Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish va xakamlik qilish o‘tkazish



Download 496 Kb.
bet14/34
Sana29.03.2023
Hajmi496 Kb.
#923073
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish va xakamlik q (1)

HAKAMLAR KOLLEGIYASI


hakamlar kollegiyasining sostavi.
1. Musobaqalar uchun hakamlar kollegiyasi tashkil etiladi. Bu kollegiyani musobalarni o’tkazayotgan tashkilot uyushtiradi. Musobaqani bosh hakamini tegishli sport jamiyatlari va tashkilotlari musobaqani o’tkazayotgan tashkilot tasdiqlaydi.
2. hakmlar kollegiyasining qarorini tegishli sport jamiyatlari yoki hakamlar kollegiyasini tasdiqlagan tashkilot qaytadan ko’rib chiqishi va o’zgartirishi, faqat hakamlar kollegiyasi musobaqa qoidalarini buzgan taqdirdagina mumkin.

  1. hakamlar kollegiyasi quyidagicha tuziladi. (jadvalga qarang)

  2. Musobaqaning muayyan bir to’rini o’tkazish uchun hakamlardan brigada
    tuziladi va bunday brigadaga katta rahbar hakamlik qiladi.

  3. Bosh hakam, uning o’rinbosari va bosh sekretar oldinroq belgilanishi
    lozim, toki ular musobaqa tayyorgarligiga oldindan hozirlik
    ko’rsinlar.

ESLATMA: 1. Boshqarmalar musobaqalari tegishli teritoriya musobaqalariga tenglashtiriladi.
2. Bunday musobaqalarda brigada va hakamlar soni programma hajmiga, o’tkazish grafigiga va musobaqaning ayrim turlarida qatnashuvchilar soniga qarab belgilanadi.
3. Programmada maydondan tashqarida yugurish bo’lsa, hakamlar kollegiyasiga qo’shimcha ravishda distantsiyalardagi va ovqatlanish punktlaridagi hakamlar kiritiladi. Bu hakamlarni distantsiya boshliqlari va ularning yordamchilari boshqaradi. hakamlar soni distantsiyalarning uzun va qisqaligiga va xususiyatiga bog’liq bo’ladi.
14. Musobaqalarda elektromexanik apparatlar (fotofinish, avtoxronometraj, elektor ko’rsatgichlar va q. k) ishlatilsa tegishli brigadalar zarur miqdorda hakamlar va texnik xodimlar bilan tugatilish kerak.





hakamlar lavozimlari

Musobaqa masshtabiga muvofiq hakamlar soni

Butun ittifoq Respublika musobaqasi

o’lka, oblast’ musobaqa

SHahar, rayon musobaqasi

Fizkul kollekt. musobaqa

1

Bosh hakam

1

1

1

1

2

Bosh hakam o’rinbosarlari

4-7

2-4

1-3

1

3

Bosh sekretar’

1

1

1

1

4

Bosh sekretar yordamchilari

6-10

3-5

2-4

1

5

Startyorlar

2-3

1-2

1-2

-

6

Startyorlar yordamchilari

1-2

1-2

5-6

3-4

7

Marradagi hakamlar

6-9

5-7

8-10

3-5

8

Distantsiyalar estafeta etaplari va to’siqdagi hakamlar

12-18

8-12







9

Sekundametrist hakamlar

6-9

5-7

4-6

3-4

10

YUrish musobaqasi hakamlari

10-12

8-10

6-8

2-4

11

YUrish musobaqasi sekretari

1-2

1-2

1

1

12

Sakrash bo’yicha hakamlarning bitta brigadasi

5-7

4-5

3-4

3-4

13

Uloqtirish bo’yicha hakamlarning bitta brigadasi

5-8

4-6

3-5

3-4

14

qatnashuvchilar qoshidagi hakamlar

3-5

2-3

1-2

=

15

Informatsiya hakamlari

4-6

3-5

1-2

1

16

Jihozlar va inventar bo’yicha hakamlar

2-3

1-2

2-3

-

17

Musobaqalar vrachi

2-3

1-2

1

1



BOSH HAKAMI



  1. Bosh hakam musobaqa rahbari hisoblanib, hakamlar kollegiyasi ishini
    boshqaradi

  2. Bosh hakam:

a) musobaqa joyinig to’g’ri tayyorlanganligiga javob beradi.
Musobaqa joyini tayyorlash va uning sifatli bo’lishi stadion
direktsiyasi va shu musobaqani o’tkazayotgan tashkilot tomonidan
ta`minlanishi lozim.
b) musobaqa boshlanguncha musobaqa o’tkazish uchun ajratilgan
joylarning hammasini, stadiondagi yugurish yo’llarini qay ahvolda
ekanligini va stadiondagi tashqaridagi yugurish distantsiyalarni,
yugurish yo’li va distantsiyalarini o’lchanganlik haqidagi aktni tekshirib
chiqadi, musobaqa o’tkazish uchun zarur inventar’ va asbob-uskunalarning
saranjomligini (ularning yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini va musobaqa
qoidalariga muvofiq yoki muvofiqligini) tekshiradi, qatnashuvchilar va
hakamlar uchun ajratilgan binolar qay ahvolda ekanligini ko’rib chiqadi:
s) hakamlarni musobaqa programmasining ayrim turlari bo’yicha taqsimlab chiqadi:
d) musobaqalarning to’g’ri va uzluksiz borishiga qarab turadi,
musobaqa davomida vujudga keladigan masalalarni va
tushunmovchiliklarni hal qiladi:
e) agar birorta qatnashuvchining qoidani buzishi boshqa
qatnashuvchilarning natijalariga ta`sir qilgan bo’lsa va bosh hakamning
fikricha ular qaytadan musobaqalashishga haqli bo’lsalar, bunday qatnashuvchilar uchun yangidan musobaqa tayinlaydi:
e) barcha rekord natijalarni to’g’riligini tekshiradi va tasdiqlab
beradi;
j) musobaqa boshlanishi oldidan shuningdek tugaganidan so’ng (yoki
ayrim musobaqa turi uchun) musobaqani va natijalarini tasdiqlash
hamda muhokama qilish uchun hakamlar kollegiyasi kengashi o’tkaziladi;
z) musobaqa tugaganidan so’ng 3 kun ichida shu musobaqani o’tkazgan
tashkilotga va hakamlar kollegiyasiga prezidiumiga musobaqa haqida yozma
hisobot beradi.
ESLATMA: hisobotda quyidagilar yoritilishi lozim:

  1. Musobaqaning aniq nomi:

  2. Musobaqani o’tkazayotgan tashkilotning nomi:

  3. Musobaqa o’tkazish vaqti va joyi:

  4. qatnashgan komandalar (tashkilotlar) soni:

  5. qatnashgan sportchilar soni (hammasi, shu jumladan ayollar, erkaklar,
    qizlar, yigitlar):

  6. Sport masteri birinchi, ikkinchi, uchinchi va yoshlar razryadi
    nomerlarini bajargan qatnashuvchilar soni (hammasi, shu jumladan
    ayollar, erkaklar, qizlar, yigitlar):

  7. Musobaqalar o’tkaziladigan joyning qanday tayyorgarligi va holati:

  8. Ob-havo (temperatura, yog’ingarchilik, shamol yorug’ligi):

  9. Ariza va shikoyatlar (ariza va shikoyatlar tushdimi, ular qanday hal
    qilinadi):

  10. Oldingi olti o’rinni egallagan komandalar:

  11. Programmaning shaxsiy birinchiligi uchun har bir nomerda
    oldingi olti o’rinni egallagan sportchilar:

  12. Rekordlar va eng oliy yutuqlar (kim tomonidan qo’yildi?, qanday
    natijaga erishdi?, akt tuzildimi?):

  13. Jarohatlanish (shikastlanishlar yuz berdimi?, qanday choralar
    ko’rildi?):

  14. Eng yaxshi va eng yomon komandalar qatnashuvchilarining texnik
    tayyorgarligi:

  15. Musobaqalarni a`lo darajada o’tishiga xizmat qilgan eng yaxshi
    vakillar, hakamlar va boshqa shaxslar:

  16. Bosh hakamlar kollegiyasining tarkibi (familiyalari bilan):

  17. Musobaqalarga kelgan tomoshabinlar soni ularga xizmat ko’rsatish
    (informatsiya, savdo-sotiq, qo’shimcha binolar va boshqalar):

  18. Xulosa va takliflar:

hisobotga musobaqalarda qatnashgan hakamlarning to’liq ruyxati albatta ilova qilib berilishi kerak, unda hakamning lavozimi ko’rsatilishi va uning har bir bajargan ishi baholanishi kerak. Bosh hakam:
a) musobaqani qoldirishi uning boshlanishi, kechiktirishi,
musobaqa tugamasidan uni tuxtatishi va ko’zda tutilgan holatlarda
vaqtincha tanaffus e`lon qilishi;
b) juda zarur bo’lib qolsa, musobaqa programmasi va jadvaliga
o’zgartirishlar kiritish mumkin;
ESLATMA: Bosh xakam nizomda berilgan musobaqa shartlarini o’zgartira olmaydi.
v) bosh hakam shu musobaqa nizomiga yoki qoidalariga o’z yoshi,
razryadi, kostyumi va boshqalar jihatidan to’g’ri kelmaydigan
sportchilarni musobaqaga qo’ymasligi mumkin;
g) qo’pollik qilgan yoki sportchi nomiga nomunosib harakatlar
qilgan qatnashuvchilarni musobaqadan chiqarib yuborishga haqli;
d) qo’pol holatlarga yo’l qo’ygan yoki unga bklatilgan vazifalarni
bajara olmagan hakamlarni ishdan chetlatishi mumkin;
e) agar biror hakamning qarori noto’g’ri ekanligiga ishonch ishonsa,
u qarorni o’zgartirish huquqiga ega;
ESLATMA: Agar bosh hakam start berilgan joy yaqinida turgan bo’lsa startyor qarorini ham o’zgartira oladi. Bosh hakam shu zahotiyoq muayyan bir qarorga kelishi kerak.



Download 496 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish