@FizikaLife
Statika. Saqlanish qonunlari. Suyuqlik va gazlar
mexanikasi
Variant–2
1. m, 2m va 3m massali sharchalar xOy tekislikda
rasmdagidek joylashtirilgan. Sistemaning umumiy
massa markazi qaysi yacheykaga mos keladi?
A) I. B) II. C) III. D) IV.
2. Suvda suzayotgan kemaga Δm massali yuk
ortilganda kemaga ta’sir qiluvchi Arximed kuchi
qanchaga ortadi? ρ-suv zichligi, g-erkin tushish
tezlanishi, V -vater chizig‘idan pastki hajm.
A) Δmg/2. B) 2Δmg. C) ρgV . D) Δmg.
3. Rasmda keltirilgan sterjen CD qismining massasi
5 kg, BC bo‘lagining massasi 2 kg. Sterjen
tayanchda muvozanatda qolishi uchun AB
bo‘lagining massasi necha kg bo‘lishi kerak?
(AB = BC = CD)
A) 0,5. B) 1. C) 2. D) 2,5.
4. Qaysi kuchning bajargan ishi trayektoriya
shakliga bog‘liq?
A) ishqalanish kuchi. B) Arximed kuchi.
C) og‘irlik kuchi. D) elastiklik kuchi.
5. m massali yuk rasmdagi sistema va F kuch
yordamida muvozanatlashgan. Agar R = 2r va
m =12 kg bo‘lsa,
F kuchni qiymatini aniqlang
(N). g=10 N/kg.
A) 30. B) 40. C) 60. D) 90.
6. Bo‘yi 5,5 m bo‘lgan sisternada yerdan 50 cm
balandlikda jo‘mrak o‘rnatilgan. Jo‘mrak ochilsa,
suyuqlik undan qanday tezlikda otilib chiqadi
(m/s)? g=10 N/kg.
A) 10. B) 9. C) 15. D) 20.
7. Gorizontal tekislikda o‘z inersiyasi bilan
harakatlanayotgan M massali aravachaning tezligi
υ ga teng. Vertikal yomg‘ir yog‘moqda. Agar
aravachaga vaqt birligida n ta tomchi tushib,
unda suv to‘planayotgan bo‘lsa, biror t vaqt
o‘tgach aravachaning tezligi qanday bo‘lib qoladi?
Bitta tomchining massasi m ga teng.
A)
Mυ
ntm
. B)
Mυt
M +
nm
.
C)
Mυ
M − ntm
. D)
Mυ
M +
ntm
.
8. Massalari 200 kg dan bo‘lgan ikkita qayiq
bir-biriga qarab bir xil 10 m/s tezlik bilan
harakatlanmoqda. Qayiqlar yonma-yon bo‘lganida
biridan ikkinchisiga 50 kg yuk tashlandi. Yukni
olgan qayiq yo‘lida qanday tezlik bilan davom
etadi (m/s)? Birinchi qayiqchi?
A) 2; 1. B) 4; 6. C) 6; 10. D) 10; 5.
9. 5 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan jism kinetik
energiyasi 50 J bo‘lsa, uning impulsini toping
(kg
·m/s).
A) 10. B) 20. C) 15. D) 25.
10. Rasmda jismga ta’sir etayotgan kuchning bosib
o‘tilgan yo‘lga bog‘lanishi keltirilgan. Harakat
davomida kuch qanday miqdordagi manfiy ish
bajargan (J)?
A) -8. B) -1. C) 6. D) -9.
11. O‘zgaruvchan yuzali silindrik trubada suyuqlik
oqmoqda. Agar suyuqlik trubaning tor qismidan
kengroq qismiga o‘tganda oqim tezligi 4 marta
kamaygan bo‘lsa, bu qismlarning diametrlari
necha marta farq qiladi?
A) 4 marta. B) 2 marta.
C) 3 marta. D) farq qilmaydi.
12. F
1
kuch jismni s masofaga siljitib, 3A ish bajardi.
F
2
kuch esa xuddi shu jismni 2s masofaga siljitib,
8
A ish bajardi. Agar ikkala kuch bir vaqtda o‘zaro
tik yo‘nalishda ta’sir qilsa, jismni s masofaga
ko‘chirishda qancha ish bajariladi?
A) 6A. B) 11A. C) 3A. D) 5A.
13. Hajmiy oqim tezligi 2 l/s bo‘lgan suyuqlik
ko‘ndalang kesim yuzasi 2 cm
2
bo‘lgan truba
ichida oqmoqda. Suyuqlikning oqim tezligini
aniqlang (km/h).
A) 5. B) 18. C) 10. D) 36.
14. Blok orqali vaznsiz cho‘zilmaydigan ip o‘tkazilib,
uning bir uchiga 2 kg massali yuk osildi. Agar
ipning ikkinchi uchidan 30 N kuch bilan tik pastga
50 cm ga tortilsa, kuchning bajargan ishi necha J
ga teng bo‘ladi? g=10 N/kg.
A) 15. B) 10. C) 20. D) 30.
1
@FizikaLife
15. Gorizontal sirtda 4 m/s tezlikka ega bo‘lgan jism
sirtga ishqalanish tufayli 10 m masofani o‘tib
to‘xtadi. Sirt va jism orasidagi sirpanish
ishqalanish koeffitsiyentini toping. g=10 N/kg.
A) 0,01. B) 0,08. C) 0,05. D) 0,6.
16. Sirpanish ishqalanish kuchi 10 N bo‘lgan
gorizontal sirtda massasi 2 kg bo‘lgan jism tezligi
160 m masofada 20 m/s dan 60 m/s gacha
oshirildi. Jismga ta’sir etayotgan asosiy kuch
necha N ga teng? Jism massasi 2 kg.
A) 30. B) 20. C) 15. D) 40.
17. Massasi 1 kg bo‘lgan jism erkin tushmoqda.
Harakatning 5-sekundida og‘irlik kuchi necha J ish
bajaradi? g=10 N/kg.
A) 900. B) 750. C) 500. D) 450.
18. Yuqoriga tik otilgan 1 kg massali jismning 10 m
balandlikdagi kinetik energiyasi 100 J bo‘lsa, u
qanday boshlang‘ich tezlik bilan otilgan? g=10
N/kg.
A) 10. B) 25. C) 20. D) 15.
19. 6 m balandlikdan tashlangan 5 kg massali
jismning yer sirtidan 4 m balandlikdagi to‘la
mexanik energiyasi 288 J ga teng bo‘lsa, bu
masofada havoning qarshilik kuchini bajargan
ishini aniqlang (J). g=10 N/kg.
A) -12. B) 12. C) 88. D) -88.
20. υ tezlik bilan harakatlanayotgan m massali
sharcha tinch turgan xuddi shunday sharchaga
urildi va o‘z yo‘nalishiga nisbatan biror burchak
ostida υ/2 tezlik bilan harakatini davom ettirdi.
Agar ikkinchi sharcha υ/4 tezlik olgan bo‘lsa,
to‘qnashuv paytida qancha miqdor issiqlik ajralib
chiqqan?
A) 3
mυ
2
/32. B) 11mυ
2
/32. C) 0. D) 3mυ
2
/16.
21. 1000 W quvvatga ega bo‘lgan mexanizm 36 kW
·h
ishni qancha vaqtda bajaradi (h)?
A) 36. B) 18. C) 360. D) 3,6.
22. 2 t massali avtomobil 2 m/s
2
o‘zgarmaz tezlanish
bilan gorizontal yo‘lda harakatlanmoqda. Agar
ishqalanish koeffitsiyenti 0,05 ga teng bo‘lsa,
avtomobilning 3 s dan keyingi oniy quvvatini
aniqlang (kW). g=10 N/kg.
A) 25. B) 20. C) 30. D) 40.
23. 2 kg massali jism ko‘char blok yordamida 2 m/s
2
tezlanish bilan ko‘tarilmoqda. Bunda 24 N kuch
sarflanayotgan bo‘lsa, blokning FIK ni toping (%).
g=10 N/kg.
A) 100. B) 75. C) 50. D) 40.
24. Asosining yuzi 2 m
2
bo‘lgan jism ko‘lning tekis
tubida yotibdi. Agar jism massasi 2 t bo‘lsa,
uning tubga beradigan bosimini aniqlang (kPa).
Suvning zichligi 1000 kg/m
3
, jism zichligi 2000
kg/m
3
. g=10 N/kg.
A) 15. B) 7,5. C) 10. D) 5.
25. Rasmda ko‘rsatilgan shakldagi idishga suv
solingan. Suvning A nuqtada (idish tubida) hosil
qilayotgan gidrostatik bosimini aniqlang (kPa).
g=10 N/kg.
A) 50. B) 60. C) 10. D) 70.
26. Qirrasining uzunligi b ga teng bo‘lgan kub suv
bilan to‘ldirilgan. Agar idish vertikal pastga a > g
tezlanish bilan harakatlantirilsa, idish tubidan c
(c < b) balandlikdagi nuqtada suvning gidrostatik
bosimi qanday bo‘ladi? Suvning zichlig ρ, erkin
tushish tezlanishi g.
A) ρgb. B) ρ(g
− a)(b − c). C) ρ(a − g)c. D) ρgc.
27. Gidravlik domkratning yuzi 2000 cm
2
bo‘lgan
katta porshenida yukni 10 cm ga ko‘tarish uchun
unga necha l suyuqlik haydalishi kerak?
A) 20. B) 30. C) 40. D) 10.
28. Yer sirtidan Yer radiusiga teng balandlikda 800
mm suv ustunining gidrostatik bosimi qanday
bo‘ladi (kPa)? Yer sirtida erkin tushish tezlanishi
10 m/s
2
. ρ = 1000 kg/m
3
.
A) 8. B) 4. C) 2. D) 6.
29. Suv ichida yuqoriga qalqib chiqayotgan 200 g
massali po‘kakning tezligi 2 m masofada 1 m/s
dan 3 m/s gacha oshdi. Mazkur masofada
Arximed kuchining bajargan ishini toping (J).
Qarshilik kuchlarini inobatga olmang. g=10 N/kg.
A) 4,8. B) 5. C) 3,2. D) 6.
30. Havoda vertikal yuqoriga otilgan jismning
tezlanishi trayektoriyaning eng yuqori nuqtasida
nimaga teng bo‘ladi (m/s
2
)? Havoning qarshilik
kuchini hisobga oling. g=10 N/kg.
A) g dan kichik. B) g dan katta.
C) g ga teng. D) nolga teng.
Tuzuvchi: Jumaniyazov Temur
”XORAZM ILM ZIYO” NTM
2