Ssenariy yozishgacha bo‘lgan qadam. Ssenariyda san’at vositalarining qo’llanishiga doir



Download 24,29 Kb.
Sana21.11.2022
Hajmi24,29 Kb.
#869780
Bog'liq
Ssenariy yozishda san\'at turlaridan foydalanish xususiyatlari


Mavzu: Ssenariy yozishda san'at turlaridan foydalanish xususiyatlari.
Reja:
1) Ssenariy yozishgacha bo‘lgan qadam.
2) Ssenariyda san’at vositalarining qo’llanishiga doir.

1) Talabalarga madaniy tadbirlar uchun ssenariylar yozishni o'rgatishning eng samarali usuli ularga mavzular berib, hikoyalar tuzishni o‘rgatishdir. Ayniqsa o‘ziga tanish bo‘lgan mavzular ustida yozish talaba uchun unchalik katta qiyinchilik tug‘dimiaydi. Masalan, “Mening oilam”, “Mening baxtli kunim”, “Men qilgan xato” va boshqa shunga o‘xshash mavzular ularga yaqin bo‘lganligi uchun ular yozishdan cho‘chimaydilar. Bunday hikoyalami yozish ssenariy yozishga kirishdir, deb aytsak to‘g‘ri bo‘ladi. Hikoya ham yuqorida aytib o‘tganimizdek, m a’lum maqsadga qaratilgan kompozitsion qurilish talablariga itoat etuvchi janr hisoblanadi. Unda voqelikni tahlil qilish, mantiqiy yondashish, tahlil qilish asnosida ketma-ketliklami to‘g‘ri belgilashni o‘rgatadi. Ssenarist juda ko‘p ldtob o‘qishi, katta m a’lumotlar bazasiga ega bo‘lishi haqida yuqorida aytib o‘tgan edik. U ko‘p kitob o'qish orqali m a’lumotlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda ssenariyda stilistik va orfografik jihatlarni ham o‘zlashtirib boradi. So‘zlami bir-biriga ulab gap tuzish, ko‘z oldiga kelgan narsani ifodalashni qog‘ozga tushirishda kuzatish usuli katta samara beradi. Masalan, o‘qituvchi topshiriq beradi: “Tashqariga qarang. Yomg‘ir yog‘yapti. Anashu holatda so‘z o‘z ko‘zlariningiz bilan ko‘rayotgan holatlarni tasvirlab yozing”. Bu topshiriq talabani atrofni sinchkovlik bilan kuzatishga va atrofda bo‘layotgan voqeliklami qanday so‘zlar bilan ifodalashga urinib ko‘rishga undaydi. Yana bitta amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish uchun o‘qituvchi talabalarga topshiriq bermoqda. Vazifa shundan iborat: “Hamma o‘zi tanlagan biron bir predmetga ta’rif bersin”. o’qituvchi - “Masalan, rejissor” so‘zi fransuz tilidan olingan bo‘lib, “boshqaraman” degan ma’noni anglatadi”deb misol keltiradi. Yoki, “svetofor”ga ta’rif berib ko‘raylik. Talaba sfetofor haqidagi tasavvurlarini ishga solib, unga ta’rif berishga harakat qiladi. “Svetofor- bu 3ta rangdan iborat bo‘lgan chiroqli moslama bo‘lib, transport va yo‘lovchi laming yo‘l harakatlarini muvofiqlashtirib turadi”. Boshqasi, yana boshqacha ta’rif berishi mumkin. o’qituvchi misollarni berib bo‘lgandan so‘ng, ularning har biriga jonivorlar, turli predmetlar, umuman olganda xohlagan so‘zga ta’rif berishga majbur qiladigan topshiriqlardan beradi. Buni o‘yin sifatida o‘tkazish ham mumkin. Masalan, stol, rachka, kostum, printer, telefon va h.k.



2) Tadbirlarni tashkil etishda juda ko‘p san’at turlaridan foydalanamiz. Teatr san’atining barcha elementlari, raqs, rassomlik ijodiyoti, dramaturgiya, aktyorlik, rejissorlik, badiiy bezak, so‘z san’ati va boshqalar tadbirlar uchun katta manbalardan hisoblanadi. Mazkur mavzuda tadbirlarda eng ko‘p qo‘llaniladigan san’at turlaridan raqs va musiqa san’ati to‘g‘risida fikr yuritamiz. Raqs - insonning mehnat jarayonida tashqi olamdan olgan emotsional taassurotlari bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan va inson gavdasining harakat va holatlari vositasi bilan yaxlit badiiy obraz yaratiladigan san’at turidir. Insonlar bayramlarda o’z quvonchlarini raqslari orqali namoyon etadilar. Kayfiyati yo’q inson hech qachon raqsga tushmaydi. Kayfiyatning yuqori cho’qqisi raqsga borib taqalishi barchamizga m a’lum. Shunday ekan, bayramlar va tomoshalarda raqs san’atining o’mi va roli benihoya kattadir. Xoreografiya bilim yurtlarida raqsning ilk elementlaridan boshlab, partnyor bilan ishlash, obraz yaratish, milliy, klassik asarlari raqslari, turli millatlar raqslari xatti-harakatlari o’rgatilib boriladi. Raqslarning sinxron shaklda sahnalashtirilishi tomoshabin ko’z oldida yangi manzarani gavdalantiradi. Hozirgi kunda bayram va tomoshalarda raqs harakatlari tomoshaning boshidan oxirigacha davom etib turishi mumkin. Chiroyli, did bilan kiyinib olgan raqqosa qizlaming mayin, jozibali harakatlari, yigitlaming esa jo ’shqin va shiddatli harakatlari sahnada tomoshaviylik efFektini yanada kuehaytiradi, sahna bezagi, musiqa va raqs uyg‘unligiga erishiladi, natijada tomoshabin bundan estetik zavq oladi. Keng masshtabli maydonni badiiy jihatlar bilan to’ldirish ancha murakkab jarayondir. Dekoratsiyalar, sharlar, afisha, kartinalar, shiorlar, gullar, chiroyli did, dizayn bilan qurilgan sahna, chiroqlar va boshqalar tomosha o’tadigan joyning asosiy badiiy bezagi uchun xizmat qiladigan vositalardir. Turli rang-barang liboslar kiyib olgan yigit qizlaming raqs harakatlari esa bu jihatlarni yanada to’ldirib, boyitadi. Konsert zallarida, teatr sahnasida, madaniyat uylari saroylari sahnasida, xullas, an’anaviy sahnaviy muhitda yakka, juft va ommaviy sahnalarda ko’pi bilan 20-30 kishi qatnashishi mumkin. Noan’anaviy sahnalarda, masalan, sport maydonlari, sirk arenasi, ko’chalarda, bog‘larda, xiyobonlarda o’tkaziladigan bayram va tomoshalarda ularning soni yuz (ba’zan undan ham ortiq) barobarga ko’payadi. Ommaviy bayram va tomoshalarda baletmeyster rejissor bilan barobar ishlashga to’g’ri keladi. Chunki maydonda bo’layotgan voqealarning deyarli barchasi raqs, plastik xatti-harakatlar orqali namoyish etiladi. Masalan, xonanda ham sahnaga chiqqandan keyin unga ozmi-ko’pmi raqs harakatlari elementlarini qo’llashi kerak bo’ladi. Raqs faoliyati bevosita musiqa san’ati bilan chambarchas bog‘langanligi tufayli, ularning uyg‘unligiga erishish rejissor va baletmeysterdan katta ustalik, mahorat talab etadi. Mavzuga mos, tadbir g‘oyasidan kelib chiqib, musiqa asari yaratilgandan so‘ng, raqslami sahnalashtirish uchun baletmeyster avval musiqani tinglab, o ’zida o’zlashtirib, unga mos xatti-harakatlar izlaydi. Harakatlar bekorchi, oddiy qo’l yoki oyoq harakatlari emas, m a’no va mazmunga ega bo’lgan xatti-harakatlardan iborat bo’lishi va tadbir mazmuniga, g‘oyasiga xizmat qilishi lozim. Bayram va tomoshalarni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, tomoshalar turli bloklarga ajratiladi va bu bloklarda alohida-alohida sahnalashtirish ishlari amalga oshiriladi va bosh rejissor tomonidan «yig‘iladi». Ishlash jarayonida turli sahna ko’rinishlari, musiqa va boshqa nomerlar o’zgarishi mumkin. Rejissor,ssenarist, baletmeyster va bastakorlar tomoshani yangi ijod mahsuli bilan boyitib boradilar. Ularda hozirjavoblik hissi juda kuchli bo’lmog‘i lozim. Bunday sharoitda, ayniqsa, baletmeyster zimmasiga kuchli mas’uliyat yuklatiladi.


Download 24,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish