Umumkasbiy fanlar; umumta’lim fanlar va maxsus hamda mutaxassislik fanlar oʻrtasida ilmiy va nazariy bogʻliqlikni ta’minlaydi;
maxsus va mutaxassislik fanlarni oʻrganish uchun zarur boʻlgan fundamental bilimlarni, amaliy koʻnikma va oʻquvlarni shakllantiradi;
mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish koʻnikmalarini shakllantirish.
Maxsus fanlar bloki: kasbiy faoliyat sohalarida erishilgan asosiy yutuqlar, muassasalar va ularning rivojlanish istiqbollari haqida tasavvur hosil qilish;
oʻz kasbi yoki mutaxassisligi boʻyicha maxsus bilimlar kasbiy faoliyat koʻnikmalarini shakllantirish;
oʻquvchini kelgusida ta’limni davom ettirish va mehnat bozoriga raqobatbardosh kadr boʻlib chiqishiga zarur boʻlgan bilimlarni shakllantirish.
Oʻquv amaliyotlari bloki: Oʻz kasbi yoki mutaxassisligi boʻyicha olingan nazariy bilimlar asosida kasbiy koʻnikmalarini shakllantirish;
ishlab chiqarish va muhandislik sohasidagi jarayonlarda ishlash koʻnikmasini shakllantirish;
ishlab chiqarish va muhandislik sohasidagi tizimlar, jihozlar va texnik vositalardan foydalanish;
texnik va texnologik hujjatlar bilan ishlash.
Ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti: nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni ishlab chiqarishda qoʻllagan holda malakani shakllantirish;
korxona, tashkilot va muassasalardagi mehnat muhofaza qilish qoidalari bilan tanishish;
amaliyot davrida kelgusidagi ish joyida ishlash koʻnikmasini shakllantirish;
jamoada ishlash koʻnikmalarini shakllantirish.
4.3. Kasb va mutaxassisliklarning oʻquv yuklamasi. Oʻrta professional ta’lim darajasida kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan yoki umumiy oʻrta ma’lumotga ega boʻlgan shaxslar hisobidan “Hayot davomida ta’lim olish” printsipi asosida kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda tashkil etiladi.
Oʻquvchilarning umumiy haftalik yuklamalari 54 soat, shundan kunduzgi ta’lim shaklida auditoriya va amaliyot mashgʻulotlari hajmi 36 soatgacha boʻladi.
Oʻquv mashgʻulotlari uchun ikki akademik oʻquv soati davomiyligi uzluksiz 80 daqiqani tashkil etadi. Bunda oʻquv rejasiga muvofiq
40 daqiqadan iborat bir akademik oʻquv soati joriy etilishi mumkin.
Oʻqishning normativ muddati ikki yilgacha boʻlgani holda oʻquv jarayoni
22-94 hafta davom etadi.