St-60 guruhi talabasi jumayev islombek Mavzu:To’g’ri va egri solig’i
To’g’ri soliqlar
to’g’ridan-to’g’ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita
shakli). Tovarning bahosida to’lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va
xizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi.
Soliqlarni to’g’ri va egri soliqlarga guruhlanishi
narxlarga ustamalar orqali soliq yuki yuklab qo’yiladigan tovarning iste’molchisi esa egri
soliqlarning pirovard to’lovchisi hisoblanadi.
Amaliyotda nafaqat egri soliqlar, shu bilan birga to’g’ri soliqlarni ham
iste’molchilar zimmasiga o’tkazish imkoniyati mavjuddir. Masalan, korxonalar
to’laydigan soliqlar yuki inflyatsiya davrida ko’pincha narx-navoni oshirib yuborish
orqali iste’molchilar zimmasiga yuklab boriladi. _x0000_
Soliq to’lovchining daromadi (ish haqi, foyda, foizlar va hokazo) va uning
mol-mulkining (er, uylar, qimmatli qog’ozlar va hokazo) qiymati to’g’ri soliqlar
ob’ekti bo’ladi.
Soliqqa tortishning bu shakli egri soliqlarga nisbatan birmuncha
progressivdir, chunki u soliq to’lovchining daromadliligini, oilaviy ahvolini hisobga
oladi, soliq daromadni olish bosqichida undiriladi.
Tarixiy jihatdan olganda to’g’ri soliqlar XVIII asrda va XIX asrning birinchi
yarmida shakllandi, ular faqat XX asrda keng ommalashdi.
To’g’ri soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo’linadi.
Real soliqlar soliq to’lovchi mol-mulkining ayrim turlaridan (er, uylardan)
kadastr asosida undiriladi, to’lovchining haqiqiy daromadliligini emas, balki o’rtacha
daromadliligini hisobga oladi. Soliqqa tortish ob’ektiga qarab quyidagilar real
soliqlarga kiradi: erga oid, uy-joylarga doir, kasb-hunarga tegishli, qimmatli
qog’ozlardan olinadigan soliqlar. _x0000_
Tovarlar, odatda, shaxsiy iste’mol tovarlari,
shuningdek xizmat ko’rsatish sohasining (sartaroshxonalar, hammomlar, kimyoviy
tozalash xizmatlari) pullik aylanmasi, tomosha ko’rsatadigan va transport
korxonalarining pattalari va shu kabilar soliqqa tortish ob’ekti bo’ladi. Egri soliqlarga
tortiladigan tovarlar va xizmatlar soni muntazam kengayib bormoqda.
Xaridor-iste’molchi egri soliqlarning to’lovchisi bo’ladi. Tovarning sohibi yoki
xizmatlar ko’rsatadigan shaxs aslida soliqni yig’uvchi hisoblanadi. Egri soliqlarning
anchagina qismi mulkdor tomonidan tovarning yoki xizmatlarning narxiga qo’shiladi.
Egri soliqlar daromadlilikni, oilaviy ahvolni hisobga olmaydi. Hamma
fuqarolar o’z daromadlarining miqdoridan qat’iy nazar, bunday soliqlarni to’laydilar,
chunki egri soliqlarga tortiladigan turmush uchun zarur bo’lgan tovarlarni iste’mol
qilishadi va xizmatlardan foydalanishadi.
Soliqlarning ayrim turlarining nisbati jamiyatning rivojlanishiga qarab
o’zgardi. XIX asrda va XX asr boshida undirilishining soddaligi bilan ajralib
turadigan egri soliqlar asosiy ahamiyat kasb etgan edi. 20-yillardan boshlab ko’pgina
mamlakatlarda to’g’ri soliqlar ko’proq ahamiyat kasb eta boshladi. Ikkinchi jahon
urushidan so’ng rivojlangan mamlakatlarning soliq tizimida to’g’ri soliqlar alohida
ahamiyatga ega bo’lib qoldi, daromad solig’i va korporatsiyalarning foydasidan
olinadigan soliq ular ichida asosiy o’rin tutardi.
To’g’ri soliqlar salmog’i YaIM qiymatida pasayishi
korxonalarning moddiy-texnikaviy bazasini kengayishiga, qo’shimcha mahsulot
ishlab chiqarishiga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |