Delphi 7 dasturlash muhitida ilova dastur yaratishdan avval uning interfeysini tassavur qilib olamiz. Hozirgi misol uchun bu muhim emas, sababi kalkulyator interfeysini windowsning standart dasturi hisoblangan kalkulyatorga o’xshatib olamiz. Buning uchun ilova oynasini kerakli o’lchamga keltirib olamiz.
Bu ishni Obyekt inspektori orqali amalga oshirish mumkin. Obyekt inspektorida odatda tanlangan obyektning xususiyatlari tanlanadi (o’zgartiriladi). Form1 xususiyatlari ichidan Height (oyna bo’yi)ni 325 ga o’zgartiramiz, Width (oyan eni)ni 227 ga o’zgartiramiz natijada quyidagi 1-rasmdagi ko’rinishga erishamiz. Bu o’lchamlarni visual holatda sichqoncha yordamida ham amalga oshirish mumkin. Buning uchun sichqonchani ilova oynasi chetki qismiga olib kelamiz, sichqoncha ko’rsatgichi ↔ ko’rinishga o’zgaradi. Shu holda sichqoncha chap tugmasini bosib kerakli tomonga siljitamiz.
1-rasm
Kalkulyator uchun oyna o’lchamlarini belgilab oldik. Endi navbatdagi amallardan biri dastur sarlavha satrini sozlaymiz. Buning uchun Obyektlar inspektoridan Form1 ning Caption xususiyatini Form1 dan “Kalkulyator” so’ziga almashtiramiz. Bu ishni formani yuklanish hodisasi bilan ham amalga oshirish mumkin, buning uchun ilova oynasi Form1 ustida sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosilsa dastur kodi oynasi ochiladi. Shu oynaga Form1.Caption:='Kalkulyator'; iborasini yozamiz.
Endigi navbat barcha dasturlarda bo’lgani kabi uning yorlig’ini o’rnatamiz. Yorliq ico formatidagi kichik rasmcha bo’lib dasturni tanib olish uchun foydalaniladi. Standart holatda Delphi ilovalar uchun o'z yorliqni taklif etadi. Uni o’zgartirish uchun yana Form1 xususiyatlaridan icon xususiyatini tanlaymiz natijada ico faylini yuklash oynachasi ochiladi va undan kerakli yorliqni tanlab Ok tugmasini bosib chiqib ketamiz (2-rasm).
Dastur sarlavhalar satri o’ng tomonida oynani boshqarish tugmalari mavjud bo’lib ulardan ‘Kalkulyator’ dasturi uchun oyna o’lchamini tanlash tugmasi shart emas. Shuning uchun yana Form1 xususiyatlariga murojaat qilamiz. Ular ichidan BorderIcons bo’limi ichidan biMaximize xususiyatini False ga, BorderStyle xususiyatini esa bsSingle ga o’zgartiramiz.
Kalkulyator dastruri oynasi tayyor bo’ldi. Endi unga boshqarish tugmalari (Button) va raqamlarni ko’rsatib turishi uchun yozuv oynachasi (Edit) obyektlaarini o’rnatib chiqamiz. Shunda ilova oynasi ko’rinishi 3-rasmdagi ko’rinishga keladi.