Stansiya va podstansiya taqsimlash qurilmalari sxemasining bosqichli rivojlanishi katta
o‘zgartirishlarga olib kelmasligi kerak. Bunga sxemani tanlashda uning rivojlanish istiqbolini
hisobga olgandagina erishish mumkin.
Elektrotizilmalarning sxemalarini tanlashda q. t. toklarining yo‘l qo‘yilgan darajasi hisobga
olinadi. Ehtiyoj tug‘ilsa, tarmoqlarni seksiyalash, elektrotizilmani mustaqil ishlovchi qismlarga
bo‘lish va maxsus tok chegaralovchi qurilmalarni o‘rnatish kabi masalalar hal qilinadi.
Elektrotizilmaning bosh sxemasini tanlashga ta’sir etadigan kompleks shartlardan
sxemalarga qo‘yiladigan quyidagi asosiy talablarni ko‘rsatish mumkin:
iste’molchilarni elektr bilan ta’minlashning ishonchliligi;
remont ishlarining bajarilishiga moslanganligi;
elektrik sxemaning operativ ixchamliligi;
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi.
Ishonchlilik
— bu elektrotizilmaning elektr tarmog‘i uchastkasining yoki energotizimning
iste’molchilarini belgilangan sifatdagi elektr energiyasi bilan uzluksiz, to‘la ta’minlash
xususiyatidir. Sxemaning istagan joyidagi asbob–uskunaning buzilishi, elektr bilan ta’minlashni,
tizimga energiya berishni, shina orqali quvvatni tranzitlashni mumkin qadar buzmasligi kerak.
Sxemaning ishonchliligi shu elektrotizilmadan ta’minlanayotgan iste’molchining xarakteri
kategoriyasiga to‘g‘ri kelishi kerak.
Ishonchlilikni iste’molchilarni elektr bilan ta’minlashning buzilish davomiyligi hamda
chastotasi va energotizim bilan uning ayrim tugunlari (uzellari) ni yetarli darajada avariyasiz
ishlashini ta’minlash uchun kerak bo‘ladigan avariya zahiraining nisbiy kattaligi bilan baholash
mumkin.
Elektrotizilmalarning remont ishlariga moslanganligi
iste’molchilarni elektr bilan
ta’minlashni cheklamasdan yoki buzmasdan turib, remont ishlarini olib borish imkoniyatiga ega
bo‘lishi bilan baholanadi. Shunday sxemalar borki, o‘chirgichni remont qilish uchun uni remont
tamom bo‘lguncha uzib turish kerak bo‘ladi, boshqa sxemalarda ulanganlardan ayrimini maxsus
remont sxemasini tuzish uchun vaqtincha uzib turish talab etiladi; uchinchilarda — o‘chirgichlarni
remont qilishda
elektr bilan ta’minlash hatto qisqa vaqtga ham uzilmay amalga oshiriladi. Shunday qilib,
ko‘rilayotgan sxemaning remont ishlarini amalga oshirish uchun moslanganligini son jihatidan
quyidagicha: asbob–uskunalarni remont qilish va iste’molchilarni uzish chastotasi hamda o‘rtacha
davomiyligi bilan baholash mumkin.
Elektr sxemaning operativ ixchamliligi
kerakli ekspluatatsion rejimlarni hosil qilish va
operativ qayta ulanishga moslanganligi bilan aniqlanadi.
Sxemaning eng katta operativ ixchamliligi operativ qayta ulashlar uzoqdan (distansion)
boshqaruvchi yuritmaga ega bo‘lgan piklyuchatel yoki boshqa kommutatsion apparatlar tomonidan
amalga oshirilgandagina ta’minlanadi. Agar hamma qayta ulashlar uzoqdan, avtomatika vositasi
yordamida amalga oshirilsa, yana ham yaxshiroq bo‘lardi, u holda avariyani yo‘qotish ancha
tezlashar edi.
Operativ ixchamlilik operativ qayta ulanishlar soni, murakkabligi va davomiyligi bilan
baholanadi.
Sxemaning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi
tizilmani qurish uchun sarflangan kapital
mablag‘, uni ekspluatatsiya qilish va elektr bilan ta’minlash buzilganda ko‘rilgan zararlarni o‘z
ichiga oladigan umumiy sarf miqdori bilan baholanadi.
Qilingan xarajatlarni hisoblash metodikasi quyida batafsil bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: