MUSOBAQA TURLARI
Musobaqalar klassifikatsiya, razryad, tenglashtirish (gandikap) musobaqalari sifatida o’tkazilishi mumkin.
1. Klassifikatsiya musobaqasi sportchilarga razryad normativlarini
bajarish, sport razryadini tasdiqlash yoki ko’tarish imkoniyatlarini
berish maqsadida o’tkaziladi.
ESLATMA: Ishtirokchilar klassifikatsiyasi ularning har qanday musobaqalarda erishgan natijalariga qarab ham belgilanishi mumkin.
2. Razryad musobaqasi muayyan sport razriyadiga ega bo’lgan sportchilar uchun
o’tkaziladi. Razryad musobaqasi o’tkazilayotganida:
a) ishtirokchilarning razryadi butun ittifoq yagona sport
klassifikatsiyasiga muvofiq musobaqa o’tkazilayotgan yilning 1 yanvariga
belgilanadi;
b) yuqori razryadli yengil atletlarga qo’yi razryadli yengil atletlar
musobaqalarida qatnashishga ruxsat etilmaydi;
v) qo’yi razryadli yengil atletlar esa razryadi o’zidan biroz yuqori bo’lgan yengil atletlar musobaqalarda qatnashishlari mumkin. Masalan, 3 razryadlilar 2 razryadli sportchilar musobaqalarida qatnasha oladilar.
3. Tenglashtirish (gandikal) musobaqalari kuchlari turlicha bo’lgan ishtirokchilar uchun ularning imkoniyatlarini bir-biriga moslab o’tkaziladi. «Tenglashtirish» musobaqalari o’tkazilayotganda:
a) musobaqaning shu nomerida kuchliroq bo’lgan ishtirokchilar
kuchsizroq ishtirokchilarga qandaydir baravarlashtirish (fora)
beradilar. Berilga fora kuchsizroq ishtirokchilarning g’alabaga erishishi
imkoniyatini boshqalarniki bilan taxminan tenglashtirishi lozim:
b) yugurish va yurish musobaqalarida tenglashtirish bir necha metr
(uzunroq distantsiyalarda tenglashtirish bir necha sekund va minutlar
yuzasidan) amalga oshirilib, kuchsizroq ishtirokchi bosib o’tadigan
distantsiya qisqartiladi. Masalan, 100 metrga yugurish musobaqasida
kuchliroq ishtirokchilar bu distantsiyani to’la bosib o’tadilar,
kuchsizroqlar esa undan kamrog’ini (bittasi 95 metr, ikkinchisi 92 metr
va hokazo) bosib o’tadilar. Bunda hamma ishtirokchilar o’zlari uchun
(tenglashtirishga muvofiq) belgilangan joydan ayni bir vaqtda start
qiladilar:
v) sakrash va uloqtirish musobaqalarida tenglashtirish (fora) biroz
kuchsizroq ishtirokchilarga bir necha santimetr yoki metrdan berilib
ishtirokchining musobaqada erishgan ko’rsatkichlariga qo’shiladi.
Erishilgan natija va foradan iborat yig’indi so’nggi shartli natijani
ko’rsatadi. Musobaqa ishtirokchilarining olgan o’rni shunga qarab
belgilanadi;
g) har bir ishtirokchi uchun tenglashtirish miqtsori musobaqada bir
kun oldin, hakamlar kollegiyasi tomonidan belgilanadi. Bunda shu yilgi
mavsum musobaqalarda qatnashuvchilar erishgan zayavkada ko’rsatib
qo’yilgan yutuq natijalariga amal qilinadi;
d) musobaqa kuni har bir qatnashuvchi uchun belgilangan
tenglashtirish chegini o’zgartirib bo’lmaydi;
e) agar ikki va undan ko’proq qatnashuvchining musobaqada erishgan
so’nggi natijalari bir xil bo’lib qolsa, tenglashtirish miqdorn
kamroq bo’lgan sportchi eng yaxshi o’rinni egallagan qisoblanadi.
4. YUqori pog’onadagi musobaqalarda eng kuchli sportchilarni tanlab olib asosiy musobaqalar qatnashuvchilari safiga qo’shishi va ularning har birini shaxsiy birinchilikda egallagan o’rnini belgilash maqsadida kvalifikatsiya musobaqalari o’tkaziladi.
Asosiy (keskin) musobaqalarda ishtirok etganlarning kvalifikatsiya
musobaqalarda erishgan natijalari (shu jumladan balandlikka sakrash
hamda shest bilan sakrash natijalari ham) shaxsiy birinchilikni belgilashda hisobga olinmaydi.
Eng kuchli qatnashuvchilar safiga kirmay qolgan sportchilar orasida (komanda hisobi uchun) o’rinlar klassifikatsiya musobaqalari natijalariga qarab belgilanadi. Kvalifikatsiya musobaqalari faqat sakrash va uloqtirishdan o’tkaziladi.
Kvalifikatsiya musobaqalari qatnashuvchilaridan shu musobaqa
nizomiga muvofiq kvalifikatsiya normasini bajargan ishtirokchilargina yoki nizom shartiga muvofiq miqdordagi qatnashuvchilargina asosiy musobaqalarga kiritiladi.
ESLATMA: Balandlikka sakrash va shest bilan sakrash bo’yicha kvalifikatsiya musobaqalari o’tkazilayotganida kvalifikatsiya normasi shu musobaqani o’tkazayotgan tshkilot tomonidan belgilanadi. Kvalifikatsiya musobaqasida ham, shuningdek, asosiy musobaqada bosh hakami tomonidan belgilanadi va ishtirokchilarga oldindan e`lon qilinadi. qatnashuvchilar belgilangan normativni bajarishlari bilanoq kvalifikatsiya musobaqasi tuxtatiladi. Ishtirokchilardan birortasi ham kvalifikatsiya musobaqalaridan ozod qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |