Standartlashtirish va sifat nazorati o



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/30
Sana03.07.2021
Hajmi1,01 Mb.
#108142
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Bog'liq
metrologiyastandartlashtirish va sifat nazorati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

60 


5-bob. Qurilish konstruksiyalarini sinashda yemirmaydigan 

usullar 

 

5.1. Materiallarning fizik-mexanik xossalarini aniqlash 

 

 

Qurilish  materiallari,  buyumlari,  konstruksiyalari,  binobarin,  bino  va 



inshootlarning  ishonchliligi  va  umrboqiyligini  sezilarli  darajada  oshirish 

masalasi,  qurilish  ishlarini  barcha  bosqichlarda  takomillashtirish  va  sifat 

nazoratini yuksaltirgan holdagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. Qurilish 

obyektlarining  yuqori  sifat  mezonlari  fizik,  geometrik  va  funksional  

ko'rsatkichlardan  tashkil  topadi.  Qurilish  materiallarining  fizik-mexanik 

xossalari  va  tuzilishi,  konstruksiyalarning  geometrik  o'lchamlari,  qurilish 

konstruksiyalari  va  elementlarini  montaj  qilish  aniqligi  ana  shular 

jumlasidandir. 

Qurilish  materiallari,  buyumlari  va  konstruksiyalari  sifatini  nazorat 

qilish  asosan  ikki  yo'nalishda  olib  boriladi.  Ulardan  biriga  ko'ra 

tekshirilayotgan obyektning chegaraviy holatini aniqlash uchun obyekt ishdan 

chiqqunga qadar yuklanadi. Bu usul namuna va modellarni sinashda yaxshi 

natija beradi. Real obyektlarning yuk ko'tarish bo'yicha chegaraviy holatini 

aniqlash uchun ularni buzilgunga qadar sinash iqtisodiy jihatdan maqsadga 

muvofiq emas. 

Konstruksiya  va  uning  elementlarini  buzmasdan  (yemirmasdan)  sinash 

usullari  keyingi  davrlarda  jadal  rivojlanib  boryapti.  Bu  usul  obyektning  yuk 

ko'tarish qobiliyatiga zarar yetkazmagan holda uning haqiqiy holatini aniqlash 

imkonini  beradi.  Yemirmaydigan  (неразрушающий)  usullar  yordamida 

konstruksiya  va  uning  elementlaridagi  betonning  namligi,  zichligi, 

mustahkamligi,  shuningdek,  konstruksiyadagi  mavjud  nuqsonlarni  aniqlash 

mumkin. 


Yemirmaydigan  sinash  usullari,  ko'p  hollarda,  obyekt  xossalarini 

bilvosita aniqlash uslubiyatiga asoslanadi. Shunga ko'ra yemirmaydigan sinash 

usulini uning ko'rinishlariga qarab turlarga ajratsa bo'ladi: 

-  siziluvchi  muhit  usuli  suyuqlik  yoki  gazlarni  obyektga  singish  (sizib 

o'tish) miqdorini o'lchashga asoslanadi; 

- mexanikaviy sinovlar shu joydagi (местный) yemirilishlar tahlili hamda 

obyektning rezonans holatini o'rganish bilan bog'liq; 

- sinovlarning akustikaviy usullari ultratovush ta'sirida uyg'onadigan elastic 

tebranishlar parametrlarini aniqlash bilan bog'liq; 

- magnitaviy usullar; 

- radiatsion usullar neytron, radioizotop va tormozli nurlanishlarni qo'llash 

bilan bog'liq; 




 

61 


- issiqlik usullari issiqlik maydonini o'rganish bilan bog'liq;  

-  radioto'lqin  usullari  yuqori  chastotali  tebranishlarni  tekshirilayotgan 

obyektda tarqalishi bilan bog'liq; 

-  elektrga  oid  usullar  tekshirilayotgan  obyektning  elektr  sig'imi,  elektr 

induktivligi va elektr qarshiligiga baho berish bilan bog'liq. 

Inshootlarni  sinashda  yemiradigan  va  yemirmaygan  usullarning 

imkoniyatlariga baho berilar ekan, yemiradigan (buzilish holatiga kelguncha 

sinaladigan) usullar faqat modellarni va yangi konstruksiyalarning tajribaviy 

namunalarini, shuningdek, zavodlarda tayyorlanadigan buyumlarni tanlama 

nazoratini  o'tkazish  kabi  hollardagina  qo'llanilishini  e'tiborga  olish  lozim 

bo'ladi. Sinash ishlarini amalga oshirishda, agar obyekt buzilgunga qadar 

sinaladigan bo'lsa, ularning iqtisodiy samaradorligiga aniq baho berish talab 

etiladi.  Taklif  etilayotgan  yechimning  iqtisodiy  samaradorligi  loyiha 

bosqichida  aniqlanadi,  yangi  konstruksiyani  amaliyotga  tatbiq  etishdan 

olinadigan foyda hisoblab chiqiladi. Keyin taj'riba sinovlari rejasi tuziladi, 

rejada  ishning  hajmi,  bahosi  va  tajriba  ishlarining  texnik-iqtisodiy 

samaradorligi ko'rsatiladi. Tajriba o'tkazish uchun qilinadigan sarf-xarajatlar 

yangi konstruksiyani amalda qo'llash orqali olinadigan yalpi foydadan ancha 

kam bo'lishi kerak. 

Sinovlarning  yemirmaydigan  usullari  tekshirilayotgan  obyektlarning 

normal  ishlab  turishiga  xalal  bermaydi.  Bu  usullar  konstruksiyalarning 

haqiqiy holatini loyihada qabul qilingan kuchlanish holatiga qay darajada 

mos kelishini aniqlash, shuningdek, ekspluatatsion resurslarni prognoz qilish 

imkoniyatini beradi. 

 


Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish