BRASS USULI HAQIDA MA'LUMOT
Brass mustaqil sportcha suzish usuli sifatida III Olimpiada o'yinlarida (1904 yil, Sent-Luis) namoyon bo'ldi. IV Olimpiadada 200 m ga va XIX Olimpiada o'yinlari dastursiga 100 m masofaga shu usulda suzish kiritildi.
Brass usulida suzish texnikasi rivojlanishining tarixi uch bosqichdan iborat:
Birinchi bosqich (1904-1935 yillar) -oyoq Harakati qo'l harakatidan samaraliroq deb hisoblangan. Oyoq harakatining samarasini oshirish uchun imkoni boricha ularni keng yozish va tizza bo'g'imidan bukish tavsiya qilingan. Eshish qo'llarni bukmasdan keng yozilgan holda yonga, gorizontal yuzada harakatlantirib bajarilgan. Umuman oyoq va qo'l harakatlari koordinasiyasining alohida bajarilishi (qo'llarning eshish Harakatidan so'ng oyoqlar birlashtirilgan) qisqa vaqtli pauza (sirpanish) va eshish paytida nafas olish bilan xarakterlangan. 30-yillar boshlarida brass usulida suzuvchilar klassik uslubning asosiy elementlarini-namoyish qilganlar. Bunda gavdaning gorizontal holati, qo'llarning aktiv ishlashi, oyoqlarning orqa yo'nalishda aylana bo'ylab eshishi va qo'llar eshish harakatining boshlanishida nafas olinishi bilan xarakterlangan. Musobaqa qoidasi takomillashmaganligi sababli qo'llar bilan songacha eshish, qo'llarni havodan olib o'tish kabi elementlar texnikasi vujudga keldi.
Brass usulida suzish texnikasi takomillashuvining ikkinchi bosqichida (1935-1953 yillar) yangi suzish usuli-«batterflyay» kelib chiqdi. Natijada oldingi brass usuli istiqbolsiz bo'lib qoldi.
1953 yili musobaqa qoidalariga aniqlik kiritildi. Xalqaro suzish federasiyasi qarori bilan brass va batterflyay mustaqil sportcha suzish usuli sifatida ajratildi. 1953 va 1954 yillari sovet suzuvchisi V. Minashkin 100 m masofaga brass usulida suzishda Jahon rekordini uch marta yangiladi (1. 11, 9; 1. 11, 2; 1. 10, 5). U qo'l va oyoq harakatlari orasidagi pauzani yo'qotib, ikki siklda bir marta nafas olish bilaa harakatlarni tez sur'atda bajardi.
60-yillar boshida brassning yangi varianti vujudga keldi. Sovet suzuvchisi G. Prokopenko, amerika sportchisi U. Malliken va CH. Yastremski, yapon suzuvchisi K-Isakilar brassning yangi, tezkor variantini boshlab berdilar. Bu variantda gavda yuqori holatda tutilib, nafas olish eshishning oxirida bo'lar, oyoq harakatlari qisqa amplitudada va yuqori sur'atda o'tkazilar edi.
Rus suzuvchisi G. Prozumenshchikovaning texnikasj ham ishonchli, maqsadga muvofiq, samarali bo'lgan. Shuningdek, N. Papkin, A. Uozaytis, M. Koshevaya, M. Yurchenya, L. Rusanova, YU. Bogdanova, L. Kachyushite, S. Varganovalar rus suzish maktabining yaxshi an'analarini davom ettirdilar. Qisqa amplitudadagi eshish harakati, qo'l va oyoq harakatlaridagi pauzaning yo'qligi, eshish oxirida tez nafas olinishi, katta kuch va yuqori sur'at-zamonaviy brass texnikasiga xos xislatlar ana shular bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |