Standartlashtirish bo‘yicha normativ xujjatlar davlat fondini jamlash, saqlash, xisobga olish va yuritish tartibi
“O‘zstandart” agentligining me’yoriy xujjatlar davlat fondida 40 mingdan ortiq me’yoriy xujjatlar ro‘yxatga olingan: O‘zbekiston Davlat standartlari, Halqaro standartlar, (ISO, IEC va boshqalar), Davlatlararo standartlar (GOST), CHet el mamlakatlarining milliy standartlari va boshqalar.
Me’yoriy xujjatlarni olish uchun “O‘zstandart” agentligining “Axborot-ma’lumot markazi” DKga murojaat qilish lozim. Axborot-ma’lumot markazi” DKning “Elektron kutubxona” doirasida me’yoriy xujjatlarning to‘liq katalogi va manti bilan tanishish mumkin. Respublika xududlarida “Elektron kutubxona” ga kirish “O‘zstandart” agentligining xududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari (SMB) tomonidan tashkillashtirilgan.
MDH ishtirokchi – davlatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo Kengashi (DAK) tomonidan qabul qilingan, Davlatlararo standartlar Katalogida olish mumkin. O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan, Davlatlararo standartlar to‘g’risida axborotni “O‘zstandart” agentligi “Axborot-ma’lumot markazi” DKda olish mumkin.
Xulosa
Men mustaqil ishimni tayyorlash natijasida maxsulot ishlab chiqarish jarayonida standartlashtirishni o‘rni haqida malumotlarga ega bo’ldim.
Ma’lumki, respublikamizda tub iqtisodiy islohotlar orqali bozor munosabatlarini shakllantirishga kirishishda eng avvalo, uning strategik maqsadlari belgilanib olindi.
Standart - bu ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror qo‘llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatdir.
Standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar davlat boshqaruv idoralari, xo‘jalik faoliyati sub’ektlari ishlab chiqish, ishlab chiqarishga mahsulotni tayyorlash, uni ishlab chiqish, realizatsiyasi (etkazish, sotish), foydalanish (ekspluatatsiya), saqlash, tashishi va utillashtirish, xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarishda, texnik (konsruktorlik, texnologik, loyihalash) hujjatlarni ishlab chiqishda hamda texnik shartlar, mahsulotga (ko‘rsatiladigan xizmatlarga) qo‘yiladigan katalog varaqalari qo‘llaniladi.
Xalqaro standart (ISO) - bu standartlashtirish bilan (standartlashtirish bo‘yicha) shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilar ommasi foydalana oladigan standartdir.
Mintaqaviy standart (MGS) esa, standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilar ommasi foydalana oladigan standartdir.
Davlatlararo standart (GOST) - bu standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash yoki qurilish va texnikaviy me’yorlash davlatlararo ilmiy-texnikaviy komissiyasi qabul qilgan va iste’molchilar ommasi foydalana oladigan standartdir.
Milliy standart (O‘z DSt) - bu standartlashtirish bo‘yicha milliy idora tomonidan qabul qilingan va iste’molchilar ommasi foydalana oladigan standartdir.
Texnikaviy shartlar (O‘z TSh) - bu buyurtmachi bilan kelishilgan holda, ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan aniq mahsulotga (xizmatga) bo‘lgan texnikaviy talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatdir.
“O‘zstandart” agentligining me’yoriy xujjatlar davlat fondida 40 mingdan ortiq me’yoriy xujjatlar ro‘yxatga olingan: O‘zbekiston Davlat standartlari, Halqaro standartlar, (ISO, IEC va boshqalar), Davlatlararo standartlar (GOST), CHet el mamlakatlarining milliy standartlari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |