Standartlari


buxgalteriya  hisobi  kontseptsiyasi



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/301
Sana01.01.2022
Hajmi5,36 Mb.
#302171
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   301
Bog'liq
Kurr

buxgalteriya  hisobi  kontseptsiyasi 

O’zbekiston 

Respublikasi  Moliya  Vazirligi  qoshidagi  buxgalteriya  hisobi  bo’yicha  metodologik 

kengash va Professional buxgalterlar instituti Milliy Kengashi (hozirgi Buxgalterlar va 

auditorlar  milliy  assotsiatsiyasi)  tomonidan  1994  yil  29  dekabrda  tasdiqlangan  edi. 

Unda  respublikamizda  endigina  vujudga  kelayotgan  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida 

buxgalteriya hisobi tizimini  qurish asoslari mustahkamlab berilgan. 

O’zbekiston  Respublikasida  buxgalteriya  hisobi  va  hisoboti  tizimini  rivojlantirish 

strategiyasi,  buxgalteriya  hisobi  va  hisobotida  shakllanadigan  hisob  axborotining 

sifatini  oshirish  hamda  ushbu  axborotdan  manfaatdor  foydalanuvchilarning  kafolatli 

foydalana olishlarini ta’minlab berishga qaratilgan. 

                                            

16

  Karimov  I.A.  Mamlakatimizni  2014-yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2015-yilga 



mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining 

majlisidagi ma’ruzasi .//Xalq so’zi gazetasi. 2015 yil 18 yanvar 




 

 

264 



 

So’nggi  yillarda  O’zbekistonda  buxgalteriya  hisobi  va  hisobot  sohasida  1994 yilda 

qabul  qilingan  “Buxgalteriya  hisobini  isloh  qilish”  dasturida  ko’zda  tutilgan  ancha-

muncha o’zgarishlar amalga oshirildi. 

Buxgalteriya  hisobi  va  hisoboti  tizimida  amalga  oshirilayotgan  o’zgarishlar  xo’jalik 

yurituvchi  sub’ektlar  faoliyatining  moliyaviy  natijalari  va  moliyaviy  holati  haqidagi 

manfaatdor  foydalanuvchilar  uchun  foydali  bo’lgan  axborotni  shakllantirishni 

ta’minlashga  qaratildi.  Buxgalteriya  hisobi  va  hisobotini  isloh  qilishning  asosiy 

instrumenti  sifatida  moliyaviy  hisobotlarning  xalqaro  standartlari  asosida  milliy 

standartlar qabul qilindi.  

Buxgalteriya  hisobi  va  hisoboti  taraqqiyotida  muayyan  yutuqlarga  erishilgan  bo’lsa-

da, shu bilan birga jiddiy muammolar ham mavjud bo’lib, ularga: 

-  MHXS  asosida  tuziladigan  buxgalteriya  hisobotlarining  rasmiy  statusi,  shuningdek 

MHXSni qo’llashning zaruriy infratuzilmasining mavjud emasligini; 

-  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  tomonidan,  milliy  standartlar  asosida  tayyorlangan 

buxgalteriya  hisobotlarini  transformatsiya  qilish  orqali  MHXS  bo’yicha  jamlangan 

moliyaviy hisobotlar tayyorlash uchun asossiz katta xarajatlarni; 

-  buxgalteriya  hisobotlari  sifatini  nazorat  qilish  tizimining  kuchsizligi,  shu  jumladan, 

buxgalteriya hisobotlari auditi sifatining yuqori emasligini; 

- kasbiy jamoat birlashmalari va boshqa manfaatdor birlashmalarning, shu bilan birga 

buxgalteriya  hisobotidan  foydalanuvchilarning  buxgalteriya  hisobi  va  hisobotini 

tartibga  solish,  hamda  buxgalterlik  va  auditorlik  kasbini  rivojlantirishda  ishtirokining 

etarli emasligini; 

- ko’pchilik buxgalter va auditorlarni kasbiy tayyorlash darajasining past darajadaligi, 

shuningdek  MHXS  bo’yicha  tayyorlangan  axborotdan  foydalanish  ko’nikmalarining 

etarli emasligini kiritish mumkin. 

Mavjud  yuzaga  kelgan  buxgalteriya  hisobi  va  hisoboti  tizimi  unda  shakllangan 

axborotning  ishonchliligi  va  tegishli  darajadagi  sifatini  ta’minlab  bera  olmaydi, 

shuningdek,  ushbu  axborotdan  foydalana  olish  imkoniyatlarini  sezilarli  darajada 

cheklaydi. 

Bugungi kunda O’zbekistonda buxgalteriya hisobi  va hisobotining kelgusi taraqqiyoti 

uchun qulay sharoit vujudga kelmoqda. Buxgalteriya hisobi va hisoboti ob’ektlarining 

aksariyat  qismini  o’z  ichiga  oluvchi  me’yoriy-huquqiy  hujjatlar  amalga  kiritilgan, 

ammo  ushbu  hujjatlarni Moliyaviy  hisobotning  xalqaro standartlari  va  ularga bo’lgan 

talablarning  o’zgarib  borayotganligi  nuqtai-nazaridan  tubdan  ko’rib  chiqish  lozim. 

Chunki  ushbu  me’yoriy  huquqiy  hujjatlar  qabul  qilingandan  so’ng  MHXSlarda  katta 

o’zgarishlar bo’lgan.  

Respublikamizda 2015-2018 yillarda barcha aktsiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy 

hisobotni  nashr  etishi  va  Xalqaro  audit  standartlari  hamda  Xalqaro  moliyaviy  hisob 

standartlariga  muvofiq tashqi audit o’tkazishi

17

 belgilangan.  Aktsiyadorlik jamiyatlari 



faoliyati  samaradorligini  oshirish  va  korporativ  tizimini  takomillashtirish  maqsadida 

aktsiyadorlik  jamiyatlarining  yillik  moliyaviy  hisobotlarini  moliyaviy  hisobotlarning 

xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash hamda nashr qilish ko’zda tutilmoqda. 

Bugungi  kunda  nafaqat  aktsiyadorlik  jamiyatlarida,  balki  boshqa  xo’jalik  jamiyatlari, 

                                            

17

 “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora tadbirlari to’g’risida”gi 



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4720-sonli Farmoni.  


 

 

265 



 

xususiy korxonalar, oilaviy korxonalar kabi tashkiliy-huquqiy shaklga ega tadbirkorlik 

sub’ektlarida  ham  MHXSdan  foydalanishga  o’tishni  sur’atini  oshirish  zarur  deb 

hisoblaymiz.  

O’rta  muddatli  istiqbolda  (yaqin  5-10  yilda)  buxgalteriya  hisobi  va  hisobotini 

rivojlantirish,  buxgalteriya  hisobi  va  hisoboti  tizimining  o’ziga  xos  funktsiyalarini 

O’zbekiston iqtisodiyotida muvaffaqiyatli va izchil bajarilishi uchun maqbul zamin va 

sharoit  yaratish  zarur.  Xususan,  manfaatdar  ichki  va  tashqi  foydalanuvchilar 

(mulkdorlar,  investorlar,  kreditorlar,  davlat  hokimiyati  organlari,  xo’jalik  yurituvchi 

sub’ektlarning  boshqaruv  xodimlari  va  b.)  tomonidan  iqtisodiy  qarorlar  qabul  qilish 

uchun  zarur  bo’ladigan  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  faoliyati  to’g’risidagi  aniq  va 

shaffof  axborotni  shakllantirish  imkoniyatini  yaratish  lozim.  Kelgusi  taraqqiyotning 

mohiyati, samarali hisob jarayonini tuzish va zaruriy infratuzilmani yaratish yo’li bilan 

MHXSdan foydalanishni faollashtirish hisoblanadi. 

Buxgalteriya hisobi va hisobotni quyidagi asosiy yo’nalishlarda rivojlantirish zarur: 

- buxgalteriya hisobi va hisobotlarda shakllanadigan axborot sifatini oshirish; 

- MHXSni qo’llash infratuzilmasini yaratish; 

- buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish tizimini o’zgartirish; 

- buxgalteriya hisobotlari sifat nazoratini kuchaytirish; 

-  tashkilotlarda  buxgalteriya  hisobotlari  auditi,  buxgalteriya  hisobi  va  hisobotini 

yuritish bilan band bo’lgan mutaxassislarning, shuningdek buxgalteriya hisobotlaridan 

foydalanuvchilarning malakasini sezilarli darajada oshirish. 

O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi, o’z ichiga statistik va operativ-texnik 

hisobni  ham  oladigan,  yagona  hisob  va  hisobot  tizimining  bir  bo’lagi  sifatida 

rivojlanishi  zarur.  Ushbu  tizimning  birligini  ta’minlovchi  muhim  omil  bo’lib 

boshlang’ich  hisob  hisoblanib,  u  har  bir  hisob  turi  ehtiyoji,  vazifalari  va 

metodologiyasiga  mos  holda  umumlashtirish, tizimlashtirish  va kelgusi  yig’ish  uchun 

ma’lumotlar manbasi sifatida xizmat qiladi. 

Rivojlanish  jarayonida  buxgalteriya  hisobi  va  hisoboti  tizimi  birligi  va  yaxlitligini 

qo’llab  quvvatlash  uchun  ushbu  tizim  barqarorligini  ta’minlash  alohida  dolzarblik 

kasb  etadi.  Jahon  tajribasi  shuni  ko’rsatmoqdaki,  buxgalteriya  hisobi  va  hisobotining 

rivojlanishi 

mamlakatdagi 

iqtisodiy 

jarayonlarning 

o’zgarishi  bilan  uzviy 

aloqadorlikda  amalga  oshirilishi  va  xo’jalik  mexanizmi  rivojlanish  darajasi  va 

xarakteriga  javob  berishi  lozim.  Buxgalteriya  hisobi  va  hisobotini  o’zgartirish 

jarayonlarini  asossiz  paysalga  solishga  yo’l  qo’yib  bo’lmaydi.  Shu  bilan  birga 

buxgalteriya hisobi va hisobotidagi o’zgarishlarni xo’jalik mexanizmidagi o’zgarishlar 

va  bozor  institutlarining  real  ish  olib  borishiga  mos  bo’lmagan  holda  jadallashtirish 

iqtisodiyotdagi 

moliyaviy 

axborotning 

sifatini 

pasayishiga, 

MHXSning 

obro’sizlanishiga,  shuningdek  moliyaviy  tartib-intizomning  susayishiga  olib  kelishi 

mumkin.  

Bundan  tashqari  MHXSga  o’tish,  axborotni  yig’ish  va  qayta  ishlash  jarayonlarining 

yangicha metodlarini amalda qo’llashni o’zlashtirib olish ma’lum vaqt talab qiladi.  

Buxgalteriya  hisobi  va  hisobotidagi  o’zgarishlar,  jumladan  MHXSga  o’tish  jarayoni 

jamoatchilikning  kasbiy  tayyorgarligi,  shuningdek  davlat  hokimiyati  organlarining 

ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi 

lozim. 



 

 

266 



 

Buxgalteriya  hisobi  va  hisobotini  rivojlantirishning  asosiy  yo’nalishlari  O’zbekiston 

Respublikasi  iqtisodiyotining  barcha  tarmoq  va  sohalariga  taalluqli.  Shu  bilan 

birgalikda  buxgalteriya  hisobi  sohasida  islohotlarni  amalga  oshirish  iqtisodiyotning 

ayrim  tarmoq  va  sohalarida  (jumladan,  notijorat  tashkilotlari,  bank  tizimi)  o’ziga  xos 

xususiyatlarga ega. 

Buxgalteriya  hisobi  va  hisobotini  rivojlantirishning  asosiy  yo’nalishi  –  unda 

shakllanadigan  axborot  sifatini  oshirish.  Jahon  tajribasi  shuni  ko’rsatadiki, 

axborotning  foydaliligiga  bevosita  MHXSdan  foydalanish  orqali  yoki  ular  asosida 

milliy  buxgalteriya  hisobi  tizimini  qurish  asosi  sifatida  foydalanish  orqali  erishish 

mumkin. 

Zamonaviy  buxgalteriya  hisobi  o’zida  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  tomonidan 

yuridik  shaxs  buxgalteriya  hisobotlarini  (individual  buxgalteriya  hisoboti)  va 

jamlanma  moliyaviy  hisobotni  tayyorlashda  foydalaniladigan  axborot  bazasini  ifoda 

etadi.  Bundan  tashqari  buxgalteriya  hisobotida  shakllandigan  axborotdan  boshqaruv, 

soliq, statistik hisobotlar, nazorat qiluvchi organlar uchun hisobotlar tayyorlash uchun 

foydalaniladi.  Zarurat  tug’ilganda  ushbu  ma’lumotlar  asosida  boshqa  shakldagi 

hisobotlar tayyorlanishi lozim. 

Shu  sababdan  buxgalteriya  hisobi  sohasida  asosiy  vazifa  bu  hisob  jarayonini  tashkil 

qilishning  biror-bir  hisobot  shaklini  tuzishga  bevosita  bog’lanib  qolmasligini 

ta’minlashdan  iborat.  Hisob  jarayonini  tashkil  qilishning  talab  va  printsiplari, 

shuningdek  buxgalteriya  hisobining  asosiy  qoidalari  MHXS  talab  va  printsiplarini 

hisobga  olgan  holda  o’rnatilishi  lozim-ki,  bu  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  turli  xil 

hisobot  shakllari,  jumladan  MHXS  uchun  axborotni  shakllantirish  imkoniga  ega 

bo’lsin.  Xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarni  ayrim  toifalari  buxgalteriya  hisobining 

soddalashtirilgan tartibini qo’llashlari mumkin.  

Buxgalteriya  hisobi  metodi  elementi  sifatida


Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish