Yoy va o‘q
0‘yinni sport zalida, maydonchada, o‘tloq joyda yoki yalang- likda o‘tkazish mumkin. Bu o‘yin uchun yasama yoy o‘qi va yoy, nishonli faner taxtalar kerak.
0‘yinda 12 kishigacha qatnashish mumkin. Har bir o‘yinchida 5 ta dan o‘q boTishi kerak.
O yinning tavsifi. Otish chizig‘idan 20 metr nariga nishonli fanerlar o‘matiladi yoki osib qo‘yüadi. 0‘yin rahbari signal berishi bilan o'yinchilar chiziqqa keladilar va o‘qlarni nishonlarga otadilar. Nishonlar 3 xil radiusli bo‘ladi:
markaziy radius — 10 ochko;
o‘rta radius — 6 ochko;
katta radius — 0 ochko.
Keyin ochkolar hisoblab chiqiladi. Ko‘p ochko to‘plagan o‘yin- chi yoki jamoa (agar o‘yin jamoalar o‘rtasida o‘tkazilsa) g‘olib hisoblanadi.
O yinning qoidasi. O'ynovchi ikki holatda, ya’ni tik turib va tiz cho‘kib turib otish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |