3.Guruhlash turlari
Guruhlash statistik bog’lanishlar va qonuniyatlarni aniqlash, o’rganilayotgan
to’plamning tuzilishini o’rganish va xo’jaliklarning sotsial-iqtisodiy tiplarini tasvirlash
maqsadida bajariladi. Uning har xil turlari va shakllari mavjud.
Guruhlash maqsad va vazifalariga qarab uch turga bo’linadi: 1) tipologik;
2)analitik;
3)tuzilmaviy guruhlash.
Tipologik guruhlashdeganda, o’rganilayotgan hodisalar to’plamini sotsial-iqtisodiy
tiplarga taqsimlash tushuniladi. Tip so’zi quyidagi lug’aviy mazmunga ega: 1) bir turdagi
narsa uchun umumiy bo’lgan namuna; 2) biologik hayvon va o’simliklar sistematikasidagi
o’zaro o’xshash sinflarni birlashtiradigan oliy bo’linma 3) bir qator ichki yoki tashqi
belgilar yagonaviyligi asosida birlashgan kishilar kategoriyasi.
Sotsial-iqtisodiy tip deganda jamiyatda, iqtisodiyotda bajaradigan funktsiyalari va tutgan
o’rni umumiyligiga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, shaxslar, qandaydir narsalar
(ishlab chiqarish vositasi, ishlovchi kuch va h.k.) kategoriyasi, to’plami tushuniladi.
Tuzilmaviy guruhlash odatda ma’lum bir belgiga qarab to’plam tuzilishini ta’riflaydi.
Buning uchun dastlab bir belgi asosida taqsimot qatori tuziladi, so’ngra har qaysi guruh
uchun tuzilmani ta’riflovchi to’plama ko’rsatkichlar, masalan guruhlash belgisining
guruhlardagi yig’ma hajmi va u bilan yaqindan bog’liq bo’lgan belgilar to’plama
miqdorlari hisoblanadi va nihoyat ularga asoslanib ayrim guruhlarning umumiy
to’plamdagi hissalari aniqlanadi.
Tuzilmaviy guruhlashlar bilan taqsimot qatorlari bir biriga o’xshashib ketadi, ammo
ular vazifalari va tuzilish jihatidan bir biridan farq qiladi. Tuzilmaviy guruhlashda
ko’zlangan maqsad-to’plam tuzilishini o’rganish. Buning uchun har bir tuzilma bir to’da
ko’rsatkichlar yordamida tavsiflanishi kerak, bu holda uning turli jihatlari oydinlashadi.
Taqsimot qatorlari esa statistik to’plam tuzilmaviy xususiyatlarini va qonuniyatlarini
aniqlash uchun xizmat qiladi.
Tuzilmaviy guruhlashlar tizilishidagi o’zgarishlarni dinamika va fazo jihatidan
statistik o’rganish va miqdoriy baholash imkonini beradi. Buning uchun ikki usuldan
foydalanish mumkin: biri-har birto’plamning ichidagi farqlarni miqdoriy baholashga
asoslanadi, ikkinchisi esa-to’plamlar tuzilishi orasidagi farqlarni baholashga tayanadi.
Birinchi holda har bir to’plam ichki tuzilmaviy farqlari ularning o’rtacha absolyut qiymati
va o’rtacha kvadratik qiymati hamda ularning koeffitsiyentlari yordamida baholanadi.
Agarda ayrim guruhlar uchun o’rganilayotgan ko’rsatkich mibo’lsa, ularning to’plamdagi
salmog’i (ulushi, qismi)d
m
i m
i
i
=
å
u holda: o’rtacha absolyut salmoqlar farqiDd
d d
K
=å i-
(1)
(ishorasi hisobga olinmaydi)
uning koeffitsiyentiK
d
d
D
D
= (2)
salmoqlarning o’rtacha kvadratik farqi K
did
d
2
s=å(-
(3)
va uning koeffitsiyentiK d
sd
s= bu yerda:d
d
K
=å i
.
Bu ko’rsatkichlar to’plamlar tuzilishini dinamika yoki fazo jihatdan qiyosiy tahlil qilish
uchun hisoblanadi.
Ikkinchi holda ikki qiyoslanayotgan to’plamlar tuzilishini ifodalovchi tuzilma
salmoqlari (di) orasidagi farqlar asosida hisoblanadigan o’rtacha arifmetik va o’rtacha
kvadratik farqlar qiymati va ularning koeffitsiyentlaridan miqdoriybaholash
ko’rsatkichlari tashkil topgan.
q
q
q
=
-
=
-
=
=
å
å
d d
K
S
d d
n
K
d
K
S
d
i i
i i
S
i
1 0
1 0
2
1
1
6
7
(5)
( )
()
()
(8)
Bu yerda:di1-joriy davrdagi (yoki taqqoslanuvchi) to’plam guruhlari (tuzilma) ning
salmoqlari
di0-o’tgan davrdagi (yoki taqqoslovchi) to’plam guruhlarining salmoqlari
Q-ikki to’plam tuzilishidagi farqlarning o’rtacha absolyut qiymati (ishorasi inobatga
olinmaydi)
S-ikki to’plam tuzilishidagi farqlarning o’rtacha kvadratik qiymati
K-o’rtacha absolyut farqlar darajasi
KS-o’rtacha kvadratik farqlar darajasi.
Analitik guruhlash deb ikki va undan ortiq belgilar orasidagi o’zaro bog’lanishlarni
ta’riflovchi guruhlash ataladi.
Analitik guruhlashda ikki toifadagi belgilar ishtirok etadi: biri-omil belgilar,
ikkinchisi-natijaviy belgilar. Natijaviy belgi deb boshqabelgilar ta’siri ostida
o’zgarayotgan belgi ataladi, omil belgi esa unga ta’sir etayotgan, uni o’zgarishiga sabab
bo’layotgan belgi yoki belgilardir.
Analitik guruhlash odatda omil belgi yoki belgilar asosida tuziladi, har qaysi guruh
esa natijaviy belgilar bilan ta’riflanadi.
Guruhlash bir yoki bir necha belgilar asosida tuzilishi mumkin. Bir belgi asosida
tuzilgan guruhlash oddiy yoki bir o’lchamli, ikki va undan ortiq belgilar asosida qurilgan
guruhlash murakkab yoki ko’p o’lchamli guruhlash deb ataladi. Bir omil belgi asosida
tuzilgan analitik guruhlash o’rganilayotgan omil bilan natijaviy belgi orasidagi
bog’lanishni aks ettirsa ham, ammo bu bog’lanish sof holda yuzaga chiqmaydi, chunki
omilning o’zi boshqa omillar ta’siri ostida shakllanadi va shusababli natijaviy belgi
o’zgaruvchanligi bevosita o’rganilayotgan omil ta’siridan tashqari yana yot «shovqun» ga
ham bog’liqdir.
Statistik guruhlashning yuqoridagi turlari dastlabki har bir ob’ektga tegishli ma’lumotlar
asosida amalga oshiriladi. SHuning uchun birlamchi guruhlash deb yuritiladi. Lekin
bunday birlamchi guruhlashlar bilan bir qatorda ularning natijalarini qayta ishlash yo’li
bilan tuziladigan ikkilamchi guruhlash ham mavjuddir. Bu usulga odatda birlamchi
guruhlash natijalari maqsadga muvofiq bo’lmasa, yoki ularni taqqoslash maqsadiga
moslashtirish zarurati tug’ilganda murojaat qilinadi. Ikkilamchi guruhlash ikki yo’l bilan
amalga oshiriladi.:
1. birlamchi guruhlar oraliqlarini ixchamlashtirib maqsadga
muvofiqlashtirish;
2. umumiy yig’indiga nisbatan ayrim guruhlarning salmog’ini
ixtisoslashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |