ATS
1953-1964 yillarda SSSRda tashqi siyosat. G'arb davlatlari bilan emas, balki yaqin qo'shnilar bilan ham aloqani o'rnatish edi. O'sha paytda sotsialistik lager Ruminiya, Bolgariya, Polsha, Chexoslovakiya, GDR, Vengriya, Albaniya. Sovet Ittifoqi bilan birlashib, ular Varshava shartnomasini (Varshava shartnomasi tashkiloti) yaratdilar. Uning ishtirokchilari harbiy xavf tug'ilganida, xavfsizlik va tinchlikni ta'minlash borasidagi hamkorlikda o'zaro yordam ko'rsatish bo'yicha majburiyatlarni o'z zimmalariga oldi. Bundan tashqari, umumiy manfaatlarga oid masalalar bo'yicha maslahatlashuvlar rejalashtirildi. Shu paytdan boshlab birlashgan qo'shinning shakllanishi umumiy buyruq boshlandi.
1953-1964 yillarda SSSRda tashqi siyosat. Sotsialistik lagerlar mamlakatlariga o'z hududlarida sanoat ob'ektlarini qurishda keng ko'lamli yordam ko'rsatish ko'zda tutilgan. O'zaro munosabatlarning asosiy markazi o'zaro iqtisodiy yordam ko'rsatish kengashi (CMEA) bo'ldi. Hamkorlikning asosiy yo'nalishlari quyidagilardir:
Milliy iqtisodiy rejalarni muvofiqlashtirish.
Savdo.
Madaniy aloqalar.
Fan va texnologiya sohasidagi hamkorlik.
Keyinchalik bu hamkorlik Kuba tomonidan qo'shildi. 1958-1964 yillarda O'zaro iqtisodiy yordam Kengashining qaroriga binoan, Drujba neft quvur liniyasi qurildi, bu dunyodagi eng yirik korxonadir. Uning uzunligi 4,5 ming km dan oshdi. 1959-1962 yillarda. Umumiy "Mir" energiya tizimi yaratildi. Sovet Ittifoqi tarmoqlari va Evropaning sotsialistik davlatlari bilan bog'langan. Narxlarning aksariyat qismi SSSR tomonidan to'lanadi. Sovet rahbariyati Yugoslaviya bilan aloqalarni o'rnatishga harakat qildi. 1955 yilda mamlakatlar vakillari o'rtasida madaniy, iqtisodiy va ilmiy sohalarda hamkorlik yo'nalishlari belgilab berilgan deklaratsiya imzolandi.
NIZOLAR
1953-1964 yillarda SSSR tashqi siyosatining xususiyatlari. Sotsializmni o'rnatish uchun sovet rahbariyatining aniq urinishida davom etdi. Biroq, "eritmaning" ta'siri ayrim ittifoqdosh davlatlarda demokratlashtirish va de-Stalinizatsiya jarayonlarini keltirib chiqardi. Mamlakatlar o'rtasidagi kelishmovchiliklar paydo bo'ldi. Asosan, ular Sovet Ittifoqining cheklangan printsiplari va boshqa davlatlarning ichki ishlariga ochiq aralashuvi bilan bog'liq edi. 1953 yilning iyun oyi o'rtalarida Sharqiy Berlinda Germaniyani birlashtirish bo'yicha nutqlar boshlandi. 1956 yilning yozida Polshada namoyishlar bo'lib o'tdi. Kommunizmni ag'darishni talab qilgan ishchilar bu erda ish tashlashdi. Natijada, mamlakat o'rnini etakchilik qildi. 1956 yil oktyabr oyida Vengriyada qo'zg'olon boshlandi. Anti-sotsialistik kuchlar bosimi ostida davlat rahbariyati ATD dan chiqishini e'lon qildi. Biroq, noyabr oyining boshlarida, sovet qo'shinlari mamlakatga kiritilib, vengriy qo'zg'olonni bostirdi.
Respublikada 50-yillar Qatag'onligini boshlab berishda hukmron partiya markazkumi qarorlarini O'zbekiston hayotida tadbiq etishda O'zKompartiya markazkumining 1952 yil 21-22 fevralida bo'lib o'tgan X plenumi va uning qabul qilgan qarorlari katta rolь o'ynadi. Plenumda tinglangan va muxokama etilgan birinchi kotib A.Niyozovning "Respublikada ideologiya ishlarining axvoli va uni yaxshilash choralari haqida" gi dokladida shunday deb ta'kidlangan edi: "Keyingi ikki yilda respublikada adabiyot xodimlari orasidan sovet tuzimiga qarshi, millatchilik kayfiyatida bo'lgan guruh ochib tashlandi. Bu guruh Sovet davlatiga qarshi dushmanlik ishini olib bordi. Bu guruh a'zolari oldin ayblangan millatchilar bilan yaqin aloqada bo'lganlar, ular mafkuraviy buzuq mazmundagi she'rlar yozib, millatchilarning Sovet tuzumiga qarshi asarlarini ideallashtirib, ommaga tarqatganlar".1
Plenumda jamiyatshunos-olimlarga ham nohaq ayblar qo'yildi. Jumladan faylasu f V.Zoxidov "burjua millatchisi", tarixchi A.Bobo xo'jaev "pantur qizmni targ'ib etuvchi", iqtisod ietchi A.Aminov esa "burjua millatchilari bilan aloqa kiluvchi" lar sifatida ayiblandilar.
50-yillarning boshlarida yana 60 tacha eng ko'zga ko'ringan qobiliyatli olimlar va yozuvchilar, san'at arboblarining ro'yxati tuzilib, ularni ham millatchi, asl inqilobchi va haqozo yerliklar ostida jinoiy jaz og'a tortishga urindilar. Bu ofatlardan qutilish juda qimmatga tushdi. Lekin adolat, garchi tezda bo'lmasada , harqalay tiklangan edi. O'zbekiston ilm-fani, madaniyatining asosiz Qatag'on qilingan ko'pgina arboblari 1956 yilda batamom oqlandilar. 1940 yillarning oxirlarida surgunga yuborilganlarning hammasi ozod qilindi. Yo'qotish ro'yxatiga qo'shilgan, xalqimizning faxri bo'lgan 60 ta ziyolilarimiz ustidan tayyorlangan hukm bekor qilindi. Zulmlarga qarshi adolat o'rnatilgan bo'lsada. Stalinizm vujudga keltirgan tatalitar tuzum bedodligi va beshafqatligi xalqimizning orzu umidlarini chil-parchin qildi, suveren huquqlari-milliy mustaqilligini zavol toptirdi. O'zbekiston oyoq qo'li kishanlanib,markaz deb atalmish zo'ravon hokimiyat iskanjasiga tushib qoldi. Uning til zaboni kesildi, alьfaviti o'zgartirildi, o'tmishi, tarixi ko'zdan yiroqlashtirildi.
Stalin shaxsiga sig'inish tufayli ruy bergan Qatag'onlik siyosati sobiq mamlakat miqyosida 50 milliondan ortiq kishini o'z domiga tordi.
"Moskovskie novosti" gazetasining 1988 yil 27 noyabrь sonidagi Roy Medvedevning "Skolьko jertv v godu kulta lichnosti Stalina?" nomli maqolasida Qatag'on qilinganlar soni yillargacha taqsimlanib quyidagicha berilgan:
1927-1928 yil- 10 minglab "Trotskiychilar"
1930-1933 yil- 10 milliondan ortiq "Quloqlar"
1933 yil 8 oyida bo'lib o'tgan ochlik natijasida-6 million kishi
1937 yilgacha- 17-18 million kishi
1937-1938 yil- (Buyuk terorlar yillari)- 7 million kishi
1938-1940 yil- Polyak oilalari, Boltiq bo'yi aholisidan- 2 million atrofida
1942-1944 yil 3 milliondan ortiq kishi - chechen, qrim-tatar, grek, turk, kurd va hakozo xalqlar ko'chirildi. Ularning 1 milliondan ortig'i ko'chish jarayonida kiyinchiliklar natijasida vafot etdilar.
1945-1946 yil- 5 million atrofida 1947-1953 yil- "Leningrad ishi", "Vrachlar ishi" va "Kosmopolitlar ishi" bo'yicha 58 modda bo'yicha ("Sotsializmga qarshi propaganda" aybi bilan)- 1 milliondan ortiq kishi.
Urush davrida sobiq ittifoq xalqining 30 millionga yaqini kirilib ketdi. Urushsiz, no haq ayblar bilan 50 million kishini asossiz Qatag'on qilinishi tatalitar tuzumni, uning rahbari bo'lgan Stalinni umuman oqlash mumkin emasligini isbotlab turibdi.
Buning ustiga sobiq ittifoq tarixchi olimlari o'rtasida bo'lib o'tgan voqealarga, jarayonlarga Stalinni to'liq aloqasi yo'qdir, ko'p katl onlar uning xabarisiz bo'lgandir, ko'p hukmlar usiz bo'lganku" degan fikrlar uzoq davom etdi.
Arxiv hujjatlari tatalitar tuzumni qaror topishida, qatag'onlik siyosatining butun mamlakat bo'ylab yoyilishiga uning har bir hukmida shaxsan Stalinning ishtiroki va raxnomoligi borligini tasdiqlaydi.
1934 yil 1 dekabrda Stalinning ko'rsatmasi bilan Markaziy Ijroya qo'mitasi kotibi Yenukidze imzo qo'ygan, "qo'lga olinganlarning ishi tezlatilsin ular kechirilmasin, xukmlar tezda amalga oshirilsin" degan mazmunda derektiv hujjat e'lon qilingan edi.
Urush yillarida O`zbekiston fani va madaniyati xodimlari ham tarixiy g`alabani qo`lga kiritishda baholi qudrat o`z hissalarini qo`shdilar. Jami bo`lib ikkinchi jahon urushiga O`zbekistondan 1 mln.433 kishi safarbar etildi. Bu o`sha davrdagi O`zbekistondagi urushga yaroqli aholining 50-60 % ini tashqil etar edi. O`zbekistonlik 120 ming dan ortiq urush frontlarida mardlik va matonatlik ko`rsatgani uchun jangovor orden va medallarga, 338 kishi esa qahramon unvoniga sazovor bo`ldi. 32 nafar O`zbekistonlik askar uchchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan mukofotlandi. Ahmadjon Shukurov, Mamadali Topiboldiyev, Tuychi Eryigitov, Sobir Rahimov, Mamasharif Fayozov kabi qahramonlarimizning nomlari xalqimiz qalbida abadiy saqlanib qoladi. Xullas, O`zbek xalqi ikkinchi jahon urushi yillarida front ortidagi shavkatli mehnati va janggohlardagi jangovor jasoratlari bilan fashizm ustidan qozonilgan buyuk g`alabaga o`zining munosib hissasini qo`shdi. Urushdan keyingi yillarda O`zbekistonda sho`rolar istibdodi yanada kuchaydi. 50-80 yillar davomida respublikamiz xalq xo`jaligi rivojlanganligini hech kim inkor etmaydi. Lekin O`zbekistonga, asosan, xom ashyo yetkazib beruvchi manba sifatida qaraldi. Bu esa respublika iqtisodiyotining bir tomonlama rivojlanishiga olib keldi. Bunday siyosat oqibatida boy xom ashyo resurslarini tayyor mahsulotga aylantirishni imkoni yo`q edi. O`zbekistonda yetishtirilgan paxta, pilla va boshqa mahsulotlarni huzurini ularni qayta ishlab tayyor mahsulot chiqaradigan mintaqalar ko`rardilar. Urushdan keyingi har besh yillikda O`zbekistonda o`rta hisobda 100 tagacha va undan ham ko`prok sanoat ob`yekti ishga tushirildi. 1985 yilga kelib O`zbekistonda 1500 dan ortiq yirik ishlab chiqarish, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, kombinat va korxonalar bor edi. Sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1940 yildagiga nisbatan 20 barobardan ziyodroq oshdi. Xuddi shu yillar ichida elektr energiyasini ishlab chiqarish 180 barobarga oshdi. Markaziy Osiyoda eng yirik bo`lgan va yiliga 3 mln. kilovat soat energiya beradigan Sirdaryo GRESi bunyod etildi. 80-yillarning boshlarida O`zbekistonda 100 dan ortiq mashinasozlik va metal ishlovchi korxonalar bor edi. Ular orasida paxtachilikka mo`ljallangan qudratli traktorlar ishlab chiqaradigan Toshkent traktor zavodi, paxta terish mashinalari chiqariladigan «Toshqishloqmash» va «Chirchikqishloqmash», «Toshkent» ekskavator zavodlari va boshqa ko`pgina korxonalar bo`lib, ularning mahsulotlariga respublikada va uning tashqarisida ham talab katta edi. 60-70 yillarda kimyo sanoati, neft, toshko`mir, gaz, tog`-kon sanoati rivojlandi. Oltin ishlab chiqarish sanoati vujudga keltirildi. Biroq mustamlaka sifatida qaralgan respublikamiz o`z boyliklaridan mustaqil foydalana olmas edi. O`zbekiston tuprog`ida qurilgan va ma`lum darajada ahamiyatlirok bo`lgan sanoat korxonalarining 30 % i Ittifoq tasarrufida, 60 % i Ittifoq Jumhuriyat tasarrufida batamom markazga buysunar edi. Faqat 10 % gina sanoat korxonasi bevosita O`zbekistonga bo`ysungan va respublika iqtisodiyotida hal qiluvchi o`rin tutmagan.
«O`zbekistonda ishlab chiqarilgan sof oltinning 10 %i, uran va boshqa nodir metallarning oxirgi gramigacha, paxta tolasining 96 %i zo`ravonlik bilan hech kimdan so`ramasdan markazga (Rossiyaga) olib ketilgan».
O`zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish manfaatlarini ro`kach qilib, kuchli kimyo sanoati vujudga keltirildi. O`zidan zaharli moddalarni atrofga tarqatuvchi bunday korxonalar aholi zich joylashgan vohalar va shaharlarga joylashtirildi. Natijada ekologik vaziyat yomonlashdi. O`zbekistonda aholining tabiiy o`sish sur`atlari baland bo`lishiga qaramay, aholini ish bilan ta`minlash dasturi ishlab chiqilmadi. Oqibatda butun boshli ishsizlar armiyasi vujudga keldi.
Sho`rolar hukumati O`zbekiston qishloq xo`jaligini ilgarigi yillardagidek bir tomonlama rivojlantirish yo`lidan olib bordi va asosan paxtachilik taraqqiyotiga e`tiborni qaratdi.
50-80 yillarda Kommunistik firqa va sho`rolar hukumati paxtachilikni rivojlantirishga qaratilgan ko`plab qarorlar qabul qildi. Urushdan keyingi yillarda markaziy Farg`ona, Mirzacho`l, Qarshi, Surxon-Sherobod cho`llari o`zlashtirildi. Markaziy hukumat paxtachilikni rivojlantirish maqsadlarini ko`zlab bu sohaga juda katta hajmdagi mablag`larni sarflab paxtachilikning moddiy texnika bazasini mustahkamladi. 1940 yilda O`zbekiston paxta dalalarida 23 ming traktor ishlagan bo`lsa, 1985 yilda 188,9 ming traktor ishladi. Amudaryo va Sirdaryo havzasi suvlari hisobidan 20 dan ortiq suv omborlari, o`nlab kanallar barpo etildi. Paxta jazavasiga tushgan Markaz keragidan bir necha barobar ortiq mineral o`g`it yetkazib berdi. Besh yilliklar rejalarida respublikada paxta yetishtirish miqdori muttasil oshib boraverdi. O`zbekiston 1946 -1950 yillarda jami 7 mln. 723 ming tonna paxta bergan bo`lsa, 1981-1985 yillarda esa bu ko`rsatgich 28 mln.617,6 ming tonnaga yetdi. Ya`ni O`zbekistonda paxta yetishtirish 1946-1950 yillardagiga nisbatan 1981-1985 yillarda qariyb to`rt barobar ortdi.
Paxta yakkahokimligining o`rnatilishi o`zining bugungi kungacha ta`sir qilib kelayotgan og`ir asosratlarini qoldirdi. Yashnab turgan bog`-rog`lar, poliz ekinlari maydoni keskin qisqardi. oziq-ovqat taqchilligi kelib chiqdi. «Bu og`ir merosning yana bir xususiyati respublikaning yoqilgi va g`alla masalasida Markazga qaramligida, un, shakar, go`sht, sut mahsulotlari kabi eng muhim oziq-ovqat mollarining, boshqa xalq iste`moli tovarlari, tayyor mahsulotlarni chetdan olib kelinishida yaqqol qo`rinadi».
Yaylovlarning paxta ekiladigan maydonlarga aylantirilishi natijasida chorva mollari tuyog`ining umumiy soni keskin qisqarib ketdi. Paxta ekin maydonlari kengayishi Amu va Sirdaryo suvlarining Orol dengiziga oqishini keskin kamaytirdi. Orol fojiasi kelib chiqdi. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan xato va kamchiliklar sovet jamiyatini oxir oqibat inqirozga mahkum etdi.
Inqirozli vaziyat ma`naviy sohani ham qamrab oldi. Maorif, oliy va o`rta maxsus ta`limi tizimida son ketidan quvish, ma`muriy-buyruqbozlik tizimining o`rnatilishi kadrlar sifatiga salbiy ta`sir ko`rsatdi. Mustabid tuzum 50-yillar boshlarida madaniyat va fan arboblariga nisbatan qatag`on uyushtirdi. Baynalminalchilik shiori ostida milliy qadriyatlar chekkaga surib qo`yildi. 20-30 yillardayok Islom diniga qarshi kurash bahonasida xalqimizni qadimiy urf-odatlari, madaniyati, qadriyatlariga boshlangan hujum davom ettirildi. «Ro`za hayiti», «Kurbon hayiti», «Navro`z» kabi xalq bayramlari ta`qiqlandi, hatto Islomgacha ham xalqning eng sevimli taomi bo`lib kelgan «Sumalak» payg`ambar taomi sifatida ta`qiqlandi. Uning o`rniga yangi Sho`ro bayramlari va tantanalari joriy qilindi.
Milliy kiyimlarda yurish, sunnat tuyini qilish, o`z ona tilida muloqotda bo`lish eskilik sarqiti va madaniyatsizlik ko`rinishi deb baholandi. Din xalq uchun bir yukdir deb e`lon qilindi. Bolalar bog`chasidan toki oliy o`quv yurtlarigacha ateistik tarbiya tiqishtirildi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
Do'stlaringiz bilan baham: |