Ssenariysi (Zal bayramona bezatilgan bo‘lib, mayin musiqa sadolari ostida sahnaga boshlovchilar chiqib kelishadi) 1



Download 43,5 Kb.
Sana20.03.2022
Hajmi43,5 Kb.
#501713
Bog'liq
SSenariy


Ssenariysi
(Zal bayramona bezatilgan bo‘lib, mayin musiqa sadolari ostida sahnaga boshlovchilar chiqib kelishadi)


1-boshlovchi:
Ko’rgali husningni zor-u mubtalo bo’ldim sango,
Ne balolig’ kun edikim, oshino bo’ldum sango.


2-boshlovchi:
Har necha dedimki, kun kundin uzay sendin ko’ngul,
Vahki, kun kundin battarrak mubtalo bo’ldum sango.


1-boshlovchi: Assalomu alaykum! Buyuk mutafakkir, daho shoir, g‘azal mulkining sultoni-Mir Alisher Navoiy tavalludining mo‘jaz tantanasiga yig‘ilgan aziz mehmonlar!


2-boshlovchi: Assalomu alaykum! Mana shu davraga yig’ilgan adabiyot va she’riyat ixlosmandlari!
1-boshlovchi: Marg’ilon shahridagi ta’lim muassalarida faoliyat ko’rsatayotgan ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchilar tomonidan Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda Zahiririddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Nazm va navo” kechamizga, xush kelibsizlar.
2-boshlovchi: Bugungi adabiy kechamizni ochib berish uchun so‘z Marg’ilon shahar hokimi_____________________________________ga
2-boshlovchi: Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro’ kelmadi,
Ko’zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.


1-boshlovchi: Lahza-lahza chiqdimu chekdim yo’lida intizor,
Keldi jon og’zimg’ayu ul sho’xi badxo’ kelmadi.
Buyuk davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur esa: «...Alisherbek naziri yo‘q kishi erdi, turkiy bilan to she’r aytubturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘p aytqon emas»,-deya ta’riflaydi.


2-boshlovchi: Qo’shiq. Fido Navoiy g’azali. Ijro etadi Marg’ilon shahar amdaniyat markazi
1-boshlovchi: So’zga evurdi ikki labingni takallumung,
Yo bargi gulni iki ayirdi tabassuming.


2-bosh: Har kecha ko’nglum g’aming tog’ida faryod aylagay,
O’ylakim faryod-faryodini Farhod aylagay.
1-boshlovchi: Navbatni Alisher Navoiy va Bobur g’azallarining go’zal ijrosiga beramiz, marhamat!


2-boshlovchi:
Olam ahli bilingizkim, ish emas dushmanlig’,
Yor o’lung bir-biringizgakim erur yorlig’ ish.


1-boshlovchi: Sahna asari. Farhod va Shirin hamda Navoiy


2-boshlovchi: Qoshi yosinmu deyin, ko’zi qarosinmu deyin,
Ko’ngluma bir-birining dardi balosinmu deyin.


1-boshlovchi: Ko’zi qahrinmu deyin, kipriki zahrinmu deyin,
Bu kudurat ichra ruxsori safosinmu deyin.
Sohibi davlat-Alisher Navoiydirki, bizning zamonamiz aning birla sharaflidir. Turkiy tilda bir ajoyib naqsh qildiki, jodu damlilar labiga muhr bosib qo‘ydi”,-deya yuksak ta’rif beradi Abdurahmon Jomiy o‘z shogirdiga.


2-boshlovchi: Navbatni Marg’ilon shaharida faoliyat yuritayotgan ijodiy targ’ibotchilarimning she’riy guldastasiga beramiz.
1-boshlovchi: Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana,
Tiyra boʻldi roʻzgorim ul qaro qoshdin yana.

2-boshlovchi: Men hud ul tifli pariyvashgʻa koʻngul berdim, vale


Xonumonim nogahon buzulmagʻay boshdin yana.


1-boshlovchi: Navbat Zahiriddin Muhammad Bobur siymosini o’zida aks ettirgan sahna asariga, marhamat!


1-boshlovchi:
Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘,
Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘.
2-boshlovchi:
Gar zamonni nayf qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko‘rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig‘!
2-boshlovchi: Qo’shiq. “Yaxshilig’” Bobur g’azali. Ijro etadi Marg’ilon shahar madaniyat markazi xonandasi___________________________


1-boshlovchi: Mir Alisher na’rasiga Aks-sado berdi jahon,
She’riyat mulkida bo‘ldi Shohu sulton, o‘zbegim.


2-boshlovchi: Mirzo Bobur - sen, fig‘oning Soldi olam uzra o‘t,
Shoh Mashrab qoni senda Urdi tug‘yon, o‘zbegim.
1-boshlovchi: Azizlar, Shuning bilan bugungi adabiy kechamiz o‘z nihoyasiga yetmoqda. Lekin g‘azallar sehri qalbimizni to‘lqinlantirishda davom etaveradi.
2-boshlovchi: Barchamizga omad yor, Olloh madadkor bo‘lsin!
Download 43,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish