatini, mavjud sonini aniqlashda kuzatish vaqti qilib vaqt oralig‘ini belgilab bo‘lmaydi, chunki uning davomida hodisa holatida, demak mavjud sonida katta o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu holda suratga olish jarayonida qo‘llaniladigan usuldan foydalanish kerak. Ma’lumki, surat fotoapparat obyektivi ochilish onida (paytida) foto obyekt (masalan, biror kimsa) ega bo‘lgan qiyofani aks ettiradi. Hodisalar holati ustidan statistik kuzatish tashkil etish uchun ham shunday qayd qilish paytini belgilash lozim. Bu esa muayyan fursatda mavjud bo‘lgan hodisalar soni va tuzilishini aniqlash imkonini beradi.
Hodisani hisobga olish, qayd qilish tenglashtirilgan bunday payt keskin fursat (kritik moment) deb ataladi. Aholi ro‘yxatida va boshqa tez harakatchan hodisalar ro‘yxatida hamda ularning joriy hisobi asosida mavjud soni aniqlanayotganda keskin fursat belgilanadi. 1989 yil aholi ro‘yxatida keskin fursat qilib 11 yanvardan 12 yanvarga o‘tar kechasi 2400 soat belgilangan edi. Aynan shu fursatda yashash joyida mavjud bo‘lgan shaxslar ro‘yxatga olindi, ya’ni 12 yanvar 00 soatgacha tug‘ilgan bolalar ro‘yxatga olingan, undan keyin tug‘ilganlar esa ro‘yxatga olinmagan, shu vaqtgacha o‘lgan shaxslar ro‘yxatdan o‘tmagan, keyin o‘lganlar esa mavjud aholi sifatida ro‘yxatga olingan. Ro‘yxatda kuzatish vaqti – bu ro‘yxatga olish ishi davom etadigan vaqt oralig‘idir. 1989 yil aholi ro‘yxatida 12 yanvardan boshlab 20 yanvargacha bo‘lgan muddatdan iborat.
Kuzatishni o‘tkazish bir qator tayyorgarlik va tashkiliy ishlarni bajarish bilan bog‘liqdir. Birinchidan, kuzatiladigan birliklarning taxminiy ro‘yxati tuziladi va kuzatish joylari belgilanadi. Masalan, aholini ro‘yxatga olish uchun dastavval aholi yashaydigan punktlar, shaharlarda esa bundan tashqari uy daftari tartibga solinadi. Bular ro‘yxat o‘tkazilayotganda kuzatish birliklarini tushirib qoldirmaslik va ro‘yxat o‘tkazish uchun zarur mablag‘lar miqdorini va kadrlar sonini aniqlash uchun kerak. Ikkinchidan, kuzatish formulyarlari, blanklar, varaqalar, ularni tuzish yo‘riqnomalari tayyorlanadi va joylarga yetarli miqdorda tarqatiladi. Uchinchidan, kuzatiladigan makon hududi uchastkalar (qismlar)ga bo‘linadi, kerakli kadrlar soni va aniq shaxslar belgilanadi. To‘rtinchidan, kuzatishga jalb qilingan mas’ul shaxslar bilan maxsus mashg‘ulotlar olib boriladi.
Qanday qilib? degan savol statistik kuzatish usullari va turlarini aniq belgilashni talab qiladi. Hodisalarni qayd qilish vaqti, boshlang‘ich ma’lumotlarni olish usuli, kuzatish birliklarini o‘z ichiga qamrab olishi va tashkiliy jihatdan statistik kuzatish quyidagi turlarga bo‘linadi (2.5- tarh).
Tashkiliy va moliyalashtirish jihatidan statistik kuzatishlarni to‘rtta turga bo‘lish mumkin: 1) statistik hisobot; 2) maxsus doimiy tekshirishlar; 3) ro‘yxatlar; 4) biznes tekshirishlar. Ular keyingi ma’ruzada yoritiladi.
Voqealar sodir bo‘lishini qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatish uch turga ajraladi: 1) uzluksiz (joriy) kuzatish; 2) fursatli kuzatish; 3) bir yo‘la kuzatish.
Uzluksiz kuzatishda voqea (hodisa) sodir bo‘lishi bilanoq, ya’ni o‘sha damning o‘zida qayd qilinadi. Masalan, tug‘ilish, o‘lish, nikohdan o‘tish va ajralishlarni fuqarolik holatini qayd qilish organlarida va qishloq yig‘inlarida qayd qilish, yaratilgan mahsulotlarni boshlang‘ich hujjatlarda hisobga olish, ishchi va xodimlarning ishga chiqishini tabel hisobida qayd qilish va h.k.

Download 39,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish