Guruhlangan jadvallarda “ega” qaysidir belgilar bo‘yicha alohida guruhlarga bo‘linadi. Misol uchun, sud tomonidan ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari, mehnat, oila, mol-mulk, moliyaviy munosabatlarga bo‘linib, ular ham o‘z navbatida natijasiga ko‘ra da’vo qanoatlantirilgan, rad etilgan, da’vo ko‘rilmasdan qoldirilgan va boshqalarga bo‘linishini keltirish mumkin.
Bu jadvallar bizni qiziqtirayotgan muhitni, alohida hodisalar o‘rtasidagi aloqani aniqlashni va boshqalarni chuqur tahlil qilishga imkoniyat beradi. Shunaqa qilib statistik guruhlashlar o‘zining konkret ifodasini guruhlangan va kombinatsion jadvallarda topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |