Gratlklarning turlari va asosiy elementlari
Graflklar tuzilish shakli va qanday jarayoniarni tasvirlashi jihatidan har xiI turlarga, tasnifiy guruhIarga bo'linadi. Quyida ularning turlari tasvirlangan.
Statistik grafik turlari.
Diagramma deganda statistik ma'lumotlami geometrik shakllar yordamida tasvirlash tushuniladi. Agar ma'lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga tushirish yo'Ii bilan tasvirlansa, bunday graftklar kartogrammalar deb ataladi. Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalaming hududiy taqsimlanishiga qarab konturlarga (bo'laklarga) bo'linadi va ularda ma'lumotlami tasvirlovchi diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalaming makonda (territoriyada) joylanishini tasvirlashda qo'llanadi.
Grafiklarning asosiy turi diagrammalardir. Ularni tuzayotganda ko'pincha yassi geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi.
Statistik ma'lumotlarni grafiklarda tasvirlash uchun avvalo masshtab qabul qilinadi va unga qarab shkala tuziladi.
Masshtab - ko'rsatkichlarni tekislikdagi tasviriy nisbatlarga aylantiruvchi shartli me'yordir.
Masshtab deb sonlar bilan ifodalangan ko'rsatkichlami tekislikdagi tasviriy nisbatlarga aylantiruvchi shartli me'yorga aytiladi. U o'rganilayotgan hodisaning qanday miqdori tekislikdagi chiziqning bitta birligiga teng deb shartli ravishda qabul qilinganligini bildiradi. Masalan, O'zbekistonda paxta yetishtirish diagrammasini tuzayotganda 1 mln.t. paxtani I santimetrga teng deb qabul qilsak, bu me'yor ushbu grafikning masshtabi hisoblanadi.
Shkala - shunday chiziqki, uning ayrim nuqtalari tasvirlanayotgan hodisaning ma'lum miqdorlarini anglatadi.
Shkala deganda shunday chiziq tushuniladiki, uning ayrim nuqtalari tasvirlanayotgan hodisaning ma'lum miqdorlariga teng bo'ladi va, demak, shu miqdor deb o’qilishi mumkin. U uchta elementdan iboratdir.
Shkala (teng me'yorli).
shkala tayanchi deb ataluvchi chiziq;
chiziqchalar bilan nishonlanib ma' lum tartibda shkala tayanchiga joylashgan nuqtalar;
shu nuqtalarga taalluqli sonlarni belgilovchi raqamlar.
Shkala tayanchining har bir nuqtasiga o'rganilayotgan hodisaning ma'lum miqdori mos keladi va, aksincha, hodisaning har bir miqdorini chiziqdagi rna' lum nuqta ifodalaydi. Masalan: 2000 yil O’zbekistonda 3.8 mln. tonna paxta hosili olingan edi. Agar masshtabni, yuqorida aytilganidek, 1 sm. 1 mln tonna paxtaga teng deb olsak, u holda shkala tayanchi chizig'ining sanoq boshlanadigan "0" nuqtasidan 3.8 sm uzoqlikda yotgan nuqtasi jami yetishtirilgan paxtani bildiradi yoki aksincha, 3.8 min tonna paxta "0" nuqtasidan 3.8 sm olislikda yotgan nuqta orasidagi masofa o'lchami bilan tasvirlanadi.
Shkala tayanchi to'g'ri chiziqdan yoki egri chiziqdan iborat bo'lishi mumkin. Shunga qarab shkalalar to'g'ri chiziqli va egri chiziqli shkalalarga bo'linadi. To'g'ri chiziqli shkalaga oddiy millimetrli chizg'ich (lineyka) misol bo'la oladi. Soatning siferblati esa egri chiziqli shkalaga misoldir. Ko'p o'lchov asboblari yoysimon egri chiziqli shkalaga ega. Bundan tashqari shkalalar teng me'yorli va o'zgaruvchan me'yorli bo'lishi mumkin. Grafiklami statistikada qo' llayotganda odatda teng me' yorli shkalalardan foydalaniladi. Tasvirlanayotgan miqdorlar bir-biridan keng ko'lamda farq qilsa, grafiklarni tuzishda 0' zgaruvchan me' yorli shkalalar ishlatiladi. Bu turdagi shkalalar qatoriga logarifmik yoki nimlogarifmik shkala kiradi. Unda shkala tayanchidagi kesmalar tasvirlanayotgan rniqdorlaming logarifmlariga proporsionaldir.
Chiziqli grafiklarni tuzayotganda odatda koordinat sisternasi yoki maydonidan foydalaniladi. Buning uchun koordinat o’qlariga shkalalar joylashtiriladi. Ayrim paytlarda shkalalar tayanchida nishonlangan nuqtalardan (ingichka) to' g'ri chiziq o'tkaziladi va natijada raqamli setka hosil bo'ladi
Raqamli setka
Raqamli setka statistik ma'lumotlarni grafiklarda aniqroq tasvirlash imkoniyatini yaratadi va ulardan foydalanishni birmuncha osonlashtiradi.
Quyida statistik grafiklarning tarkibiy elementlari tasvirlangan
Statistik grafikning tarkibiy elementlari.
Xulosa.
Xulosa qilib, Statistik jadval chuqur ma'noga ega bo'lib, ijtimoiy voqea va hodisalami ifodalashi bo'yicha uni o'ziga xos mantiqiy gapga o'xshatish mumkin. Shuning uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xiI ko'rsatkichlar orqali ta'riflanayotgan statistik to'plam jadvalning egasi, ko'rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda, jadvalning chap qismida, kesimi esa o'ng tomonida bo'ladi. Lekin ular aksincha joylanishi ham mumkin.
Statistikada Grafiklar esa o’quvchining diqqatini o’ziga tez jalb etish bilan birga ma’lumotlarni esda saqlash va tasavvur qilishga zamin yaratadi. Ular ko’rish va tushunish qiyin bo’lgan ayrim qonuniyatlarni aniqlashda va tasvirlashda muhim o’rin egallaydi. Ommaviy o’quvchi uchun grafik tasvir orqali statistic ko’rsatkichlarni tushunish va o’rganish statistic jadvallardan ko’ra ancha qulaydir: miqdoriy ko’rinishga nisbatan grafikda tasvir taassuroti yuqori bo’ladi; statistic kuzatuv natijalari tezroq va osonroq tushuniladi hamda umumlashtiriladi; hodisa va jarayonlarning o’zaro bog’liqligi va ularning vaqt bo’yicha o’zgarishi yaqqol ko’rinib turadi; statistic-iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash va aniqlangan qonuniyatlarni ko’rish va tekshirish imkoniyati tug’iladi.
So’zimiz yakunida, statistic jadval va grafiklar bizga ijtimoiy voqea va hodisalarni oddiy odam ko’rganda ham tezda tushunib yetishimiz uchun kerak. Biz aynan uni hodisada tushunarsiz berilgan sonlar-u ma’lumotlarni tushunib, anglab yetishimiz uchun statistikadan xabarimiz bo’lishi yoki, biz statistic bo’lishimiz shart emas, jadval va grafiklar biroz murakkab bo’lsa ham bizga aynan odamlar tushunadigan tilda ma’lumotni yetkazib berishimiz uchun kerak ekan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Soatov N.M., Ayubjonov A.H., Muxitdinova N.N. “Statistika umumiy nazariyasi” . Toshkent-2011
E. Abdullayev “Statistika nazariyasi” (Iqtisodchi kadrlar tayyorlovchi oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslik) Toshkent “O’qituvchi” 2012
X. Shadiev, I. Xabibullaev “Statistika” Toshkent-2013
Do'stlaringiz bilan baham: |