O‘zbekistonda standartlashtirishning rivojlanish sanalari
Respublikamizda standartlashtirish ishlarini boshlanishi 1923 yilda Toshkent shaxrida Turkiston tosh tarozilar Markaziy byurosini tashkil etilishi bilan belgilanadi.
1926 yil iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi Xalq Komissariatining Ishchi – dehqon Inspeksiyasi qoshida Standartlashtirsh byurosi tashkil etildi.
1933 yilda Standartlashtirish byurosi Butunittifoq standartlashtirish komitetining O‘zbekiston bo‘yicha tosh va tarozilar ishlari bo‘yicha markaziy boshqarmaga aylantiriladi.
1939 yilda ushbu boshqarma O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti qoshida tashkil etiladi va uning tarkibida Standartlar va o‘lchov asboblari davlat nazorati Respublika laboratoriyasi (O‘z RLGN) tuziladi va keyinchalik esa bu laboratoriya Standartlashtirish va metrologiya O‘zbekiston markaziga aylantiriladi. (O‘z SSM)
1973 yilda O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti qoshidagi o‘lchov va o‘lchov asboblari boshqarmasi SSSR Gosstandarti qoshidagi O‘zbekiston respublikasi standartlashtirish boshqarmasiga aylantiriladi. (O‘zgosstandart).
1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining №93 qaroriga asosan Vazirlar maxkamasi qoshida O‘zbekiston Respublikasi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi qilib yangidan tashkil etiladi (O‘zgosstandart)
2002 yilda esa O‘zgosstandart O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga (“O‘zstandart” agentligi) aylantirildi.
O‘zbekiston hududida yuritiladigan meyoriy hujjatlar
“O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
— Davlatlararo standart – GOST
— O‘zbekiston davlat standarti – O’z DSt
— Umumdavlat klassifikatori – O’z DT
— Normalar va qoidalar -*)
— O‘zbekiston rahbariy hujjati – O’z RH
— Tavsiyalar – O’z T
Tarmoqlar bo‘yicha yuritiladigan meyoriy hujjatlar
Tarmoq tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.
— Tarmoq standarti – TSt
— Tarmoq klassifikatori – TT
— Norma va qoidalar –*)
— Rahbariy hujjat – RH
— Tavsiyanomalar – T
Ma’muriy-hududiy meyoriy hujjatlar
Viloyat hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
— Ma’muriy-hududiy standart – MHSt
Korxona bo‘yicha meyoriy hujjatlar
Korxona rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
— Texnik shartlar – TSh
— Korxona standarti – KSt
Standartlashtirish tub mohiyati bilan ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarador formalari haqidagi fandir.
Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar singari asosiy yo‘nalishlarni bir-biriga bog‘lovchi vosita hamdir.
Ko‘pgina texnika jihatidan ilg‘or mamlakatlarda standartlashtirish masalalariga o‘suvchi qiziqish qayd qilinmoqda, uning asosi bo‘lgan standartlashtirishning nazariyasiga ham katta e’tibor berilmoqda.
Standartlashtirishni texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarishda eng ratsional joriy qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat harajatlarini va moddiy resurslarni ta’sirchan vositalaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.
1993 yilning 28 dekabrida metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha qabul qilingan qonunlar bilan bir qatorda "Standartlashtirish to‘g‘risida" qonun ham qabul qilindi. Bu qonun respublikamizda standartlashtirish sohasi va standartlashtirish tizimi uchun asosiy hujjat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |