Vazifa: Tegishli reklassifikatsiya yozuvlarini amalga oshiring
mavzu. Zaxiralar (2-son MHXS). Qurilish shartnomalari (11-son MHXS). Asosiy vositalar (16-son MHXS). Ijara (17-son MHXS).
5.1-masala. Zaxiralar, qurilish shartnomalari, asosiy vositalar, ijara bo‘yicha
«Spektor» kompaniyasining ma’lumotlari berilgan.
Asosiy vositalarni aktiv sifatida tan olishda BXXS 16 da BXMS 5 dagi kabi qiymat mezoni mavjud emas.Shunga ko‘ra, ehtiyot qismlar, yordamchi va ta’mirlovchi jihozlar kabi moddalar asosiy vositalar ta’rifiga mos kelganida ushbu BHXS ga muvofiq asosiy vosita sifatida tan olinadi. Aks hollarda bunday moddalar tovar-moddiy zaxiralar tarkibiga kiritiladi.
Shuning uchun, MXXS bo‘yicha hisobot tayyorlashda ushbu modda bo‘yicha farq chiqishi mumkin.
Masalaning sharti:
2014 yilning yanvar oyida qiymati 3 mln so‘m va rejalashtirilgan xizmat qilish muddati 3 yil bo‘lgan yirik extiyot qism sotib olindi. Shu oyning o‘zida u xarajatga chiqarildi.
Vazifa:
MXXS maqsadlarida yirik extiyot qismni asosiy vosita tarkibiga tiklash va undan 1 va 2 yil davomida foydalanish bo‘yicha tegishli tuzatish yozuvlarini amalga oshirish.
Yechim:
Xarajatga chiqarilgan yirik extiyot qismni asosiy vositalar tarkibiga tiklash bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari
Foydalanishga berilgan asosiy vosita (yirik extiyotqism) ga 1 yil uchun eskirish hisoblash.
2- yil uchun MXXS bo‘yicha hisobot tayyorlashda tuzatish yozuvlarini amalga oshirish
Asosiy vositalarni qayta baholash operatsiyalarning amalga oshirish va aks ettirish bo‘yicha talablar
Qayta baholash modeli
31 Aktiv sifatida tan olinganidan so‘ng, haqqoniy qiymati ishonchli tarzda baholanishi mumkin bo‘lgan asosiy vosita ob’ekti qayta baholangan qiymati bo‘yicha hisobga olinishi kerak. Bunda uning qayta baholangan qiymati bo‘lib uni qayta baholash sanasiga bo‘lgan haqqoniy qiymatidan keyinchalik jamg‘arilgan eskirish summasi va keyinchalik yig‘ilgan qadrsizlanish bo‘yicha zararlar chegirilgan-dagi qiymati hisoblanadi.
Aktivning balans qiymati hisobot davri oxiridagi haqqoniy qiymati asosida aniqlanadigan qiymatidan muhim darajada farq qilmasligi uchun qayta baholashlar yetarlicha muntazam ravishda o‘tkazilishi kerak.
35 Asosiy vosita ob’ekti qayta baholanganida, qayta baholash sana-sigacha jamg‘arilgan har qanday eskirish summasi quyidagi usullarning biri yordamida tuzatiladi:
aktivning yalpi balans qiymatidagi o‘zgarishga proporsional tarzda qayta hisoblanadiki, natijada qayta baholashdan so‘ng aktivning balans qiymati uning qayta baholangan qiymatiga teng bo‘ladi. Ushbu usuldan aktivning qayta tiklash qiymatini aniqlash uchun indeks qo‘llanilganida ko‘pincha foydalanila-di (MHXS 13 ga qarang).
jamg‘arilgan amortizatsiya aktivning yalpi balans qiymatidan chegirib tashlanadi va sof balans qiymati aktivning qayta baho-langan qiymati summasida aks ettiriladi. Ushbu usuldan ko‘pincha binolar uchun foydalaniladi.
Jamg‘arilgan eskirishni qayta hisoblash yoki chegirib tashlashda yuzaga keladigan tuzatish summasi balans qiymatining qo‘payishi yoki kamayi-shining bir qismini tashkil etadi hamda 39 va 40 bandlarga muvofiq hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |