2. O’zbekiston Respublikasining o’lchashlar birligini ta'minlash davlat tizimi
7. Sertifikat nima?
8. «O’zstandart» agentligining asosiy vazifalariga nimalar kiradi?
9. O’zstandart Agentligining asosiy maqsadlarini aytib bering?
10. O’zstandart Agentligining boshqaruv tuzilmasini izoxlab bering?
2-
MAVZU. METRALOGIYAGA OID ASOSIY TUSHUNCHALAR VA
QOIDALAR
Ma'ruza mavzusining rejasi:
1. Ishlab chiqarish va uning tarmoqlarida metralogik xizmat va ta’minot.
2.
Metralogiya va standartlashtirish
bo’yicha xalqaro
tashkilotlar,
metralogiya bo’yicha asosiy atamalar.
Qo’llaniladigan ta'lim texnologiyalari: Vizual ma'ruza, blits-so’rov, aqliy xujum
blaster, “Qanday” texnikasi.
Metrologik xizmat - Davlat idoralari va yuridik shaxslar metrologik xizmatlarining
tarmoklari va ularning o’lchashlar birliligini ta'minlashga yo’naltirilgan faoliyati.
O’lchashlar birliligini ta'minlash tizimining tashkiliy asosi davlat metrologik
xizmati va yuridik shaxslarning metrolgik xizmatlaridan tashkil topgan O’zbekiston
Respublikasining metrologik xizmati bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi davlat metrologik xizmati O’zstandart
Agentligi boshqaradigan
davlat
metrologik xizmatiga
Qoraqalpog’iston Respublikasidagi, viloyatlardagi va Toshkent shaxaridagi davlat
metrologik xizmat idoralari kiradi.
Davlat metrologik xizmat idoralari davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini,
shuningdek qonun hujjatlariga muvofik faoliyatning boshka turlarini xam bajaradi.
Davlat metrologik xizmatga O’zstandart Agentligi rahbarlik qiladi.
O’zstandart Agentligi nomidan milliy idora vakolatlariga quydagilar kiradi: -
metrologiya sohasida, metrologik faoliyatni hududlararo va tarmoqlararo
muvofiqlashtirishda yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
- milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saklash va asrash qoidalarini o’rnatish va
ularning xalqaro darajada taqkoslanishini ta'minlash;
- o’lchashlar vositalariga, metodlariga va natijalariga umumiy metrologik
talablarni belgilash;
- davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish;
- metrologik masalalar bo’yicha me'yoriy xujjatlarni, shu jumladan O’zbekiston
Respublikasining barcha xududlarida majburiy kuchga ega bo’lgan xujjatlarni boshqa
davlat boshqaruv idoralari bilan birgalikda kabul qilish;
- metrologiya sohasida ilmiy va muxandis-texnik kadrlarni tayyorlash;
- O’zbekiston Respublikasining metrologiya sohasida xalqaro shartnomalariga
rioya qilinishini tekshirish;
-
xalkaro
tashkilotlarning metrologiya masalalari
bo’yicha faoliyatida
qatnashish;
-O’z O’BTTning ishini va rivojlanishini, xalqaro o’lchashlar tizimi va boshqa
mamlakatlarning o’lchashlar tizimlari bilan uyg’unlashtirishni ta'minlash;
-iste'molchilarning huquqlarini, insonlarning sog’ligi va xavfsizligini, atrnf muhitni
va davlat manfaatlarini o’lchashlar ishonchsiz natijalarining salbiy ta'sirlaridan himoya
kilish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish.
Uzstandart Agentligi to’g’risida Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 05.08.2004 №373 Qamri bilan tasdiklangan.
Davlat metrologik xizmatiga kuyidagilar ham kiradi:
-Milliy etalonlar markazi;
-Metrologik xizmat Bosh markazi;
-Standart namunalar Bosh markazi;
-Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadkiqot instituti (SMS
ITI) Malaka oshirish markazi (MОM) bilan birga;
-sinash va sertifikatlashtirish hududiy markazlarining (SSM)ning metrologik
laboratoriyalari;
-standartlashtirish va metrologiya hududiy boshqarmalari (SMB);
-Axborot-malumotnoma markazi.
Milliy etalonlar markazi O’zbekiston Respublikasi etalon zaxirasini rivojlantirish
va mukammallashtirish, kattaliklar birliklarining davlat etalonlarini yaratish, saklash va
ko’llanish bo’yicha ishlarni olib boradi.
Metrologik xizmat Bosh markazining vazifalari SMSITI ga yuklatilgan bo’lib,
o’lchashlar birliligkni ta'minlash ilmiy-metodik, texnik-iqtisodiy, tashkiliy, me'eriy
asoslarini yaratadi, metrologiya sohasida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish ishlarini
bajaradi.
Standart namunalar Bosh markazi, buning vazifalari ham SM ITI ga yuklatilgan,
moddalar va materialllar tarkibi va xossalarining standart namunalari davlat xizmatiga
ilmiy-metodik rahbarlik qiladi, yuridik shaxslarning standart namunalarini chikarish va
qo’llanish
tartibi
bo’yicha
faoliyatlarini
muvofiqlashtiradi,
mamlakatimizda
chiqariladigan davlat standart namunalarini ekspertiza kilish va attestatlashni amalga
oshiradi.
Metrologik xizmatlarni ko’rsatish bo’yicha Markaz, hududiy SSM ning metrologik
laboratoriyalari, hududiy SMB o’lchashlar birliligini ta'minlash bo’yicha ishlarni
muvofiqlashtiradi, davlat metrologik tekshirush va nazorati qo’llaniladigan sohada
metrologik tekshiruv va nazoratni O’zDSt 8.002:2002 "O’z O’DT Metrologik tekshiruv
va nazorat. Asosiy nizomlar" bo’yicha o’tkazadi.
Axborot-ma lumotnoma markazi me yoriy xujjatlar jamg’armasini saqlaydi va O’z
O’BTT katnashchilarini axborotlar bilan taminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: