Sportning basketbol turi bo’yicha bir soatlik dars ishlanma.
Dars mavzusi: Basketbol to‘pini turgan joyda, harakatda o‘zatish va qabul qilib olish xarakatlarning o‘quvchilar organizmiga ijobiy ta’siri.
Darsning maqsadi va vazifalari. Basketbol uyinida bajariladigan mashqlarni o‘rganish. O‘kuvchilarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
Tezlik, sakrovchanlik va chaqqonlikni rivojlantirish.
Turgan joyda, harakatda to‘pni o‘zatish va ilib olishni o‘rganish.
To‘pni halqaga tashlashni takomillashtirish.
Darsning davomiyligi: 45 daqiqa.
Jihozlar. Basketbol to‘plari va hushtak, sekundomer. (2 shug‘ullanuvchiga 1 dona to‘p)
Tashkiliy qism: 14-15 daqiqa.
Saflanish, salomlashish, davomatni aniqlash salomatligini so‘rash .
Saf mashqlari o‘ngga,chapga, chap yelkadan orqaga burilish.
Maydon bo‘ylab oyoq uchida, tovonda yurish .
4. Yengil yugurish, to‘g‘riga va yon tomonlarga qarab yugurish umumiy rivojlantiruvchi mashqlar.
Bo‘yin muskullarini harakatlantirish A.X.oyoqlarni gavda kengligida ochib qo‘llar belga qo‘yilgan holda chapga 4-marta, o‘ngga 4-marta boshni aylantirish (5-6 m takrorlanadi).
Yelka muskullarini harakatlantirish A.X. oyoqlarni gavda kengligida ochib qo‘llar yelkalarga qo‘yilgan xolda oldinga 4-marta orqaga 4-marta yelkani aylantirish (5-6 m takrorlash)
А.X. oyoqlarni gavda kengligida ochib 1- qo‘llar oldinga o‘zatilgan holat,2-qo‘llar yuqoriga ko‘tarilgan holda, 3-qo‘llar yon tomonga, 4- A.X. (5-6 m takrorlash)
Yon tomonga egilish A.X. oyoqlarni gavda kengligida ochib o‘ng qo‘l yukoriga
ko‘tarilgan chap qo‘l belga qo‘yilgan holda 1-2 chap tomonga egilish 3-4 qo‘llarni almashtirib o‘ng tomonga egilish. (5-6 m takrorlash)
A.X.oyoqlarni gavda kengligida ochib qo‘llar ko‘krak oldga tutilgan holda 1-2 qo‘llar ko‘krak oldida harakatlantiriladi 3-4 qo‘llar yoyilgan holda orqaga harakatlantiriladi (5-6 m takrorlash).
6. А.X.oyoqlarni gavda kengligida ochib qo‘llar belga qo‘yilgan holatda 25 marta o‘tirib turish o‘tirgan vaqtda qo‘llar oldinga o‘zatilgan holatda bo‘ladi .
7. O‘tgan darsdagi mavzuni so‘rash, yangi mavzu aytish va qisqacha tushuntirish.
Asosiy qism 24-25 daqiqa:
O‘quvchilar 2 guruhga bo‘linadi.
1. Turgan joyda to‘pni ko‘krak oldidan ikki qo‘llab o‘zatish va qabul qilib olish
mashqlarini bajarish (8 daqiqa).
Yon tomonga harakatlanib to‘pni o‘zatish va qabul qilish mashqlarini
bajarish. (8 daqiqa)
Tezlikni o‘zgartirish bilan to‘pni olib yurish va halqaga to‘p tashlash
mashqlarini bajarish (9 daqiqa).
Yakuniy qism- 5 daqiqa.
O‘quvchilarning mashqlar davomida erishgan yutuklari va kamchiliklarini aytish. Darsda yaxshi ishtirok qilgan mashqlarni yaxshi bajargan o‘quvchilarni baholash va o‘qib eshittirish. Uyga vazifa ertalabgi badan tarbiya mashqlari va to‘pni olib yurish mashqlarini bajarish.
Nazariy savollar.
1.Basketbol o‘yinining tarixi kelib chiqishi haqida?
2.To‘pni o‘zatish va ilib olish usullariga tavsif bering?
3. Sport o‘yinlariga qaysi sport turlari kiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |