Tipologik guruhlash deganda hodisalarni ijtimoiy-iqtisodiy tiplarga ajratish imkoniyatini beruvchi guruhlash tushuniladi. Xalq xo‘jaligini tarmoqlarga bo‘lib o‘rganish, aholini sinflarga ajratib o‘rganish, qishloq xo‘jaligi korxonalarini shirkat, fermer, dehqon xo‘jaliklariga bo‘lib o‘rganishlar tipoligik guruhlashga misol bo‘la oladi. Demak, tipologik guruhlash yordamida korxonalarning tipi, ularning qaysi yo‘nalishda ixtisoslashganligi, qaysi mulkchilik shakliga tegishli ekanligi, aholining sinfiy va milliy tarkibi kabi muhim ommaviy ijtimoiy hodisalar o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |