U holda nuqta vaqt oraligida ga ko’chadi. ОММ1 uchburchakdan quyidagini yozamiz.
Ko’chish vektori ni shu ko’chish sodir bo’ladigan vaqtga nisbati nuqtaning mazkur vaqt oraligidagi o’rtacha tezlik vektori deyiladi.
O’rtacha tezlik vektori vektor bo’yicha yo’nalgan bo’ladi. vaqt oralig’i qancha kichik qilib olinsa, nuqta harakatini xarakterlovchi kattalik shuncha aniq bo’ladi. Nuqtaning harakati to’g’risida aniq xarakteristikaga ega bo’lish uchun berilgan ondagi nuqtaning tezligi tushunchasi kiritiladi.
Nuqta o’rtacha tezlik vektorining nolga intilgandagi limiti nuqtaning berilgan ondagi tezlik (oniy tezlik ) vektori deyiladi va bilan belgilanadi:
yoki (8)
Demak, nuqtaning tezlik vektori uning radiusi – vektoridan vaqt bo’yicha olingan birinchi tartibli hosilaga teng.
Tezlik vektorining o’lchov birligi tezlik asosan yoki larda o’lchanadi.
QATTIQ JISM KINEMATIKASI: QATTIQ JISMNING ILGARILANMA HARAKATI, ILGARILANMA HARAKAT QONUNI, ILGARILANMA HARAKATDAGI JISM NUQTALARINING TEZLIGI VA TEZLANISHI.
Barcha qattiq jismlarni kinematikada ham statikadagi kabi absolyut qattiq jism deb qaraladi. Qattiq jism kinematikasida uchraydigan masalalar ikki qismga bo’linadi:
1) butun jismning harakati va bu harakatning kinematik harakteristikalarini aniqlash;
2) jism har bir nuqtasining harakatini o’rganish.
Dastlab qattiq jismning ilgarilanma harakatini o’rganishdan boshlaymiz.
Jismda olingan har qanday kesma jism harakati davomida hamma vaqt o’z – o’ziga parallel ko’chsa., jismning bunday harakatiga ilgarilanma harakat deyiladi.
Ilgarilanma harakatni to’g’ri chiziqli harakat bilan almashtirmaslik kerak. Masalan, to’g’ri chiziqli relsda harakatlanayotgan vagon kuzovining harakati ilgarilanma harakat bo’lib kuzov nuqtalarining traektoriyalari to’g’ri chiziqdan iborat.
Qattiq jismning aylanish o’qidan h masofada joylashgan М nuqtasini ko’rib chiqamiz (14-rasm). Jism aylanma harakatlanayotganida, М nuqta aylanish o’qiga perpendikulyar tekislikda radiusi h ga teng bo’lgan markazi aylanish o’qida yotgan aylana chizadi. Jism dt vaqt oralig’ida d burchakka burilsa, М nuqta aylana bo’ylab harakatlanib ds =h d yoy koordinatasini o’tadi. U holda nuqtaning tezligi quyidagicha aniqlanadi.
yoki (37)
Ayrim hollarda tezlikni chiziqli tezlik deb ham ataydilar.
Shunday qilib, aylanma harakat qilayotgan qattiq jism nuqtasining tezligi miqdor jihatdan jism burchak tezligini aylanish o'qidan nuqtagacha bo'lgan masofaga bo'lgan ko'paytmaga teng.
Nuqtaning chiziqli tezligi nuqta chizayotgan aylanaga harakat yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan urinma bo'ylab yo'naladi.
Jism barcha nuqtalarining burchak tezliklari har onda o’zaro teng bo’ladi. Shu sababli qo’zg’almas o’q atrofida aylanuvchi jism nuqtalarining chiziqli tezliklari mazkur nuqtalardan aylanish o’qiga bo’lgan masofalarga proporsional bo’ladi (14-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |