2.2. "Standartlashtirish to`g`risida"gi qonunning mohiyati
Standart – me'yoriy-texnik hujjat bo`lib, ob’yektlar uchun me'yorlar,
qoidalar, talablar majmuini o`rnatadi va mas'ul nufuzli organ tomonidan
tasdiqlanadi.
Standartlashtirish – hamma tomonlar ishtirokida va ularga foydali
ma'lum faoliyatni tartibga keltirish maqsadida qoidalarni belgilashi va
qo`llanilishidir. Masalan, xavfsizlik talablarini va ishlatish sharoitlarini
bajargan holda umumiy samaradorlikka erishishni ko`rsatadi.
Standartlashda 7 turdagi me'yoriy hujjatlar ishlatiladi:
1. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar
2. O`zbekiston Respublikasining standartlari – standartlashtirishda
me'yoriy-texnik hujjat bo`lib, standartlashtirish ob’yektiga kompleks
me'yor, talab, qoidalarni belgilab beradi va tegishli organlar tomonidan
tasdiqlanadi. Standartlar material tipidagi narsalarga, shuningdek,
me'yorlar, talablar, qoidalarga ishlab chiqiladi.
3. Texnik shartlar. Standartlashtirshdagi me'yoriy-texnik hujjat bo`lib,
ma'lum buyum, material va boshqa mahsulotlarni tayyorlashda va
nazoratda umumiy talablarni belgilab beradi.
4. TST – tarmoq standartidan shu tarmoqdagi barcha korxona va
tashkilotlar foydalanadilar, shuningdek, bu buyumni tayyorlovchi, ishlab
chiqaruvchi va qo`llovchi boshqa korxona va tashkilotlar ham
foydalanadilar.
5. KST – korxona standarti, shu standartni tasdiqlagan korxonagagina
mansub bo`ladi.
6. Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
7. Ma'muriy-hududiy standartlar.
O`zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to`g`risida"gi qonuni
1993 yil 28 dekabrdan beri amal qilib kelmoqda. Bu qonun 4 bo`lim va 12
moddadan iborat:
1-bo`lim. Umumiy qoidalar.
2-bo`lim. Standartlashtirishga oid normativ hujjatlar.
3-bo`lim. Standartlar ustidan davlat nazorati.
4-bo`lim. Davlat yo`li bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir
ishlarning moliyaviy ta'minoti, standartlarni qo`llashni rag`batlantirish.
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari:
21
- mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning aholini hayoti,
sog`ligi va mol-mulkiga, atrof-muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash
masalalarida iste'molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan;
- mahsulotlarning o`zaro almashuvchanligini va bir-biriga mos
kelishini ta'minlashdan;
- iste'molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi
hamda sifati to`g`risida to`liq va ishonchli axborot bilan ta'minlashdan;
- mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta'minlashdan;
- o`lchovlarning yagona birlikda bo`lishini ta'minlashdan iboratdir.
Respublika standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va
ta'minlashni:
-xalq xo`jaligi tarmoqlarida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi O`zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va
sertifikatsiya (O`zstandart) agentligi;
-qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va
konstruksiyalashda-O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va
qurilish qo`mitasi, hamda qolgan sohalarda Davlat tabiatni muhofaza qilish
qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi amalga
oshiradi.
Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya
qilishga yo`l qo`yilmaydi. Import mahsulot, basharti u O`zbekiston
Respublikasi da amal qilayotgan standartlarning majburiy talablar qismiga
muvofiqligi tasdiqlanmagan bo`lsa, yetkazib berilishi va belgilangan
maqsadda ishlatilishi mumkin emas. Standart va texnik shartlarga
komplekt bo`lmagan, noto`g`ri idish yoki g`iloflangan, belgilashga bo`lgan
talablar bajarilmagan, konstruktiv va boshqa nuqsonlar bilan mahsulotlar
yetkazib berilsa, ta'minotchi (ishlab chiqaruvchi) O`zbekiston Respublikasi
fuqorolik qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
Unifikatsiyaninng (lotinchadan: yagona tartibga, formaga keltirish)-
bu ob’yektni iqtisodiy qo`llanilishi ma'lumotlari asosida bir xil funksiyada
bajaradigan ob’yektlarni belgilangan ko`rsatkichlari bo`yicha bir xillikka
keltirishdir. Shunday qilib, unifikatsiyada eng minimal, kerakli,
buyumlarni yetarli sonli, xillari, turlari, o`lchamlari, shuningdek yuqori
sifat ko`rsatkichlari va to`la o`zaro almashinuvi ta'minlanishi belgilab
beriladi.
Unifikatsiyaning asosi – tizimlashtirish va tasniflashtirishdir.
Buyumlarni tizimlashtirish hodisa yoki tushuncha bo`lib, aniq bir
sistemani tashkil qiluvchi, ishlatish uchun qulay bo`lish ketma-ketligi va
ma'lum tartibda joylashtirish maqsadida o`tkaziladi. Tizimlashtirishning
22
eng oddiy usullaridan biri ob’yektlarni alfavit tizimi bo`yicha
joylashtirishdir.
Tasniflashtirish – tizimlashtirishning turi hisoblanadi. U umumiy
belgilariga nisbatan buyumlarni, hodisa va tushunchalarni, sinflarga,
sinfchalarga va darajalarga joylashtirish maqsadida o`tkaziladi. Uning
asosida mahsulotlarning klassifikatori yaratilgan: UDK (universalnoye
desyatichnoye klassifikatsiya) texnik va gumanitar adabiyotlarni indeksda
ko`rsatish bo`yicha xalqaro tizim sifatida qabul qilingan, masalan, UDK
62-texnika, UDK 621- umumiy mashinasozlik, UDK 6213-elektronika.
Do'stlaringiz bilan baham: |