SQL tilida jadvallar yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish.
SQL( Structured Query Language) (STRUKTURALASHGAN SO’ROVLAR TILI) ma’lumotlarni almashtirish tili bo’lib xisoblanadi, ya’ni u jadvallar bilan ishlash mo’ljallangan bo’lib, kiruvchi ma’lumotlar talab etilgan chiquvchi ko’rinishga ega xolga aylantirib beradi.
SQL tili ikkita asosiy komponentga ega:
DDL tili (DATA DEFINITION LANGUAGE ma’lumotlar aniqlash tili) bu ma’lumotlar ba’zasi strukturasini aniqlash va ma’lumotlarga murojaatni boshqarish uchun mo’ljallangan. Bu komponentning asosiy konstruksiyalari:
CREATE TABLE-yangi jadval yaratish
DROP TABLE-jadvalni o’chirish
ALTER TABLE-jadvalni o’zgartirish
DML tili (DATA MANIPULATION LANGUAGE) ma’lumotlarni manipulyatsiyalash tili. Ma’lumotlarni ajratish va tiklash uchun mo’ljallangan. Bu komponentning asosiy konstruksiyalari:
SELECT-ma’lumotlarni tanlash
INSERT-yangi ma’lumotlar qo’shish
UPDATE-ma’lumotlarni yangilash
DELETE-ma’lumotlarni o’chirish
Jadvallarni yaratish
Jadvallar CREATE TABLE komandasi bilan yaratiladi. Bu komanda qatorlarsiz bo‘sh jadval yaratadi. CREATE TABLE komandasi jadval nomini va jadvalning o‘zini ko‘rsatilgan tartibdagi ustunlar ketma – ketligi ko‘rinishida aniqlaydi. Unda har bir ustundagi maʼlumotlarning tiplari va ustunlar o‘lchovi ko‘rsatiladi. Har bir jadval juda bo‘lmaganda bitta ustunga ega bo‘lishi kerak.
CREATE TABLE komandasi sintaksisi:
CREATE TABLE
( [()],
[()], ... );
CREATE TABLE [IF NOT EXISTS] table_name(
column_1_definition,
column_2_definition,
...,
table_constraints
) ENGINE=storage_engine;
Argument qiymati kattaligi maʼlumot turiga bog‘liqdir.Agar siz maxsus ko‘rsatmasangiz, tizim avtomatik qiymatni o‘rnatadi.
Misol uchun:
CREATE TABLE IF NOT EXISTS tasks (
task_id INT AUTO_INCREMENT PRIMARY KEY,
title VARCHAR(255) NOT NULL,
start_date DATE,
due_date DATE,
status TINYINT NOT NULL,
priority TINYINT NOT NULL,
description TEXT,
created_at TIMESTAMP DEFAULT CURRENT_TIMESTAMP
) ENGINE=INNODB;
Jadvallarni o‘chirish
Jadvalni o‘chirish imkоniga ega bo‘lish uchun, jadval egasi (Ya’ni yaratuvchisi) bo‘lishingiz kerak. Jadvalni o‘chirish kоmandasi quyidagi ko‘rinishga ega:
DROP TABLE < table name >;
Masalan: DROP TABLE Salepeople;
Jadvalni o‘zgartirish
Jadvalni o‘zgartirish uchun ALTER TABLE kоmandasidan fоydalaniladi. Bu kоmanda jadvalga Yangi ustunlar qo‘shish, ustunlarni o‘chirish, ustunlar kattaligini o‘zgartirish,hamda cheklanishlarni qo‘shish va оlib tashlash imkоniyatlariga ega.
Jadvalga ustun qo‘shish uchun kоmandaning tipik sintaksisi:
ALTER TABLE ADD
;
Masalan:
ALTER TABLE Salepeople ADD Phone CHAR(7);
Jadvalga ustunni o’zgartirish uchun kоmandaning tipik sintaksisi:
ALTER TABLE table_name
MODIFY COLUMN column_name datatype;
Jadvalga ustunni o’chirish uchun kоmandaning tipik sintaksisi:
ALTER TABLE table_name
DROP COLUMN column_name;
Do'stlaringiz bilan baham: |