231
KXYAT maqsadlari:
–
konstruktorlik hujjatlarni unifikatsiyasini kengaytirish va ulardan foydalanish,
o`zaro almashtirishda qayta ishlovsiz qabul qilish imkonini yaratish;
–
konstruktorlik hujjatlashtirishda, ish hajmini kamaytirishga olib keladigan,
soddalashgan usullarni qo`llash;
–
hujjatlarga ishlov berishda avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish imkonlarini
yaratish.
KXYAT talablari barcha asosiy va yordamchi buyumlarga bir xil tarqaladi.
KXYAT yangi mahsulot yoki buyum konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqishning
asosiy bosqichlarini hamda ishlatish va ta’mirlash hujjatlarining talab mazmunlarini
belgilaydi.
Konstruktorlik hujjatlashtirishni unifikatsiyalash:
–
har xil sohada hujjatlari qayta
ishlovsiz qabul qilish;
–
hujjatlar soni va to`rini ularni ishlab chiqish bosqichlarida
tartibga solish;
–
chizma, sxema va matnlarni ifodalashni soddalashtirish;
–
hujjatlarni ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirish;
–
yangi mahsulot ishlab chiqish jarayoni texnologik tayyorgarliklarini tez qayta
sozlash orqali, samarali operatsiyalar qo`llash va shu kabi istiqbolli tadbirlarni
amalga oshirish imkonlarini ta’minlaydi.
Yangi mahsulotni ishlab chiqish chet el analoglari texnik darajasida (balki undan
ham yuqori) bo`lishi, Ya’ni patent – litsenziya tadqiqot natijalari bilan va
mahsulotning texnik daraja kartasini ishlab chiqish isbotlanishi zarur.
Vazifalari va mazmuniga ko`ra KXYAT standartlari 10 tavsifiy guruhlarga
bo`linadi:
0 -
umumiy qoidalar;
1 -
asosiy qoidalar;
2 -
buyumlarning KX da tavsiflanishi va belgilanishi;
3 -
chizmalar bajarilishining umumiy qoidalari;
4 -
mashinasozlik va asbobsozlik buyumlar chizmalarining bajarilish qoidalari;
232
5 -
KX ga munosabatlar (hisobga olish, saqlash, nusxalashtirish, tuzatma
kiritish);
6 -
ishlatish va ta’mirlash hujjatlarini bajarish qoidalari;
7 -
sxemalarni bajarish qoidalari;
8 -
qurilish va kemasozlik hujjatlarini bajarish qoidalari;
9 -
boshqa standartlar.
KXYAT Standartlar ISO talablariga muvofiqlashtirilgan va ilmiy –texnik
taraqqiyot va rivojlanish yo`nalishini hisobga olgan holda doimiy tuzatishlar kiritish
ehtiyojida bo`ladi.
KXYAT rivojlanishning asosiy yo`nalishlari zamonaviy informatsion texnologiya
takomillashuvini
hisobga
olagn
holda
KX
lar
taqdimotini
elektron
va
mashinalashtirilgan shakl va usullari vositasida amalga oshirilmog`i darkor.
KXYAT ning asosiy qoidalari – uning ta’rifi, vazifasi, tarqalish doirasi,
tasniflarining tarkibi va KXYAT ning belgilanishlari GOST 2.001–70 «ESKD.
Oбshиe пoлoжeния» da belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: