16
1- Bob. STANDARTLASHTIRISH HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
1.1 Standartlashtirishning qisqacha tarixi, rivojlanish sabablari va omillari
Insoniyat taraqqiyotining Homo habilis (tadbirkor odam) darajasidan homo
Sapiens (farosatli odam) darajasiga uning faoliyati turlari ichida ko`zga
tashlanganlaridan biri bu biz haqli ravishda atashimiz mumkin bo`lgan
standartlashtirishdir.
Qadim zamon odamlari, o`ta qiyin tabiiy sharoitlarda hayot kechirish, Ya’ni
yemoq uchun hayvonlarni ovlash, o`simliklarni iste’mol qilish va boshqa tabiat
in’omlaridan foydalanishga majbur edilar.
Ovlashning metod va vositalari inson «tirikchiligi» faoliyatida amalda sinalib,
takomillashib borish bilan birga, qabiladan qabilaga, avloddan avlodga me’yoriy
odatlar majmui - «standart» lar tarzida o`tib keldi.
Bunday tartiblanishuv inson faoliyatining boshqa jabhalarida ham kuzatila
boshladi. Aytaylik, sovuqdan, tabiiy ofat va boshqa kutilgan va kutilmagan tasodifiy
hodisalardan yashirinish joylarini qidirish, ularni qurish va mustahkamlash, hayvon
mo`ynalaridan hayotda foydalanish, po`stin va cho`qay tikish kabi ishlarni amalga
oshira borish standart talablarining dastlabki ko`rinishlari sifatida ijtimoiy hayot
talablari ekanligini e’tirof etish mumkin.
Qadimgi Misrda, Firavnlar davrida katta tarixiy inshootlar, jumladan, Misr tarixiy
piramidasining qurilish jarayonida inson ishqalanish kuchini yengish, kam kuch bilan
katta yukni joyidan siljitish uchun, avvalo, chanasimon sirpanish vositalari,
keyinchalik esa g`o`lasimon dumalash vositalarini ixtiro qildilar. Natijada og`ir yukni
yengil qo`zg`alishini ta’minlovchi aylanma harakat orqali istalgan ilgarilanish
masofasiga eltish vositasi G`ildirak paydo bo`ldi. Doimiy o`zgarmas o`lchovlarga
(60x60x120 sm)ga ega bo`lgan qurilish materiallari qo`llanilib ularning o`lchami
nazorat qilib turiladigan bo`ldi.
Quldorlik tuzumi davrlarida butun Rim imperiyasi uchun jarohatlangan o`q otish
vositalarining elementlari o`zaro almashinuvchan bo`lishi ta’minlangan edi.
Shuningdek, imperiyada shahar hududi suv ta’minotida bir xil diametrli boshlang`ich
17
diametri taxminan 95 mm li tarnov (truba) lar ishlatilib, boshqa o`lchamlari
ta’qiqlangan edi.
Feodalizm tuzumi davrida, quldorlikka nisbatan taraqqiyot yanada jadallashib va
juda ko`p buyum va vositalar o`zlarida standart elementlarini mujassamlashtira bordi.
Bu borada XII-XIV asrlarda Germaniya hunarmandchiligida yuz bergan ba’zi bir
tartiblashtirilgan, masalan, mahsulot sifati, ish vaqtining davomiyligi, shogirdlar soni,
ish usullari va shu kabilarni belgilab qo`yish amalga oshirildi. To`qimachilik sanoatida
1298-yillarda sifat va o`lcham uchun me’yorlar o`rnatildi.
1715-yili Rossiyaning Tula qurol zavodida bir xil kalibr belgilangan. Rossiya
Imperiyasining Pyotr I hukmronligi davrida XVII-XVIII asrlarda yaratilgan juda ko`p
qurol-aslaha elementlari aniq bir xil na’munalardan qilinishi belgilanib, hozirgi zamon
standartlashtirilishining prototipi tarzida namoyon bo`lgan.
1785-yili Fransuz muhandisi Leblan 50 dona qurol-aslaha qulflarini yaratdi,
ularning har biri boshqa qurol-aslahalar uchun qo`shimcha ishlovsiz tushar edi, Ya’ni
o`zaro almashuvchanlik bo`lgan.
1846-yilda esa Germaniyada temir yo`llar eni (koleyasi)ni va vagon ulash
ilashmasini unifikatsiyasi (birxillashtirish) amalga oshirildi. 1869-yilda esa temir yo`l
relsi profili o`lchamlari bo`yicha standart na’munalar to`plami chiqdi.
1870-yilda Yevropaning bir qator mamlakatlarida Standart g`ishtlar chiqarila
boshladi.
1889-yilda Angliyada, keyinchalik esa boshqa Yevropa mamlakatlarida standart,
parametrlari ma’lum tartibga solingan burama (rezba)lar ishlab chiqarila boshlandi.
XIX asrning oxirlariga kelib yevropa mamlakatlari, ayniqsa, ko`p va mayda
mamlakatlar asosida shakllangan Germaniyada standartlashgan deb atalishi mumkin
bo`lgan mahsulotlar soni juda ko`payib, F. Engels ta’biri bilan aytganda “…o`lchash
va tarozilashning turlari shunchalik ko`pki, hatto bir yillik kunlar soniga tengdir”.
Chunki buning o`ziga xos sabablari bor edi. Katta bir mamlakat ichida kichik-kichik
respublikalar mavjud bo`lib, hali umumlashgan talablar ro`yobga chiqmagan,
o`lchovlar tasodifiy tanlangan edi. Masalan, Genrix I ma’lum uzunlikka teng o`lcham
18
"lokot" nomi bilan, buyuk Karl oyog`i o`lchamiga teng birlik "fut" nomi bilan
yuritilgandi.
1790-yilda Fransiyada ilk bor uzunlik birligi sifatida "metr" yaratilib, u yer
meridiani chorak uzunligining o`n milliondan birini tashkil etdi. Oradan 85 yil o`tgach,
Parij konvensiyasida xalqaro o`lchov va tarozilov mahkamasi uzunlik birligi sifatida
"metr"ni qabul qildi. Bu voqea ilmiy-texnik taraqqiyotning muhim hodisalaridan biri
bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |