Musobaqalarni tayyorlash, uning nizomi hamda sistemasi.
Musobaqalarni yuqori saviyada otkazish ularni tayyorlash darajasi qanday bolganligiga bevosita bogliqdir.
Tayyorgarlik ishlariga hujjatlarni tayyorlash (ishlab chiqish), musobaqa otkaziladigan joylarni tayyorlash, qatnashuvchi jamoalar bilan ish olib borish va shu kabilar kiradi.
Har bir musobaqaga tayyorgarlik unga nizom tuzish bilan boshlanadi. Nizom musobaqa otkazishda asosiy hujjat bolib hisoblanadi. U yoki bu tashkilot Nizomni oldindan aniq bilishi, unga oquv-trenirovka ishlarini togri rejalashtirishiga yordam beradi. SHuning uchun Nizomni oz vaqtida qatnashuvchi tashkilotlarga oldindan yuborishlari ota zarur.
Nizom musobaqani otkazuvchi sport tashkiloti tomonidan tuziladi, hamda quyidagilarni ifodalaydi:
Musobaqaning maqsadi va vazifalari. Ular quyidagilardan iborat bolishi mumkin:
a) oquv-trenirovka ishlarining yakunini tekshirish;
b) basketbolchilarning tayyorgarligini tekshirish va kuchlilarni aniqlash;
v) sportchilarning sistemali ravishda trenirovka qilishga va sport mahoratlarini oshirishga bolgan qiziqishlarini oshirish;
g) basketbol oyinini omma ortasida keng yoyish va boshqalar.
Musobaqalarni otkazish joyi va vaqti. Musobaqa otkaziladigan shahar (baza) korsatiladi va kunlari belgilanadi.
Musobaqani boshqarish. Musobaqani tashkil qiluvchilar qaysi tashkilotligi, rahbarlari, hakamlar hayati va ularni tasdiklovchi tashkilot korsatiladi;
Musobaqalarda qatnashuvchi tashkilotlar va sportchilar. Musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni va nomi korsatiladi; talabnoma (zayavka)ga kiritiladigan qatnashuvchilarning kopi bilan qancha bolishligi, yani soni, yoshi va ularni malakasi belgilanadi.
Musobaqalarni otkazish shartlari. Qura tashlash vaqti, joyi va uning asosiy prinsiplari (tamoyillari) malum qilinadi. Musobaqa qaysi oyin sistemasi (aylanma, chiqib ketish, aralash) boyicha otkazilishi korsatiladi.
Norozilik (protest)larni taqdim etish shartlari va ularni korib chiqish tartibi.
Jamoalarni va qatnashuvchilarni mukofotlash. Golib jamoa va sovrindorlarni mukofotlash, estaliklar taqdim qilish korsatiladi.
Jamoalarni qabul qilib olish. Agar musobaqalar sportchilarning doimiy turar joylarida otkazilmasa, uholda mablag ajratuvchi tashkilot, kelish va ketish muddatlari, joylashtirish hamda ovkatlantirish qanday tashkil etilishi korsatiladi.
Talabnoma (zayavka)ni va qayta talabnomani taqdim etish turlari va vaqti, jamoalar va qatnashuvchilarni rasmiylashtirish (pasport, reyting daftarchasi, klassifikatsiya bileti, talabalik guvohnomasini taqdim qilish) tartibi.
Nizom tuzilgandan song musobaqani otkazish uchun ketadigan mablag smetasi tuziladi. Unga asoslanib mazkur musobaqani otkazadigan tashkilotlar pul vositalarini ajratadi.
Smeta tuzilganda quyidagilar korsatiladi:
Musobaqa nomi
Otkazish vaqti va joyi
Hakamlarning soni va ish haqi
Qatnashuvchilar soni (shu jumladan boshqa shaharlardan kelganlar) ularni joylashtirish, ovqatlantirish va yol harajatiga ketadigan mablag.
Musobaqa otkazish joyini ijarasi.
Mehmonxona ijarasi.
Musobaqa otkaziladigan joyni badiiy bezatish uchun ketadigan harajat.
Afisha, dasturlar, qaydnomalar va yozish-chizish uchun kerakli qogoz, qalam, ruchka va shu kabilar harajati.
Diplom, esdalik sovgalar, mukofotlar va shu kabilarga sarf boladigan harajat.
Transportga ketadigan harajat.
Xizmat korsatuvchi hodimlar uchun harajat (ishchilar, farroshlar, tibbiy hodimlar).
Musobaqa otkazish uchun bosh hakam va bosh kotib tasdiqlanadi.
Yirik musobaqalarni otkazish uchun, barcha tadbirlarni bevosita musobaqa otkazadigan joyda 5-7 kishidan iborat tashkiliy qomita tashkil qiladi. Uning vazifasiga musobaqa otkaziladigan joyni tanlash va jihozlash, asbob-anjomlarni tayyorlash, trenirovka va joylashish joylarini aniqlash, ovqatlanishni tashkil qilish, kotiblarni komplektlash, musobaqa oldidan xabar berish kiradi. Musobaqadan oldin xabar berish gazeta, radio, televidenie orqali musobaqa otkaziladigan joy, vaqt va qatnashchilar togrisidagi axborotni oz ichiga oladi. Afishalarni, dasturlarni, qatnashchilar uchun chiptalarni oldindan tayyorlab qoyish kerak.
Musobaqa otkaziladigan joy shiorlar, plakatlar, jadvallar bilan chiroyli bezatilgan bolishi kerak. Uning yonida qatnashchilar va hakamlar uchun xona, issiq suvi bor dush, shifokorlar xonasi bolishi lozim. Musobaqa otkaziladigan joy radiolashtirilgan bolishi kerak. YUqorida qayd etilganlarni bolishi musobaqalarni muvoffaqiyatli otkazilishiga kafolat beradi.
Musobaqa qatnashchilari bilan otkaziladigan ishlarga quyidagilar kiradi:
qatnashchilarni qabul qilib olish va joylashtirish;
musobaqaga qoyish uchun tayinlangan mandat komissiyasining ishi;
vakillar maslahati;
hakamlar kollegiyasining maslahati.
Qatnashchilarni qabul qilish va joylashtirishga tashkiliy qomita vakili rahbarlik qiladi. Agar qatnashchilar biron-bir sababga kora kutib olinmasa, aeroportda va temir yol vokzalida ular, yani mehmonlar, qaerga kelishi lozimligi togrisida, elonlar bolishi shart. Musobaqada xizmat qiladigan hakamlar musobaqa qatnashchilaridan alohida joyda joylashtirilishi kerak.
Musobaqaga qatnashish uchun qoyish masalasi nizomga muvofiq mandat komissiyasi tomonidan korib chiqiladi.
Musobaqaga qoyish javobgarligini oz zimmasiga bosh hakam, musobaqa bosh vrachi va mandat komissiya vakili oladilar. Musobaqalarda basketbol rasmiy qoidalariga rioya qilinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |